Kirish I. Bob huquqbuzarlik tushunchasi va turlari


Download 48.37 Kb.
bet3/10
Sana17.10.2023
Hajmi48.37 Kb.
#1706626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
huquqbuzarlik belgilari va turlari

Ehtiyotsizlik- shaxsning hatti-harakatlari natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarning oldini olishni nazarda tutib, beparvolik bilan o‘z-o‘ziga ishonib harakat qilishdir.
Huquqbuzarlik xaraktari va ijtimoiy xavflilik darjasiga qarab ikki turga bo‘linadi:jinoyat va nojo‘ya ish. Jinoyat-ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikdir. U davlatning ijtimoiy tuzumiga, jamiyatning siyosiy va iqtisodiy tizimiga, mulkka, fuqarolarning huquq va erkinliklariga xavfli tahdid soluvchi qilmishdir. Nojo‘ya ish –huquqbuzarlikning ko‘p tarqalgan ko‘rinishi bo‘lib, ijtimoiy xavfning yo‘qligi bilan xarakterlanadi va jazo choralarining qo‘llanishi qarab jinoyatdan farq qiladi. Nojo‘ya ishning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: fuqarolik-huquqiy, ma’muriy-huquqiy va intizomiy-huquqiy.



  1. Yuridik javobgarlik tushunchasi va o’ziga xos xususiyatlari.

Huquqiy adabiyotlarda yuridik javobgarlikka turlicha ta’rif beradilar. Ba’zi huquqshunos olimlar yuridik javobgarlik deganda huquqqa xilof hatti-harakat uchun javob berish majburiyatini tan oladilar;
boshqa mualliflar ma’lum bir mahrum bo‘lishlarga duchor bo‘lish majburiyatini, huquqqa xilof qilmish uchun salbiy oqibitlarni hisoblaydilar;
uchinchilari huquqni buzish fakti emas, balki huquqni qo‘llash akti qabul qilinishi munosabati bilan kelib chiqadigan majburiyat, deb tushunadilar.
to‘rtinchi guruhdagi mualliflar yuridik javobgarlik-davlat majburlov xususiyatiga ega bo‘lgan tadbirlarning amalga oshirilishi deb qaraydilar1;
beshinchilari bu tushunchani sanksiyani amalga oshirish bilan bog‘laydilar2;
oltinchi guruhdagi mualliflar huquqqa xilof hatti-harakat uchun subyektning hisob berish qobiliyatini majburiy ta’sir choralariga duchor bo‘lishi bilan bog‘laydilar3. Yuridik adabiyotda, ko‘p hollarda “javobgarlik” atamasi zaminida yuridik mujburiyatlarning turli-tumanligi ko‘rsatiladi. Yuridik javobgarlikka umumiy nazariy nuqtai-nazardan yondashish bunday tushunishning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Fanda shu narsa umumiy ravishda tan olinganki, javobgarlik huquqiy oqibatlarining turli xil ko‘rinishi bo‘lib, ma’lum faktlar mavjud bo‘lganda kelib chiqadi; bu huquq normalarning ijtimoiy munosabatlarning subyektlariga muayyan huquqlarni berish va ularga tegishli majburiyatlarni yuklash orqali ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladilar(ularga ta’sir ko‘rsatadilar). Huquq normalari huquq va majburiyatlarni keltirib chiqarishdan boshqa hech qanday o‘zga oqibatlarni nazarda tutmaydi. Yuridik javobgarlik ham bunday majburiyatlarning ko‘rinishi hisoblanadi.
Normativ hujjatlarni tahlil qilishdan shu narsa kelib chiqadiki, huquq normalari yuridik oqibatning ko‘rinishi bo‘lgan javobgarlikning kelib chiqishini huquq tomonidan salbiy baholanadigan yuridik faktlar (majburiyatlarni bajarmaslik, taqiqlashlarni, subyektiv huquqlarni buzish) bilangina bog‘laydi. Javobgarik o‘z mazmuniga ko‘ra, boshqa majbkriyatlardan farq qiladi, bu hammavaqt subyektning zimmasiga yuklatilgan, subyektga zarar keltiradigan majburiyat bo‘lib, uning huquqiy holatini cheklaydi va muayyan turdagi mahrum bo‘lishlarga olib keladi.
Yuridik javobgarlikni majburiyatning ko‘rinishi sifatida tushinish-javobgarlikning u yoki boshqa jihatlarini aks ettiradigan o‘zga qarashlarni rad etish emas. Yuridik javobgarlikning yuklatilishi aybdor subyektning o‘z hatti-harakati uchun hisob berishini (javobgarlikka sabab bo‘ladigan hatti-harakatni sodir qilish sabablari, motivlarini tushuntirib berish) taqozo etadi. Javobgarlik huquqiy normaning sanksiyasida ko‘zda tutilgan ekan, demak, javobgarlikning yuklatilishi ham sanksiyaning amalga oshirilishidir.
O‘z navbatida, zimmasiga javobgarlik yuklatilgan subyektdan muayyan hatti-harakatlarni sodir etishni, shuningdek, majburlash choralarini qo‘llaydigan maxsus organlarning harakat qilishini talab qiladi. Javobgarlikni amalga oshirish, albatta, shuni taqozo qiladiki, subyekt o‘zining psixofizik va ijtimoiy xususiyatlariga ko‘ra, majburlash choralarnni qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Agar biz huquq tiliga murojaat qilsak, shu narsani ko‘ramizki, normativ hujjatlarda, “yuridik javobgarlik” atamasi o‘z ichiga subyektning ma’lum bir harakatlarini, xulq-atvorini amalga oshirish majburiyatini oladi. Bunga mulkiy mahrumliklarga duchor bo‘lish (jarima to‘lash, musodara,keltirilgan zararni to‘lash), shaxsiy mahrumliklarga duchor bo‘lishni (ozodlikdan mahrum bo‘lish majburiyatini) kiritish mumkin.
Qonunlar mantlarida “javobgarlikni kuchaytirish”, “javobgarlikni engillashtirish”, “javobgarlikka tortish”, “javobgarlikdan ozod qilish”, “javobgarlikni bekor qilish” “javobgarlik bo‘ladilar”, “javobgarlikka tortiladilar” kabi iboralarni uchratish mumkin1.
SHunday qilib, yuridik javobgarlik- sodir etilgan huquqbuzarlik uchun shaxsning davlat-hokimiyat xususiyatidagi ma’lum mahrumliklarga duchor bo‘lishidir.

Download 48.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling