Kirish I bob. Kiyimlar haqida umumiy ma’lumot


II. Qopqoqli qoplama cho’ntakni old bo’lakka tikish


Download 205.38 Kb.
bet12/13
Sana31.01.2024
Hajmi205.38 Kb.
#1827970
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Erkaklar kurtkasini loyihalash

II. Qopqoqli qoplama cho’ntakni old bo’lakka tikish

2.1. Old bo’lakka qoplama cho’ntak o’rnini belgilash

UM



Andoza yordamida kurtkaning old chap tomonida qopqoqli qoplama cho’ntak o’rni belgilanadi.

2.2. Qoplama cho’ntakni bostirib tikish

UM



Kurtka old bo’lagida yeng chap tomonida belgilangan cho’ntak o’rniga tayyorlab olingan cho’ntak bostirib tikiladi.
Cho’ntak yuqori qismi puxtalanadi. Chok kengligi modelga muvofiq 0.1-0.2 sm

2.3. Qopqoqni bostirib tikish

UM



Qopqoqni qoplama cho’ntak yuqori qismiga qopqoq ustiga tushib turadigan holatda bostirib tikiladi.

2.4. Cho’ntakni dazmollash

Dazmol




Tayyor bostirib tikilgan qopqoqli qoplama cho’ntak teskari tomondan nam mato yordamida dazmollanadi.



Xulosa
Xulosa qilib aytkanda, kiyim odamzod rivojlanishining ilk bosqichlarida iqlim ta’siridan himoya qilish vositasi sifatida paydo bo‘lgan. Uning keyingi rivojida turli tarixiy o‘zgarishlar, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, milliy xususiyatlar va jamiyatdagi estetik tasavvur evolutsiyasi ta’siri ostida shakli va xillari o‘zgarib, amaliy san’at obyektiga aylandi.Kiyim — odam tanasini tashqi ta’sirlardan muhofaza qiluvchi hamda estetik funksiyalarni bajaruvchi buyum va buyumlar majmuyi. Kiyim deganda ich kiyim, ko‘ylak va ust kiyim, bosh kiyim, poyabzal, qo‘lqop, paypoq kabilarning keng majmuasi tushuniladi. Utilitar funksiya himoyaviy va fiziologik-gigiyenik funksiyalarga ajratiladi. Har bir funksiya keyingi pog‘onada yanada kengroq aniqlanadi.Axborot funksiyalar odam (kasbi, didi, madaniyati) va uning kiyimi to‘g‘risida axborot beradi (kiyim vazifasi, o‘rinliligi, zamonaviyligi, yangilikligi va h.k) Kiyim turi aholining didi, talabining o‘sishi, madaniyati va yangilikka intilishi natijasida doimo o‘zgarib turadi.
Kiyimga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1) kiyimning sifati va aholi talabi xususiyatlarining shakllanishini ta’minlovchi iste’molchi talablari;
2) kam mehnat va kam material sarflab, yuqori sifatli kiyim tayyorlashga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish talablari.
Kiyimning talab xususiyatlari quyidagilar bilan aniqlanadi: gigiyenik, ekspluatatsion, estetik.
Gigiyenik talablar— insonni tashqi muhitning turli xil omillaridan himoyalash (sovuq, issiq, yomg‘ir), mexanik va kimyoviy zararlanishdan himoyalash, organizmning normal hayot faoliyatini ta’minlash vazifasini bajaradi.
Ekspluatatsion talablar — foydalanishda qulaylik va ishonchlilikni ta’minlaydi.
ayollar kiyimlari assortimentiga: ko‘ylaklar,ko‘ylakxalat,ko‘ylak-palto, ko‘ylak-kostyum, sarafan, tunika, bluzka, bluzkajemper, bluzka-batnik, jilet, jaket, ko‘ylak-kombinezon, kombinezon,shimli kostyum, shim, yubka, yubka-shimlarva hokazolar kiradi.Ko‘ylaklar kiyilishiga qarab yelkali kiyimlar turiga kiradi. Ularyaxlit, bel, qismidan, bo‘ksa va ko‘krak qismlaridan qirqma bo‘lishiyengli yoki yengsiz, yoqali yoki yoqasiz xolatda uchrashi mumkin.Ko‘ylaklar kashtalar, burmalar, to‘rlar, tugmalar, tasmalar,taxlamalarva boshqa xil bezaklar bilan bezatilishi mumkin. Ularni turli xil: ip tolali, shoyi, jun, zig‘ir, tolalihamda sun’iy va sintetiktolali gazlamalardan tikish mumkin. Ko‘ylaklarga gazlama tanlashdakiyimning nimaga mo‘ljallanganligiga hamda fasliga qarab e’tiborberish kerak, ya’ni kiyimni uylik, kundalik, bashang kiyim ekanligini unutmaslik lozim.Uylik kiyimlar arzon ip tolali gazlamalardan tikilgani ma’qulbo‘lib, ular keng qulay bo‘lishi bezaklari me’yorida ishlatilishi kerak.Kundalik kiyimlar yoz oylarida yengil yupqa gazlamalardanyorqin rangda yengli yoki yengsiz qilib tikilsa maqsadga muvofiqbo‘ladi. Qish oylarida esa yumshoq, zich to‘qilgan jun tolali sidirg‘ayoki katak yo‘lli, mayda gulli gazlamalardan turli xil fasonlarda uzunyengli yoqali yoki bo‘yin o‘yindisini yopiq qilib yoqasiz tikish mumkin.Bashang kiyimlar chiroyli zarli gulli yoki sidirg‘a gazlamalardantayyorlanishi mumkin. Bunday kiyimlar juda murakkab fasonlardabo‘lishi hamda ularga chiroyli bezaklar: kashtalar, burmalar, maydataxlamalar sun’iy gullar belbog‘lar ishlatib tikish mumkin. Ko‘ylak fasonlarini tanlashda gazlamaning xususiyatlariga, odam gavdasiningtuzilishiga hamda kiyimning vazifasiga qaraladi.
Yubka, shim, yubka-shim belli kiyimlar turiga kirib ular fasonibo‘yicha turlicha bo‘ladi. Ular qanday maqsadda kiyilishiga qarabularni kostyum bilan va kostyumsiz kiyiladigan turiga ajratishmumkin. Yubkalar to‘g‘ri, etagi kengaygan, bo‘lakli klyoshli qilibtikilishi mumkin. Ular zich to‘qilgan qalin jun gazlamalardan tabiiyva sun’iy tolali sidirg‘a yoki gulli gazlamalardan tayyorlash mumkin.Yubka, shim fasonlarini tanlashda gazlamalarning xususiyatiga,kiyimning vazifasiga, mavsumiga va albatta odam gavdasiga e’tiborberish kerak.

Download 205.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling