Kirish I bob. Kiyimlar haqida umumiy ma’lumot
III. Kurtkaga oxirgi ishlov berish
Erkaklar kurtkasini loyihalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-BOB.ERKAKLAR KURTKASINI LOYIHALASH 2.1.Erkaklar kurtkasini loyihalash va texnik modellashtirish
3.1. Kurtka yoqa o’miziga kapyushon tugmasini puxtalash |
MM |
|
Tugmalar kapyushondagi izmalar joyiga moslab belgilab olinadi. So’ngra kurtkaning ostki yoqasi tomondan bo’lakning ikkala tomoniga o’tkazib puxtalanadi. | |
3.2. Kurtkaga so’nggi pardozlash |
Qaychi |
|
Kurtka o’ngi va teskarisidan qolgan iplar qirqib tashlanadi. Bo’r izlaridan tozalanadi. | |
3.3. Tayyor kurtkaga so’ngi NII berish |
Dazmol, maxsus qolip |
Kurtkani dazmollashda maxsus qolip va dazmol matodan foydalanadi. Kurtka teskari tomondan maxsus qolipga kiydirilib yenglar dazmollanadi. Kurtka etagini dazmollayotganda astarli avra bukish haqqi ustiga tushibroq turadigan qilib to’g’rilab, bukib dazmollanadi. Qolgan choklari ham dazmollanib chiqiladi. |
II-BOB.ERKAKLAR KURTKASINI LOYIHALASH
2.1.Erkaklar kurtkasini loyihalash va texnik modellashtirish
Bolalar kurtkasiga turli xilda «molniya» tasmali, tugmali, knopkali, shnurli taqilmalar tikiladi. Taqilma ikki bortli, bir bortli, turli xil bezak knopkali bo’lishi mumkin.
«Molniya» tasmali taqilmani tikishda old bo’lakning o’ng tomoniga bort ziyiga molniya taqilmani qulfli tomonini qaratib qo’yiladi va surilib ketmasligi uchun ko’klanadi, so’ng maxsus tepki yordamida tikiladi. Molniya tasma bilan bir vaqtda adip ham qo’yib tikiladi. Molniya tasma old bo’lak borti va adip orasida tikiladi.
Mashinada tikilgandan so’ng ko’klangan iplar olib tashlanadi. Adip o’ngiga ag’darilib molniya tasma to’g’rilanadi va dazmollanadi. Bolalar kurtkasi astarli, astarsiz bo’ladi. Masalan, quyida kurtka astariga ishlov berish bo’yicha ma’lumot keltirilgan kurtka astari uchun quyidagi bo’laklar kerak: old va ort bo’lak astari, yeng astari. Astar andoza yerda kerakli qo’shimchalar qo’yilgan holda bichilgan bo’lishi kerak. Yeng astari ikki bo’lakdan iborat. Old va ort yeng bo’lagini o’ngini o’ngiga qo’yib ziylarini birlashtirib to’g’rilab tikiladi. Old va ort bo’lak reglan yeng o’miziga yengni o’ngini o’ngiga qo’yib, ziylarini to’g’rilab 1.0 sm kenglikda tikiladi. Yeng, reglan choklari dazmollanadi. Yeng pastki qirqimi, astar yon qirqimlari bir biri bilan to’g’nalib biriktirib mashinada tikiladi. Choklar bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Tikilgan astar andoza yordamida tekshirilib tekislanib avra bilan birlashtirib tikishga tayyorlanadi. Ilgak teskarisini ichiga qaratib uzunasiga ikki bukib, qirqimlari tekislanadi, so’ngra qirqimlarini ichkariga bukib, ustki bukilgan ziydan 0.1 sm oraliqda tikiladi.
Ort bo’lak astari yoqa o’miziga ilgakni ikki buklab, o’rta chokidan teng oraliqda qo’yib, to’g’nog’ich to’g’nab olinadi va universal mashinada puxtalanadi. So’ngra to’g’nog’ichlar olib tashlanadi. Kurtkalar molniya tasmani tikish va astarni tayyorlash bo’yicha texnologik xarita quyida ko’rsatilgan.
Download 205.38 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling