Kirish i-bob. Kosmologiya haqida umumiy ma’lumotlar
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi
Download 3.43 Mb.
|
BMI
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Kosmologiya bir butun koinot to`g`irisidagi fan bo`lib, unda koinotning fizik tabiati, tuzilishi va evolyutsiyasi turli modellar asosida o`rganiladi. Ko`p yillik ilmiy tadqiqotlar koinotning (xususiy holda metagalaktikani ) ikkita fundamental xususiyatga ega ekanligini ko`rsatadi. Koinot izotrop va birjinslidir. Koinotning izotroplik va birjinslilik xususiyatiga kosmologik prinsp deyiladi. Kosmologik prinspdan, ya`ni koinotning birjinslilik va izotropik xususiyatidan Xabll qonuniga ko`ra ikki ixtiyoriy kosmik obyektning bir – biridan uzoqlashish tezligi ular orasidagi masofaga proporsianaldir. Xabll qonuni yechimlaridan iborat bo`lgan koinotning turli xil modellari bo`lishi mumkin. Ana shunday yechimlarni , ya`ni modellarni Eynshteyn, De – Sitter va Fridman modellariga ajratish mumkin. Eynshteyn modelida koinotni (xususiy holda metagalaktikani) statsanar ekanligi kelib chiqadi, ya`ni metagalaktikani parametrlari, ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi masofasi, o`rtacha zichligi va boshqa xaraktiristikalari vaqt o`tishi bilan o`zgaradi. De – Sitter modeli va Fridman modellaridan esa koinot nostatsianar kengayuvchi ekanligi kelib chiqadi. Koinotning nostatsanar kengayuvchi ekanligini tajriba tasdiqlaydi. Bunday xulosaning isboti galaktikalar nurlanish spektrini o`lchash asosida olingandir. Spektrlar qizilga tomon siljigan bo`lib chiqadi. Bunda galaktikalar bir – biridan uzoqlashganligi kelib chiqadi. Hozirgi vaqtda aniqlanishicha koinot katta portlash natijasida vujudga kelgan bo`lib, koinot evolyutsiyasini boshlang`ich stadiyasi De – Sitter modeliga asosan vujudga kelgan bo`lsa, keyingi paytlardagi rivojlanish Fridman modeliga asosan vujudga kelgan. Bunday xulosalarni tajriba natijalari tasdiqlaydi. Bunday natijalardan biri tabiatda mavjud bo’lgan nuklonlar soni nN —ni relikt nurlanishi fotonlar soni nγ-ga nisbati nN/ nγ—dir. Fridman modeli asosida yadro fizikasining yutuqlaridan foydalanib aniqlanishicha nN/ nγ-ni qiymati 10-7÷10-10intervalida bo’lishi kerak. Tajriba natijalarini ne/nγ≈10-9 ne/nγ bo’lib nazariyani tasdiqlaydi. Koinotning elektroneytrallik xususiyatlaridan hisobga olingan ne/nγ-ning qiymati adiabatik izotrop kengayuvchi koinotda vaqtga bog’liq bo’lishi kerak. Koinot tuzilishi to’g’risidagi modellarning hozirgi zamon konsepsiyasiga ko’ra koinot fizik vakuumning shunday kvant sonlari bilan tug’ilganki, u elektrik jixatdan neytral bo’lib barionli zaryadlarning yig’indisi ham nolga teng bo’lgan . Katta portlashdan keyin (katta portlashdan 10-4 s keyin ) intensiv ravishda yengil barion-antibarionlar juftlari tug’ilgan bo’lib ularning zichliklari fotonlarning zichligiga teng bo’lgan .
Koinotni kengayishi va sovishi natijasida nuklon – antinuklonlar tug’ilish jaroyoni ularni aniglyatsiyasini endi kompensatsiyalayolmagan natijasida barionlar (antibarionlar) soni stabillashguncha tez kamayib borgan va stabillashish ne/nγ≈10-9 vujudga kelgan. Bunday natijalar ko’rsatilishicha hozirgi vaqtda koinot evoluytsiyasi Fridman modeliga ko’ra o’tayotgan bo’lsa boshlang`ich davrlarda De-Sitter modeliga ko’ra o’tganligini tasdiqlaydi. Yuqorida aytilgan fikrlardan ko’rinib turibdiki, bugungi kunda astronomiya, astrofizika masalalari, Koinot tuzilishini o’rganish hamda Koinot tuzilishining kosmologik modellarini o’rganish barcha uchun dolzarb masala hisoblanadi. Download 3.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling