Kirish I. Bob maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining kompetensiyasi


Download 70.68 Kb.
bet1/12
Sana17.10.2023
Hajmi70.68 Kb.
#1706242
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kirish I. Bob maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining kom-fayllar.org


Kirish I. Bob maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining kompetensiyasi

Mundareja



  1. Kirish


I. BOB MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI TARBIYACHISINING KOMPETENSIYASI
1.1 Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni.
1.2 Pedagog olimlarning tarbiyachi shaxsi to‘g‘risidagi fikrlari, tarbiyachi kompetensiyasi


  1. BOB HOZIRGI DAVRDA PEDAGOG-TARBIYACHILIK KASBI VA UNING JAMIYATDA TUTGAN O’RNI

2.1 Pedagog tarbiyachi shaxsiga qo’yiladigan talablar


2.2 Tarbiya va uning tarkibiy qismlari, maktabgacha pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Barkamol inson tarbiyasi avlod-ajdodlarimizning azaliy orzusi bo’lib, bola olamga kelishidanoq unga odob-axloq, jismoniy va ma'naviy rivojlanish qonun- qoidalarini mutassil o’rgatganlar. Pedagogika fani tarkibida maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi muammolari bilan shug’ulianuvchi Maktabgacha pedagogika feni yaratilgan.

Maktabgacha yoshdagi boialarni ta'lim-tarbiyasidagi sifat o’zgarishlar va samaradorlik ko’proq milliy pedagogika tariximizning ildizlari va zamonaviy ta'iim- tarbiya sohasidagi yutuqlari bilan uyg’unlashtirish bilan yuksakdir.


Maktabgacha pedagogika fanining rivojida Respublikamizda olib borilgan bir qator islohotlar, talablar, «Ta'lim to'g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», shuningdek, «0'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to’g’risida Nizom»,((Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablari», O’zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta'lim Kontseptsiyasi» kabi davlat hujjatlari qabul qilindi.
Maktabgacha pedagogikaning nazariy asoslari insonning aqliy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan. Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari xalq merosi va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
«Maktabgacha pedagogika» fanining o’rganish orqali talabalar tug’ilgandan etti yoshggacha bo’lgan boialarni oilada va MTMda ta'lim-tarbiya ishlari mazmuni va metodlarini, uni tashkil etish shakllarini, boialarni maktabga tayyorlashning samarali metodlarini bilib oladilar.
Bugungi kunda yangi ta'lim tizimi faoliyatini takomillashtirish va barqarorlashatirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta'minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi bilan bir vaqtda SHarqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi. Yurtboshimiz o’zlarining "Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch" asarlarida haqli ravishda ta'kidlaganlaridek ’’Agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktab bo'isa, kasblarning ichida eng sharatlisi o’qituvchilik va murabbiylikdir, desak o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz”1.
Chindanda o’z ertangi kelajagiga betarq bo’lmagan millat, yorug’ va farovon kunlarini uning egalari bo’lmish yosh avlod istiqbolida ko’rgan millat ta'lim- tarbiyaga alohida e'tibor qaratadi.
Istiqlol yillarida Prezidentimiz tashabbusi bilan avvalo ertangi kun egalari bo’lgan yosh avlod istiqboli, ta'lim-tarbiyasiga mas'ul bo’lgan ustoz va murabbiylar kasbiga bo’lgan munosabat o’zgardi. Jamiyatda bu sharafli va o’z navbatida o’ta mas'uliyatli kasb egalariga nisbatan yuksak hurmat va e'tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan.
Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko’zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e'tibor bilan e'tirof etilmoqda.



Download 70.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling