Kirish I bob. Maktablarda musiqa fanini o‘qitish asoslari


Prinsiplarning o‘zaro bog‘liqligi


Download 131 Kb.
bet5/6
Sana14.10.2023
Hajmi131 Kb.
#1701944
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Musiqa kurs ishi Ботир

2.2.Prinsiplarning o‘zaro bog‘liqligi
Yuqoridagi, qayd etilgan umumdidaktik printsiplar bir -biri bilan uzviy bog‘iiq bo‘lib, musiqa darsini davlat ta’lim standartiga muvofiq milliy xususiyatlami hisobga olgan hoida, uzluksizligini va uzviyligini asos qilib musiqa faoliyatini izchilligini ta’minlaydi.
1.Musiqa ta’limi va tarbiyasida sistemalilik, ilmiylik va davomiilik printsipi har bir darsda o‘zining tuzilishi va mazmuni bilan ilmiy asosida tashkil topishi lozim. Musiqa haqidagi bilimlar doirasi, musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy omiiidir. Unda insoniyat yaratgan musiqaga oid qoidalar, xulosalar, umumlashgan musiqaviy tajribalar o‘z aksini topgan. Ularni o‘zlashtirish-musiqa amaliyoti yo‘lida bilimva ko‘nikmalar hosil kilish demakdir. Dars jarayonida o‘quv materiallarini bolalaming bilim tajribasiga mosligi.Bolalar ovozining rivojlanish qonuniyatiarini hisobga olish, nota qonuniyatlarini to‘g‘ri o‘rgatish, bolalaming fikriy qobiliyatiga mos ravishda tahlil etish darsining ilmiylik printsiilarini tashkil etadi. Ilmiylikni, sistemaliksiz amalga oshirish qiyin. Darsning barcha o‘quv faoliyati hamda keyingi darslarning o‘zaro mantiliy bog‘lanishi sistemalik asosini tashkil etadi. Kuylash va tishlash uchun asarlarni bilim va malakadarajasiga ko‘tarib, soddadan murakkabga, noma’lumdan ma’lumga qarab o‘zlashtirib borish printsiplari muayyan tartibga mos bo‘lib, sistemalilik demakdir. Darsning har bir faoliyati o‘z navbatida, har bir darsning mantiqiy davomi bo‘lib, pedagogik maqsadlari tobora amalga oshirishi davomiilik printsipi demakdir.
2. Darsda o‘quvchilarni onglilik va aktivligi printsipi.Mazkur printsip didaktikaning etakchi printsiplaridandir. Chunki, bilimni o‘zlashtirish o‘quvchining aqiiy faoliyatiga asos bo‘lgan bilish jarayoniga bogiiqdir. Musiqa idroki kishining hayotiy tajribasini boyitadi, real voqealami badiiy his etib, bilish, fikrlashqobiliyatini ustiradi. Mazkur malaka va ko‘nikmanmg shakllanishi bola ongining uzoq rivojlanish jarayonini talab etadi. Buning uchun, bolaning o‘quv materiallarni ongli ravishda bilib o‘zlashtirishi, bilim jarayonini aktivligini vujudga keltiradi. Ma’lum musiqa asarini kuylab yoki tinglab o‘zlashtirish va undan badiiy -estetik, zavqlanib, idrok etishda, bolaning eng avvalo, diqqat e’tiborini jalb eta bilish unda qiziqish uyg‘ota bilish, onglilik va aktivlikni vujudga keltiradi.Musiqani ongli idrok etish va navbatida badiiy ohang va mantikiy jixatdan xotirada turg‘un saqlanishni talab etadi. Musiqa darslarida onglilik va aktivlik ayniqsa, vokal-xor malakalarini shakllantirilishi uchun zarurdir. Xor bo‘lib qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi, faoliyatlarida ham, onglilik va aktivliq musiqani nazariy va amaliy jihatlarini to‘g‘ri bilish va o‘zlashtirishni osonlashtiradi.
3. Musiqa darsida ko‘rgazmaliIik printsipi.Musiqa tarbiyasida musiqaning o‘zi o‘zigako‘rgazmali vositadir. Chunki, u ko‘z bilan emas, balki quloq bilan idrok etiladi. Musiqa tinglashda ham, asar tahlilida ham, ohang ko‘rgazma sifatida ijro etib ko‘rsatiladi. o‘qituvchining o‘zi, nutqi, ijrosi ham asosiy ko‘rgazma bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, texnik vositalar, ko‘rgazmali kartochkalar, grafik yozuvlar, rasmlar, nota yozuvlari ham, musiqa darsida ko‘rgazma sifatida muhim rol o‘ynaydi.
4 .O‘quv materiallarining boialar bilim va malakalariga mosligi printsipi.Mazkur printsip, dasturdan tan lab olingan о’quv materiallari va mazkur metodik materiallar asosida dars mazmunini tuzish jarayonida qo’llaniladi. Bunda har bir sinfning umumiy bilim va malaka darajasi hisobiga olinishi shart. Dastur asosida har bir sinfning bilim va malakalari hisobiga olingan holda, musiqa darsining yarirri yillik kalendar -mavzuli rejasi tuziladi. Kalendar -mavzuli ish reja bir yilda ikki marta, о’quvchilarning yosh xususiyati, musiqiy o‘quvi, yangi qo‘shiqlar, musiqa tinglash uchun asarlar, musiqa savodidagi о’quv materiallari, dars faoliyatlariga qarab tuziladi.
5. Musiqa darslarida bilim va malakalarining mustahkamligi.Mazkur printsiplarini amalga oshirishining eng asosiy sharti, yuqorida bayon etilgan to‘rtta printsipiga jiddiy amal qilishdan iboratdir. Birinchidan bilim va malakalaming chuqurligi, mustaxkamligi va hayotiyligini ta’minlash lozim, ya’ni mazkur asami va uning ijro uslubini, madaniy hayotimiz uchun zarur ekanligi haqida bolalarda ishonch hosii qilishnishi lozim.Ikkinchidan asarlarni tanlashda quyidagilarga amal qilish kerak:
a) asarning bolalarni ma’naviy va axloqiy tarbiyasi uchun mosligi.
b) musiqa ta’limining xususiyati.
v) sinfdagi barcha bolalarni mazkur asarga qiziqtira olish va to‘la o‘zlashtirishga erishish.Uchinchidan darsda olinadigan bilimlar doirasi va malakalarini amaliyotda takrorlash va mustahkamlash. Masalan: Qo‘shiklarni jumlalarga bo’lib o‘rgatish va keyingi darslarda mustaxkamlab takrorlash.To‘rtinchidan musiqa darslarida har bir yangi bilim elementi dars faoliyatida to‘liq o‘zlashtiriladi va keyingi darslarda keng qo’llanilib, doimiy bilimga aylantiriladi.

Xulosa


Xulosa qilib aytganda, pedagogikaning umumdidaktik printsiplari, musiqa madaniyati darslarida katta ahamiyatga ega bo‘lib, musiqani hayot bilan bog‘lashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biz yuqorida maktabda musiqa ta’limining umumdidaktik hamda o‘ziga xos printsiplari bilan tanishib, ularning ta’riflari haqida muayyan tushunchalarga ega bo‘ldik. Ta’lim printsiplari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan, bir-birini to‘ldiradigan yahlit bir pedagogik hamda metodik talab bo‘lib, ularga qat’iy amal qilish dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni puxta musiqiy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, musiqiy-ijodiy qobiliyatlari, imkoniyatlarini tobora kengaytirishga juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birgalikda «musiqa madaniyati» predmeti o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq metodikasining o‘ziga xos printsiplarini ham ilgari suradi. Bular- emotsionallik va onglilikning birligi printsipi, badiiy va texnik birlik printsipi, lad, ritmik hissiyot va shaklni his etish birligi printsiplari. Bu printsiplar o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlari, musiqaga qiziqish, did tarbiyasi va nihoyat musiqa madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.Emotsionallik va onglilikning birligi printsipining muhimligi- musiqa san’atining o‘ziga xos xususiyati, uni idrokining o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Musiqiy idrokning rivojlanishi ongli emotsional taassurotlarni talab etadi. Musiqa asarlarini ta’sirini anglash, uning mazmunini ochishga yordam beradi.Badiiyligi va texnik birligi printsip- asarning badiiy, ifodali ijrosi muayyan malaka hamda ko‘nikmalarni talab etadi. Masalan, qo‘shiq o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarga vokal-xor malakalarini shakllantiradi, kuyni ijro etish uchun bolalar musiqa cholg‘u asboblarida ritmik jo‘r bo‘lish uchun o‘quvchilar bu cholg‘ularda chalishning oddiy usullarini egallagan bo‘lishlari kerak.
Musiqiy ta’lim-tarbiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun uning
psixologik asoslarini o‘rganish o‘ta muhimdir.
Bizning hayotimizda musiqa har bir uyga kirib borgan. Musiqa mavzui
o‘z xususiyatiga ega bo‘lib, inson va voqelikdagi barcha tomonlarni qamrab
ololmagani uchun, eng awalo, inson ichki ma’naviy dunyosini, uning tuyg‘u
va kayfiyatini ifodalaydi. Musiqada musavvirlik va haykaltaroshlikdan farqli
tarzda dunyo haqida tasavvurlar emas, balki tuyg‘ular va kayfiyatlar hosil
qiladi. Musiqada tuyg‘ular hayotiy tuyg‘ularning aynan o‘zi bo‘lmay, ular
tanlab olingan, tasodifiy lahzalardan tozalangan, muayyan orzular nuqtai
nazardan anglangan bo‘ladi. Musiqa inson hissiyotlari holatining barcha
rango-rang tovlanishlarini aks ettirishga qodir. U eng murakkab tuyg‘ular,
eng nozik kechinmalar va kayfiyat holatlarini ham ifoda eta oladi. Musiqa
vaqt mezoniga amal qilib, kechinmalarning o‘zgartirib turishlari, avjlanishi
va pasayishi jarayonlarini qamrab oladi.
Musiqa inson ichki dunyosining hissiyotli tomonlari bilan birga
ma’naviy olamini butunligicha ifoda etib, uning aqliy va iroda qudratini,
yaxlit qiyofasini yarata oladi. U ruhiy tizim xususiyatlarini ifodalash, milliy
run holatlarini vujudga keltirish imkoniyatiga ham ega. Buyuk bastakorlar
ijodida u yoki bu xalqqa xos bo‘lgan ruhiy tizim xususiyatlari, tuyg‘u
holatlari va voqelikni in’ikos etish imkoniyatlari beqiyosligi yaqqol ko‘rinadi.
Milliy ruh xususiyatlarini musiqa vositalarida aks ettirish jarayonida xalq
musiqiy ijodi katta o‘rin tutadi.


Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling