Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligiga baho berishda personalning rentabelligi ko’rsatkichi (foydaning sanoat – ishlab chiqarish personali o’rtacha yillik soniga nisbati katta ahamiyatga egadir. Foyda mahsulotni sotish rentabelligiga, kapitalning aylanish koeffisiyentiga va harakatdagi kapitalning summasiga bog’liq bo’lganligi sababli mazkur ko’rsatkichning omilli modelini ishlab chiqdik.
Mehnat unumdorligini tahlil qilish jarayonida uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning ta’sir darajalarini va shart-sharoitlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligi – rivojlanib boruvchi ko’rsatkichdir. U ko’pgina sabablar va omillar ta’sirida doimiy ravishda o’zgarib turadi.
Mehnat unumdorligi ko’rsatkichini tahlil qilish jarayonida jonli va jonsiz mehnat ko’rsatkichini tarkibini tahlil qilish lozim. Bunda jonli mehnat hissasini pasayib borishi ijobiy baholanishi kerak. Mehnat unumdorligi ko’rsatkichi tovar mahsulotining mumiy miqdori, uning tarkibi, ishlab chiqarish vositalari, mehnat predmetlari kabilar bilan bog’liq bo’lib, tahlil jarayonida bu ko’rsatkichlar ham kompleks tarzda tahlil qilinishi kerak. Korxonalarda mehnat unumdorligini tahlil qilish uni oshirish bo’yicha kerakli chor-tadbirlami qo’llash maqsad qilib qo’yiladi. Korxonada mehnat unumdorligi ko’rsatkichi o’rtacha ish haqiga nisbatan doimo yuqori sur’atlarda o’sib borishi zarur.
Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatda engib chiqishning asosiy omillaridan biri makroiqtisodiyotga taalluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligiga erishishdir. Bu bu asosan mehnatni ilmiy asosda tashkil etish asosida mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |