n
KIRISH..................................................................................................................
I BOB .MEHNAT RESURSLARI SHAKLLANISHINING NAZARIY
USLUBIY ASOSLARI
1.1 Mehnat resurslari shakllanishi va ulardan foydalanish.
1.2 Korxonalarda mexnat resurslari tarkibi va kadrlar
salohiyati
1.3 Korxonalarda mexnat resurslari tarkibi va kadrlar salohiyati
II.BOB MEHNAT RESURSLARI VA MEHNAT UNUMDORLIGINING TAHLILI
2.1 Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi
tahlili
2.2 Mehnat resurslaridan samarali foydalanishda mehnatni ilmiy
asosda tashkil etish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Qwewtrjyjkuylllllll..;o
Kirish
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining rivojlanish jarayonida mehnat resurslaridan samarali foydlanish yo’nalishlarini aniqlash, kelajakda mehnat samaradorlgini oshirishning shart-sharoiti bo’lib hisoblanadi. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida takomillashib bormoqda, bu esa ijtimoiy mehnat unumdorligi oshishining garovidir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish insonning tashabbuskor va faol bo’lishini nazarda tutadi. Uning qanday yashashi o’zining yangi iqtisodiy tizimga singib, u bilan hamohang bo’lib ketish mahoratiga bog’liq bo’ladi. Insonning jismoniy imkoniyatlari va ma’lumotlilik darajasi, ma’naviyati qanchalik yuqori bo’lsa, bu narsa shunchalik muvaffaqiyatliroq kechadi.
Zarur jismoniy va ma’naviy imkoniyatlar insonning yoshiga bog’liq bo’ladi. Ular inson hayotining ilk va yetuk davrlarida shakllanadi va rivojlanib boradi, keksalik chog’ida esa bir muncha kamayib boradi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi, shuningdek oldimizdagi qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etish mehnat resurslaridan samarali foydalanishni talab etadi. Mehnat resurslari esa, ma’lumki, ishlab chiqarishning asosiy omili bo’lib, boshqa resurslarga nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Mehnat resurslariga aholining zarur jismoniy kuchga, bilimga, tegishli tarmoqdagi mehnat ko’nikmalariga ega bo’lgan qismi kiradi. Iqtisodiyot tarmoqlarida kerakli mehnat resurslari bilan ta’minlanishi, ulardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada bo’lishi mahsulot hajmini ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |