Kirish I bob. Mehnat resurslari shakllanishining nazariy uslubiy asoslari


II-BOB. KORXONASIDA MEHNAT KO‘RSATKICHLARI TAHLILI


Download 174.69 Kb.
bet8/12
Sana11.09.2023
Hajmi174.69 Kb.
#1675890
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish

II-BOB. KORXONASIDA MEHNAT KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
2.1. Korxonasida mehnat resurslaridan foydalanish

samaradorligi tahlili


Iqtisodiyotni yangilash sharoitida ishlab chiqarish korxonalarining kerakli mehnat resurslari bilan yetarli darajada ta’minlanlanishi, ulardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada bo’lishi mahsulot hajmining ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga egadir. Xususan barcha ishlarning hajmi va o’z vaqtida bajarilishi, asbobuskunalar, mashinalar, mehanizimlardan foydalanish samaradorligi va buning natijasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi va bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlar korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’min etilganligiga va ulardan samarali foydalanishga bog’liqdir.
Mehnat resurslar ta’minlanlanganligini tahlil etish asosiy vazifalari quyidagilardir:

  • korxona va uning tarkibiy bo’linmalarining umuman shuningdek toifalar va kasblar bo’yicha mehnat resurslari bilan ta’min etilganligini o’rganish va unga baho berish;

  • mahsulotga sarflanadigan mehnat hajmini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish sohasidagi reja topshiriqlarining asoslanganligi chuqur tekshirish;

  • tashkiliy-texnik tadbirlar samaradorligini to’g’ri hisoblanganini, uning mehnat normalarida to’g’ri aks etganini va haqiqatda erishgan samaradorlikning hisob kitob samaradorligidan chetga chiqish sabablarini aniqlash;

  • mehnatni tashkil etish ahvoliga va uning darajasiga baho berish, albatta ish vaqtidan foydalanish ko’rsatkichlarini ajratib ko’rsatish, qo’l mehnati birinchi navbatda jismoniy mehnat qisqarganligini qayd qilish, ish o’rinlari attestasiya qilinganligi, mehantni tashkil etish brigada shakliga baho berish;

  • ishlab chiqarishning shaxsiy omildan foydalanishni yaxshilash sohasidagi ishlar samaradorligiga baho berish, mehnat potensiali hajmi va tarkibini, mehnatni rag’batlantirish va sog’lomlashtirish tizimini jamoadagi psixologik vaziyat tahlil etish;

  • jadal, joriy va istiqbolni ko’zlab rejalashtirish va boshqaruvga doir qarorlar qabul qilish uchun zarur materiallar to’plash;

  • kadrlar kurimsizligi ko’rsatkichlarini aniqlash va o’rganish;

  • mehnat resurslari zahiralarini naiqlash ulardan yanada to’laroq va samaraliroq foydalanish.

Tahlil uchun axborot manbalari sifatida mehnat rejasi. mehnat bo’yicha hisobot statistik hisobotlari, tabel asosida hisobga olish va kadrlar bo’limi ma’lumotlari xizmat qiladi.
“Baxmal” qo‘shma korxonasining kerakli mehnat resurslari bilan etarli darajada ta’minlanlanishi, ulardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada bo‘lishi mahsulot hajmining ko‘paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga egadir. Xususan, barcha ishlarning hajmi va o‘z vaqtida bajarilishi, asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizimlardan foydalanish samaradorligi va buning natijasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi va bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlar korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’min etilganligiga va ulardan samarali foydalanishga bog‘liqdir.
“Baxmal” qo‘shma korxonasining mehnat resurslari ikkita asosiy tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, ular asisiy ishlab chiqarishda band bo‘lganlar va asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lmagan boshqaruv xodimlar hamda mutaxassislardan tashkil topgan.
Bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida xodimlarning bilim darajasi, yuqori kasbiy ko‘nikmalari va ish tajribalarini oshirish maqsadida korxonada doimiy ravishda xodimlarni turli malaka oshirish kurslari o‘qitish, ularni kasbiy mahoratlarini oshirish ishlari uzluksiz ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
Korxona xodimlari malakasini oshirish sohasidagi rejani bajarilishi va dinamikasini tahlil qilganda, shunday ko‘rsatkichlardan, chunonchi oliy, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, korxonadagi ishchi kadrlar tayyorlash tizimida ta’lim olayotgan, o‘z malakasini oshiriyotgan xodimlar soni va foizi malakali mehnat bilan band bo‘lgan xodimlar foizi va hokazo ko‘rsatkichlar o‘rganiladi. Ijtimoiy malakaga doir ko‘rsatkichlar ishdan ozod bo‘lib qolgan xodimlar malakasini o‘zgartirish va ishga joylashtirishni tashkil etishni ham aks ettirmog‘i lozim.
Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi tahlili ma’lum usul asosida amalga oshiriladi. Usul umuman olganda muayyan ishni bajarish uslubini bildiradi, u turli yo’llar va zarur texnik vositalar majmuasini o’z ichiga oladi. Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlaganligini tahlil etishga tadbiq etganda, usul deganda korxona tomonidan qo’yilgan maqsadga erishish sohasidagi faoliyatga baho berish yo’li tushuniladi, bunda muayyan tashkiliy-texnikaviy sharoitdagi mazkur mehnat potensiali mavjud bo’ladi.

Download 174.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling