Kirish I bob. Mehnat resurslari shakllanishining nazariy uslubiy asoslari


-jadval 2017 yilda “Baxmal” QKning mehnat resurslaridan foydalanish holati


Download 174.69 Kb.
bet11/12
Sana11.09.2023
Hajmi174.69 Kb.
#1675890
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish

2.3-jadval 2017 yilda “Baxmal” QKning mehnat resurslaridan foydalanish holati

Ko’rsatkichlar

O’tgan yili

2017 yil

Chetga chiqarish

Reja

Haqiqatda

Reja

Haqiqatda

Xodimlarning o’rtacha yillik soni (XS)

250

250

253

-

3

Bir ishchining bir yilda ishlagan kunlari (D)

225

220

218

-5

-2

Soatlar (S)

1766,25

1749

1722,2

-17,25

-44,05

Ish kunining o’rtacha muddati (M), S

7,85

7,95

7,90

-0,10

-0,05

Ish vaqti fondi (S)

441562,5

437250

435716,6

-4312,5

-1533,4

Shu jumladan ishdan tashqari ishlagan vaqt, (S)

980

-

970

-

-10

Manba: “Baxmal” QKning statistik hisobot ma’lumotlari asosida tuzilgan

2.2. Mehnat resurslaridan samarali foydalanishda mehnatni ilmiy asosda

tashkil etish


«Barcha islohotlarning – iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlaming asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdir.
Asosiy e’tiborini odamlarni qaratish korxona manfaatlarini kamsitishdeb tushunilmaydi, chunki faqat odamlargina korxona muvafaqqiyatini, ta’min eta oladilar. Burring uchun ular barcha narsalar bilan ta’min etilgan bo’lishi lozim.
O’z navbatida ishchi kuchidan samarali foydalanish ko’pincha har xil bajarilishi zarur bo’lgan ishlaming ayrim ijrochilari o’rtasida to’g’ri taqsimlanishga. ya’ni ularning malakasiga, tajribasiga va zukkoligiga yarasha ish bilan bab-baravar ta’min etilishiga bog’liqdir. Bu masalani maqsadga muvofiq hal etish uchun, birinchi navbatda. mehnatni ishchi ishlab chiqarishda puxta o’ylab, oqilona taqsimlashi lozim bo’ladi. Bu tashkiliy masala mehnat taqsimoti deb ataladi. Mehnat taqsimotining asosiy ustunliklaridan biri shundaki, bunda ishchi kuchining ma’lum bir turida chuqur ixtisos topadi, shu ish bajarilishi texnikasini va tartibni puxta egallab oladi, zarur ko’nikmalarni kasb etadi, ish usul va uslublami yanada takomillashtiradi. Bunda maxsus asbob va uskunalar ishlatiladi. Bundan tashqari mehnat taqsimotidan xodimlarni ish jarayoniga tayyorlash ham osonroq bo’ladi.
Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida mehnat taqsimotining eng samarali bo’lishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim.

  1. ishchiga bajarish uchun bir xil malaka va taxminan bir xil texnika bilimini talab qiladigan ishni yoki xizmatni topshirishga harakat qilmoq kerak. Malakali ishchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan ishlab bilan band qilmasdan, unday ishlarni kam malakali ishchilarga topshirish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilinganda malakali ishchi kuchlariga bo’lgan talab va ish haqi xarajati kamayadi;

  2. ko’p stanokda ishlovchi ishchilarni mashinaning to’xtab turishi bilan bog’liq davomli ishlardan (masalan to’quvchini to’qish jihozlaridagi uzilgan iplarni ulashdan) xalos qilmoq kerak. Shunday qilinganida mashinalarning to’xtab turishi kamayadi, mehnat samaradorligi oshadi;

v) ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarning imkon boricha foydali ish bilan to’la band bo’lishlariga erishish kerak. Buning uchun barcha kasblar uchun etarli miqdorda ish mavjud bo’lishi shart. Zarur paytlarda ishchi bir necha bir xil mashinada ishlashini topshirib, uni ish bilan to’la band qilish mumkin;
g) yuqori mehnat samaradorligiga erishish uchun qilinadigan mehnat taqsimotida ishlovchilarning o’zaro bir-birlariga yordami uyushtiriladi. Ammo bundan funksiyalaming bekor qilishini va mas’uliyasizlik yuz berishiga yo’l qo’ymasli lozim bo’ladi. Ba’zi to’qimachilik korxonalarda yig’ib oluvchi (s’yomshisa), ip uzuvchilar (otrыvshisa) ko’pincha uzilgan iplarni ulashda yigiruvchi va to’quvchilar yordam beradilar;
d) ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarid mehnat taqsimoti ish jarayonida mavjud iqtisodiy, fiziologik va sosial muammolarni echib borishni hisobga olib amalga oshirishi lozim.
Fan texnika, texnologiya rivojlanib borgani sari ishlab chiqarish jarayonlari murakkablashib boradi, bu esa umuman jamiyatda turli tuman tarmoqlarda va korxonalarda mehnat taqsimtotining rivojlanishi va chuqurlashuvini yuzaga keltiradi: ilgari noma’lum bo’lgan va o’zaro xos ishlab chiqarishlarning paydo bo’lishi va ularning murakkablashuvi bilan butun-butun tarmoqlar taqsimlanadi; har bir taomq ichida kichik tarmoqlar va ixtisoslashgan korxonalar vujudga keladi; har bir korxonada, ayniqsa ommaviy ishlab chiqarishda texnologiya jarayonlarining taqsimlanishi va alohidalashuvi sodir bo’ladi, ana shu asosda ijrochi xodimlar orasida tor ixtisosdagi tobora ko’proq mutaxassislar paydo bo’ladi. Ishlab chiqarish qanchalik murakkab bo’lsa va ko’proq ixtisoslashsa. xodimlaming ayrim mehnat taqsimoti shunchalik chuqur bo’ladi. Biroq ishchidan (hatto u juda yuqori malakali bo’lganda ham) takror yoki avtomat stanok ishlab chiqarishni talab qilib bo’lmaydi.
Biroq mehnat taqsimoti – bu faqat mehnat faoliyatining bir tomonidir, xolos. U ayrim xodimlar va ular guruhlarning umumiy mehnat jarayonidagi ayrim ishchilar mehnatini birlashtirishni talab qiladi. Barcha darajadagi o’zaro bog’langan mehnat jarayonlarida ayrim ijrochilarning ish o’rinlaridan tortib butunbutun korxonalar, kichik tarmoqlar va xalq xo’jaligining o’zaro bog’langan tarmoqlarigacha birlashtirishni taqazo qiladi. Bu birlashtirish, mehnat faoliyati jarayonidagi alohida ixtisoslashtirilgan ijrochilar o’rtasidagi aloqalarning o’rnatilishi mehnat kooperasiya si deb ataladi va mehnat faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi.
Yakka hunarmandchilikka nisbatan kooperasiya da mehnatning ijtimoiy samaradorligini oshiruvchi, qator afzalliklar bor. Bulardan asosiylari quyidagilardan iborat, ishlab chiqarish vositalari (imorat, asbob-uskunalar) birgalikda ishlatilishi natijasida ularni tejashni, yakka ishchi kuchi va malkasi etmaydigan ishlarni bajarish (og’ir, qo’pol, noqulay yuklarni ko’tarish va tashish) hamda murakkab ishlarni bajarish (imkoniyati, ayrim shaxslarning ma’lum bir ishni yoki xizmat ko’rsatishni bir qancha ijrochilari bilan birgalikda bajarganlarida, har birining shaxsiy ish qobiliyatini oshiradigan quvvatini (energiyasini) alohida ravishda orttirishga sabab bo’ladi. Natijada mehnat faolligining ortishi, pirovard natijaga etishi, birgalikda ishlashni tashkiliy kombinasiyalash (masalan, mashinaning ehtiyot qismlarini tashib borish o’rniga, ularni qo’lma-qo’l uzatish), dolzarb paytlarda (qishloq xo’jaligida paxta hosilini yig’ib-terib olish paytlarida) ko’plab odamlarni ishga jalb etish. Bunday hollarda mehnat qurollari o’zgartirilmasdan birgalashib va bir-birlariga moslashib ish bajarish evaziga mehnat samaradorligi oshadi.
Mehnat kooperasiya sining maqsadga muvofiq tashkiliy shakllarini tanshal – mehnatni tashkil qilishning mehnat taqsimotidan keyingi, ikkinchi muhim masalasidir.
Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida texnikaning rivojlanish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonlari tizimining tashkil etilish xarakteri va usullariga qarab mehnat kooperasiyasining turli shakllaridan foydalaniladi.

Download 174.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling