Kirish: I bob. Mustaqil so‘z turkumlarining o’ziga xosligi va ta’limdagi ahamiyati


Download 0.52 Mb.
bet9/10
Sana18.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1283437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Soʻz turkumlarining umumiy va xususiy belgilari

Barmoqchalarim buklab,
Jajji qaddimni tiklab.
U yon, bu yonga qarab,
Qadam tashlayman bittalab.
Darslik bilan ishlash. 146 – mashqni mustaqil bajarish
IV. Mavzu yuzasidan mustahkamlash.
Guruhlar o`rtasida quvnoq didaktik o`yinlar o`tkazish orqali o`quvchilarning
mavzu yuzasidan olgan bilimlari mustahkamlanadi.
1 – o`yin: “Kim oshdi savdosi” o`yini. O`tkazilish tartibi: Bu o‘yinda o‘tilgan
mavzular yuzasidan har bir guruh qanchalik ko‘p bilimga ega ekanliklarini
namoyish qilishlari kerak. Buninig uchun so‘z turkumlari nomi yozilgan tarmoqlar
tizimi guruhlarga taqdim etiladi va guruhlar o`rtasida aylana boshlaydi. Guruh
ishtirokchilari bir-birlarini fikrlarini takrorlamagan holda o`z bilimlariga tayanib
berilgan so`z turkumi haqida o`z fikrlarini yozib raqib guruhga beradilar. O`yin
shu tariqa davom ettiriladi. Qaysi guruh tarmoqlarni ko‘proq davom ettirsa shu
guruh g‘olib hisoblanadi. (Guruhlarga tarmoqlarni chizib fikrlarini yozish uchun
ikki xildagi marker taqdim etilishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu ularning
fikrlarini ajratib olish uchun qo`l keladi)
2 – o`yin: “Mening kun tartibim” o`yini. Bu o`yinda har bir guruhdan bittadan
ishtirokchi (yoki guruh sardorlari) ishtirok etishadi. Ishtirokchilar kun tartibini navbat bilan aytadilar. Ular o`zlari tuzgan gaplarini so`z turkumlari bilan, xususan sifat – so`z turkumi bilan boyitishlari lozim. Gap tuza olmagan o`quvchi o`yindan chetlatiladi. Eng oxirida qolgan ishtirokchi g`olib hisoblanadi.
O`quvchilar ishlaridan namuna:
- Men ertalab soat 7:00 da turaman va yangi kunimni boshlayman.
- Ertalabki badantarbiyani quvnab bajaraman.
- Mehribon ota – onam bilan nonushta qilaman.
- Nonushtada shirin kulcha yeymiz.
- So`ng dazmollangan oq ko`ylagimni kiyib, jonajon maktabimga yo`l
olaman....
Baholash tartibi:
- tezkorlik;
- topqirlik;
- mantiqiy ketma – ketlik;
- izchillik;
- badiiy til vositalaridan foydalanganlik;
- boshqalarning fikrlarini takrorlamaslik;
- yangi so`z turkumlari asosida gap tuzish....
3 – o`yin: “Quruvchi” o`yini.O`tkazilish tartibi: O`quvchilar guruhlarga ajratiladi
va har bir guruhga “Zamonaviy uylar” qurish uchun “g`ishtchalar” taqdim etiladi.
“Tom” chalarga so`z turkumlari nomlari yozilgan. O`quvchilar so`z turkumlariga
doir so`zlar aralash tartibda berilgan g`ishtchalardan tegishli uychalarni qurishlari
kerak bo`ladi.



V. Uyga vazifa. O`tilganlarni takrorlash. 147 – mashqni bajarish.
”Mening do`stlarim” mavzusida matn yaratish. Matndagi so`z turkumlarini
aniqlash va ostiga tegishlicha chizish.
VI. Darsni yakunlash. G`olib guruhni aniqlash. Faol qatnashgan o`quvchilarni
rag`batlantirish.


Xulosa
Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, jamiyat doimo taraqqiyotda ekan, til ham taraqqiy qilib boraveradi. Jamiyatda bo`lgan o`zgarishlar tilga ta`sir etmay qo`ymaydi. Mustabid tuzum (sho`ro)davri madaniyatimizga keskin ta`sir o`tkazgan edi.O`zbek tili mavqeyi pasaygan(rus tiliga e`tibor kuchaygan davr) bir bosqichda grammatikadagi milliy xoslikka ahamiyat berilmadi. Yaratilgan darslik, o`quv qo`llanmalarda ilmiy qarashlar rus tili grammatik talqinlari asosida berilar edi. Jumladan, so`zlarni turkumlarga ajratishda ham an`ana bo`lgan tamoyillar, miqdor(6ta mustaqil so`z turkumi...) kabilarga tayanildi. Zero har bir tildagi so`zlar o`zining grammatik belgisi va semantik xususiyatiga qarab turli guruhlarga bo`linadi. Grammatik qurilishi jihatidan har xil bo`lgan tillardagi so`zlarning semantik-grammatik xususiyatlari, qo`llanish doirasi, o`zaro birikishi, boshqa belgilari doimo bir xil bo`lmaydi. Qolaversa, so`zlarni turkumlarga ajratishda hamma tillar uchun umumiy bo`lgan yagona bir tamoyil bo`lishi mumkin emas. Muayyan bir tilda so`zlarni turkumlash shu tilda so`zning o`ziga xos ma`nosi, grammatik xususiyati, so`z yasalish tizimi va so`zlarning o`zaro birikish qobiliyati asosida ishlab chiqilishi lozim. Zeroki, hatto qardosh tillar orasida ham so`z turkumlari va ularning ichki guruhlarini ajratishda ham jiddiy farq bo`lishi mumkin.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga so’z turkumlarini o’rgatish jarayoni juda qiziq jarayon bo’lib ,unda o’qituvch har bir mavzuga kreativ yondoshgan holda turli interfaol metodlardan, didaktik o’yinlardan,axborot kommunikatsiya texnologiyalaidan va multimedia vositalaridan foydalangan holda tashkil etishi mumkin. Buning uchun esa o’qituvchidan kreativlik,yngicha yondashuv, bilim va shijoat bo’lishi lozim.O’qituvchi ko’plab metodlar va o’yinlarni bilsa-yu,lekin,ulardan to’g’ri foydalana olmasa katta samaraga erishish mumkin bo’lgan darslar ham teskari tarafga o’zgarib ketishi,o’quvchilarning darsda zerikishlari va mavzuga bo’lgan qiziqishlarini susaytirib yuborishi hech gap emas. O‘yinlar maqsadiga ko‘ra guruh bo‘lib ishlash uchun sog‘lom muhit tashkil etishga qaratilgan o‘yinlar, umumiy qiziqishlarni aniqlashga yo‘naltirilgan o‘yinlar, guruhning birligini qo‘llab-quvvatlovchi o‘yinlar, o‘zaro bog‘lovchi o‘yinlar, rag‘batlantiruvchi o‘yinlar, ijodkorlikni rag‘batlantiruvchi o‘yinlar, yakunlovchi o‘yinlar kabilarga bo‘linadi. Didaktik o‘yinlardan: “Bingo”, “O‘zligingni angla”, “O‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashish”, “Tinglang va xulosa chiqaring”, “Berilgan mavzu (jumla) asosida muzokaraga kirishish”, “Tashqi qiyofani o‘zgartirish va o‘rtog‘idagi o‘zgarishlarni topish”, “Popurri yoki ijodiy mashqlar”, “O‘z o‘rningni top”, “So‘zdan so‘z”, “Quvnoq ekspress”, “Menga baribir”, “Zanjir”, “Juftini bilasizmi?” kabi didaktik o‘yin turlarini tavsiya etamiz.
Ma’lumki, ta’lim bosqichlari ona tili darslarida qo‘llaniladigan o‘quv topshiriqlarining muayyan qismini o‘yin topshiriqlari tashkil etadi. Til hodisalarini o‘rganishda o‘yin vaziyatini yaratish yoki o‘yin darslari tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ona tili fani ko‘p mavhum tushunchalar, ta’rif, qoida va xulosalar bilan ish ko‘radiki, ularni xotirada saqlab qolish zarur paytda amaliy faoliyatda qo‘llash o‘quvchiga qiyinchilik tug‘diradi. O‘quvchi har bir o‘rganilayotgan til hodisasini o‘zining aqliy faoliyatidan o‘tkazsa, bu hodisalar ustida mustaqil ijodiy ishlar bajarsa, aqliy faoliyat usullari: kuzatish, taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi bosqichlarni bosib o‘tsagina, u o‘rganilishi ko‘zda tutilgan til hodisalarining mohiyatini puxtaroq anglardi va uni o‘rganishga qat’iy kirishadi-yu o‘yin-topshiriqlar ham o‘quvchidan xuddi mana shu bosqichlarni bosib o‘tishni talab etadi va uni ta’lim jarayonining subyektiga aylantiradi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling