Kirish I bob. Mustaqillik yillarida o’zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi
Download 73 Kb.
|
kursovoy qo\'qon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1,2 Mustaqillik yillarida Buxorodagi ilmiy muassasalar faoliyati va ularning tarixiy merosimizning o‘rganishdagi xizmatlari........................... 16
- 2,2 Qo‘qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar.......................................... 26
- Kirish. Mavzuning dolzarbligi
- O‘rganilish darajasi
KIRISH............................................................................................................... 3 I BOB.MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI 1,1 .Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi............. 6 1,2 Mustaqillik yillarida Buxorodagi ilmiy muassasalar faoliyati va ularning tarixiy merosimizning o‘rganishdagi xizmatlari........................... 16 II BOB.XIVA XONLIGI VA QO’QON XONLIGI TARIXINING MUSTAQILLIK YILLARIDA O’RGANILISHI 2,1 Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar tahlili................................................................................................................. 21 2,2 Qo‘qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar.......................................... 26 III.XULOSA..................................................................................................... 32 IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.............................. 34 Kirish. Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekistonning eng yangi tarixida muhim bosqich sifatida kechayotgan so‘nggi yillar (2016-2018)da ilmiy tadqiqotlarga, ilmiy muassasalarning faoliyatiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Oliy attestatsiya qo‘mitasi kabilarni ishini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning hayotga joriy etilayotganligi fikrimizning dalilidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2016 yil 18 oktyabrdagi Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimida “Ta’lim va ma’rifat-tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” mavzusidagi nutqida: “...Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ajdodlarimizning muqaddas dini bo‘lgan islomning jamiyatimizdagi o‘rnini qayta tiklash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. 1999 yil Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi Islom universiteti ochildi. Mamlakatimizda 10 ta diniy ta’lim muassasasi, jumladan, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ana shu ta’lim maskanlari orasida XVI asrda bunyod etilib, ilm-fanni keng yoyishga xizmat qilgan Buxorodagi Mir Arab va Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasalari bor". 1 Mustaqilikka erishganimizdan boshlab mamlakatimiz hayotida tub o`zgarishlar yuz berdi. O`z mustaqilligini qo`lga kiritgan O`zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligini barpo qilish bilan bir qatorda xalqaro maydonda ham o`zining barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi, takrorlanmas ma`naviy merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug` tarata boshladi. Garchi mustabid sho`rolar hukmronligi davrida O`zbekiston tarixi fani to`laqonli tadqiqotini amalga oshira olmagan bo`lsada, o`zining boy tarixiy merosini ko`z qorachig`idek asrab keldi. Bu tarix sahifalari xalqimizning boy o`tmishini bizgacha yetkazib bera olgan qo`lyozma asarlarimiz va xalqimizning xotirasi edi. Ma`naviy hayotning ajralmas qismi bo`lgan tarixga yangicha ko`z bilan, xolisona, ilmiy jihatdan hech bir mafkuraviy aqidasiz yondashish imkoniyati bo`ldi. Avvalo, tarixiy xotirasini tiklash, haqqoniy tarixini yaratish vazifasi qo`yildi. ― Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o`lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o`zlikni anglash, ta`bir joiz bo`lsa, milliy iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g`oyat muhim o`rin tutadi, - deb ta`kidlaydi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Mazkur jarayonda o‘zbek davlatchiligini tarixi o‘rganish, uni xolisona tahlil etish muhim omillaridan biri hisoblanadi. ―… o‘zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi… davlatchiligimizni ilmiy nuqta‘i nazardan asoslangan tarixini yaratishdir‖, - deb ta‘kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2 Albatta yuqorida ta`kidlanganimizdek mustaqillik biz uchun, tariximiz uchun qorong`u sahifalarni yanada oydinroq yoritish imkoniyatini yaratib beradi. O`tgan yaqin yillar oralig`ida ajdodlarimizning yuzlab qo`lyozma asarlari dunyo yuzini ko`rdi. Respublikamizda va xorijda minglab nusxalarda nashr etildi. Bu ham tariximizning boy o`tmishiga va merosiga ko`rsatilgan ehtirom va e`tirofdir.2 O‘rganilish darajasi : Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlar masalaning mohiyatiga bo`lgan yondashuv tubdan o`zgarib,endi tarix haqqoniy ravishda ilmiylikka asoslangan holda yoritila boshlandi. Bu davrda yaratilgan ishlarga H.Z.Ziyoyev, H.N.Bobobekov, V.Ishquvvatov, Sh.Mahmudovlarning Sh.H.Vohidov, Z.Ilhomov, 7ilmiy ishlarini ko`rsatib o`tish mumkin. H.Z.Ziyoyevning ―Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash‖ asari, ―Turkiston chor mustamlakasi davrida‖ kabi asarlar keyingi yillarda nashr etilgan ishlar orasida o`zining mukammalligi bilan alohida o`rin tutadi. Download 73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling