Kirish I bob. Nazariy qism


Download 48.08 Kb.
bet10/22
Sana02.01.2022
Hajmi48.08 Kb.
#188532
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
OPERATORLARNI QAYTA YUKLASH 2

for sikli

for sikli qadamli sikl bo‘lib, lokal o‘zgaruvchiga boshlang‘ich qiymat berilib, sikl sharti rost bo‘lguncha operatorlar bajariladi. Sikl sintaksisi:

for (initsializator; shart; iterator)

operator(lar)

Bunda, initsializator – ifoda bo‘lib, sikl boshida lokal o‘zgaruvchiga qiymat beriladi. Shart – mantiqiy ifoda bo‘lib, har bir iteratsiyadan avval qiymati hisoblanadi. Iterator – ifoda bo‘lib, har bir iteratsiyadan so‘ng bajariladigan amal (masalan, sikl hisoblagichi).

for sikli avval shartli sikl bo‘lib, sikl sharti operator bajarilguncha hisoblanadi. Har bir iteratsiyadan avval sikl sharti qayta hisoblanadi. Sikl shart natijasi false bo‘lguncha amalga oshiriladi. for sikli qadamlar soni avvaldan ma’lum bo‘lgan hollar uchun ishlatilishi maqsadga muvofiqdir. Quyidagi misolda for siklini ishlatish namoyon qilingan:

for (int I=0; I<100; I++)

{

// Sikl 100 marta bajariladi



}

for siklini ichma-ich joylashtirish mumkin bo‘lib, ichki sikl tashqi siklning har bir iteratsiyasi davomida barcha itreatsiyalari bajariladi. Ushbu sxema ko‘p o‘lchovlm massivning barcha elementlaridan o‘tishga mos keladi. Tashqi sikl barcha satrlar bo‘yicha, ichki sikl – barcha ustunlarga mos keladi:

// Satrlar bo‘yicha sikl

for (int I=0; I<100; I++)

{

// Ustunlar bo‘yicha sikl



for (int J=0; J<25; J++)

{


a[I, J] = 0;

}


}


Download 48.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling