Kirish I bob. Nazariy qism


Download 48.08 Kb.
bet9/22
Sana02.01.2022
Hajmi48.08 Kb.
#188532
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
OPERATORLARNI QAYTA YUKLASH 2

Qaysi tipga o‘tkazishi

Convert.ToByte()

byte

Convert.ToChar()

Belgili Char

Convert.ToDateTime()

Sana va vaqt

Convert.ToDecimal()

decimal

Convert.ToDouble()

double

Convert.ToInt16()

short

Convert.ToInt32()

int

Convert.ToInt64()

long

Convert.ToSByte()

sbyte

Convert.ToSingle()

float

Convert.ToString()

string

Convert.ToUInt16()

ushort

Convert.ToUInt32()

uint

Convert.ToUInt64()

ulong


Boshqaruv operatorlari

Shart operatorlari

Shart operatorlari dastur kodining biror shartga ko‘ra tarmoqlanishiga olib keladi. C# tilida ikkita turdagi tarmoqlanish operatorlari mavjud: if va switch.



if operatori

C# tilida shartli tarmoqlanishda if..else konstruksiyasiidan foydalaniladi. Operator sintaksisi quyidagicha:



if (shart)

operator(lar)



else

operator(lar)

Agar shartda bir nechta operatorlardan foydalanish lozim bo‘lsa figurali qavs ({…}) ichiga olinadi. Ya’ni operatorlar figurali qavslar orqali blokka olinadi. Ushbu amal C# tilining boshqa konstruksiyalarida ham qo‘llaniladi.

int I = 5;

bool Zero;

if (I==0)

{

Zero = true;



Console.WriteLine("Nol");

}


else

{


Zero =false;

Console.WriteLine("Nol emas");

}

if operatorida else operatori qatnashmasligi ham mumkin.

if (Condition)

{

// Ushbu blok Condition true bo‘lganda bajariladi



}

else blokida if operatorlaridan foydalanib bir nechta shartlarga tekshirish mumkin:

if (Condition1)

{

// Ushbu blok Condition1=true bo‘lganda bajariladi



}

else if (Condition2)

{

// Ushbu blok Condition1=false va Condition2=true



// bo‘lganda bajariladi

}


else

{


// Ushbu blok Condition1=false va Condition2=false

// bo‘lganda bajariladi

}

Shart operatorida faqat bitta operator ishlatilsa, figurali qavslarni yozish shart emas:



if (I == 0)

Console.WriteLine("Nol"); // Ushbu satr faqat I=0

// bo‘lgan holda bajariladi

Console.WriteLine("Нол");

// Ushbu satr esa har doim bajariladi.

Ammo ko‘pgina bunday yozuv dasturchilarni chalg‘itishi va xatoliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ko‘p hollarda if operatorida qavslardan doimo foydlaniladi.



switch operatori

switch....case tanlash operatori bo‘lib, bir necha variantlardan birini case kalit so‘zi orqali tanlashga asoslangan. switch dagi ifoda qiymati hisoblanadi va case lardagi mos qismlardan biri tanlanadi. Har bir case blokidan so‘ng break kalit so‘zi yoziladi.

int IntegerA=1;

switch (IntegerA)

{

case 1:


Console.WriteLine("IntegerA = 1");

break;


case 2:

Console.WriteLine("IntegerA = 2");

break;

case 3:

Console.WriteLine("IntegerA = 3");

break;


default:

Console.WriteLine("IntegerA бoshqa qiymatga teng");

break;

}


case dagi nishonlar sifatida faqat o‘zgarmaslar qatnashishi mumkin. C# tilida switch…case operatorida case bloklari o‘zaro break kalit so‘zi orqali qat’iy ajratilgan. Quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz:

switch (Сountry)

{

case "au":



case "uk":

case "us":

Language = "Ingliz";

break;


case "at":

case "de":

Language = "Nemis";

break;


default:

Console.WriteLine("Boshqa til");

break;

}


Yuqoridagi misolda bir nechta case bloklarini o‘zaro birlashtirilgan. C# tilidagi switch operatorida default blokini ixtiyoriy qismida yozish mumkin. Quyidagi case operatorida ikkita bir xil o‘zgarmasni nishon sifatida ishlatish mumkin emas.

const string ENGLAND=”uk”;

const string BRITAN=”uk”;

switch (Сountry)

{

case ENGLAND:



case BRITAN: // xatolik qaytariladi

Language = "Ingliz";

break;

}

Sikllar

C# tilida tarmoqlanuvchi to‘rtta konstruksiya mavjud. Avvalo for siklini ko‘rib chiqamiz.


Download 48.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling