Kirish I. Bob. Oqova suvlar va ularni tozalash yo’llari haqida


Tindirgichlar haqida tushuncha


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/30
Sana05.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#227145
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
oqova suvlarni tozalash masalalari samarqand shahri misolida.

Tindirgichlar haqida tushuncha 

              Oqova  suvlar  tarkibidagi  erimagan  moddalarni  ajratib  olish  maqsadida 

tindirgichlar ishlatiladi. Ishlatilish sharoiti va tozalash shahobchasining texnologik 

chizmasiga  binoan  tindirgichlar  birlamchi  va  ikkilamchi  bo‗ladi.  Birlamchi 

tindirgichlar  oqova  suvlarni  mexanik  tozalashda,  ikkilamchi  tindirgichlar  oqova 

suvlarni  biologik  tozalashda  ishlatiladi.Tindirgichlarning  ishlash  tartibiga  ko‗ra, 

davriy  ishlaydigan  va  uzluksiz  ishlaydiganlarga  bo‗linadi.  Tozalanadigan  oqova 




26 

 

suvlarning  oqim  yo‗nalishiga  ko‗ra,  tindirgichlar  quyidagi  turlarga  bo‗linadi:                



gorizontal,  vertikal,  radial  (suv  taqsimlash–yig‗ish  qurilmasi  aylanma  harakat 

qiladigan,  suv  oqimi  pastga  tushib,  yuqoriga  ko‗tariladigan),  naychasimon. 

Gorizontal  tindirgichlarda  oqova  suvlar  asosan  gorizontal  holatda  oqadi,  vertikal 

tindirgichlarda  tepadan  pastga  oqadi,  radial  tindirgichlarda  oqova  suvlar 

markazdan  tindirgichning  cheka  tomonlariga  gorizontal  holatda  oqadi. 

Naychasimon  tindirgichlarda  tindirish  qismi  tokchalar  orasidan  tozalanadigan 

oqova suvlar laminar harakatda oqib o‗tadi. Gorizontal tindirgichlar rejada to‗g‗ri 

to‗rtburchak  shaklida  bo‗lib,  uzunligining  eniga  nisbati  ј  dan  kam  bo‗lmaydi  va 

chuqurligi  4  metrgacha  bo‗lishi  mumkin.  Tindirgichning  boshlanish  tomoniga 

oqova  suvlar  tarnovlar  orqali  uzatiladi  va  tindirgichning  eni  bo‗ylab,  suv  bir 

tekisda  tarqatiladi,  tindirgichning  pastki  tomonidan  tarnovlar  yordamida  oqova 

suvlar yig‗ishtirib olinadi va boshqa inshootlarga yuboriladi. 

Radial  tindirgichlar  rejada  ko‗proq  doira  shaklida  bo‗lib,  ularning  diametri 

18 m  dan 54 m gacha, chuqurligi 1/6 dan 1/10 diametr qiymatida bo‗ladi. Radial 

tindirgichlarda  tozalanadigan  oqova  suvlarni  markaziy  quvurga  pastdan  yoki 

yuqoridan keltirish mumkin. Tindirgichning konstruksiyasiga ko‗ra, tozalanadigan 

suv  markaziy  quvurdan  tindirgichga  chiqarilib,  uning  tomonlariga  ma‘lum  bir 

tezlikda oqadi va aylana qurilgan tarnovlarda tozalangan suvlar yig‗ishtirib olinadi. 

Vertikal tindirgichlar rejada doira shaklida, diametri 9 metrgacha bo‗lishi mumkin. 

Oqova  suv  markaziy  quvurga  yuboriladi,  undan  chiqqan  suv  pastdan  yuqoriga 

ko‗tariladi, tozalangan suv tarnovlar chekkasida yig‗iladi. 

 

6-rasm. Gorizontal tindirgich chizimasi. 




27 

 

 



  . 

 

 



7-rasm. Vertikal tindirgich chizmasi. 

 

 



 

 

 



8-rasm. Radial tindirgich chizmasi 

 

 



 

9-rasm. Ikki qavatli tindirgich chizmasi. 




28 

 

 



 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling