3
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi:
Bitiruv malakaviy ishda ko‘zda tutilgan mavzu hozirgi kunning eng dolzarb
muommolaridan bo‗lgan oqava suvlarni tozalash va uning tabiatga bo‗lgan ta‘sirini
ekologik nuqtai nazardan kamaytirishdan iboratdir. Bunda oqava suvlarni tozalash
stansiyasining texnologik jarayoni hususan mexanik, biologik va fizika- kimyoviy
tozalash usullari misol tariqasida ko‗rsatilgan. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizdan
oqova suvlarni tozalash yo‗nalishi bo‗yicha xizmat ko‗rsatayotgan mutahasislar
ham keng ko‘lamda foydalanishlari mumkin.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda oqova suv tozalash inshootlarining
texnik jihozlanishi, mexanik, biologik, kimyoviy suv tozalash inshootlari,
cho‘kmani qayta ishlash inshootlari, elektrokoagulyasiya, bosimli flotatsiya,
reagentli koagulyasiya, filtratsiya yoki ekstraksiya kabi asosiy tushunchalar qayd
etilgan. Ishda toza, sanitariya talablariga to`liq javob beradigan, atrof-muhitga
zararli ta`sir ko`rsatmaydigan suvni tozalashni ko`zda tutadigan usullar yoritilgan.
BMI kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Tadqiqot obekti:
Samarqand shahri va viloyatning ayrim yirik ishlab chiqarish korxonalaridan
chiqadigan oqova suvlar.