Kirish I. Bob. Oqova suvlar va ularni tozalash yo’llari haqida
OQOVA SUVLAR VA ULARNING FIZIK – KIMYOVIY – BIOLOGIK
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
oqova suvlarni tozalash masalalari samarqand shahri misolida.
1.2. OQOVA SUVLAR VA ULARNING FIZIK – KIMYOVIY – BIOLOGIK
XUSUSIYATLARI.
Hozirgi paytda suv havzalarini ifloslanishini oldini olishga juda katta ahamiyat berilgan. Xo‗jalik ma‘ishiy va sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar ma‘lum bir inshoatlarda tozalanib, ular yana suv havzalariga oqiziladi. Shu bilan birga suv havzalarini ma‘lum darajada ifloslantiriladi. Keyingi yillarda hukumatimiz va davlatimiz tomonidan qator qarorlar qabul qilinib, ular asosan suv havzalarining sanitariya holatlarini yaxshilashga qaratilgandir. Sanoat va qishloq xo‗jalik korxonalarini tez rivojlanishi suv havzalarini oqova suvlar bilan ifloslanishning birdan-bir omilidir. Ko‗p miqdorda oqova suvlarni suv havzalariga tushirish bilan birga, ularning tozaligini saqlab qolish xalq xo‗jaligida muhim vazifalar qatoriga kiradi. Shuning uchun ham oqova suvlarning tozalash usulini to‗g‗ri tanlash bilan suv havzalariga tushiriladigan oqova suvlarni sanitariya me‘yorlari talabiga to‗la muvofiq qilishini ta‘minlash mumkin. Oqova suvlarning tarkibida har xil turdagi iflos moddalar bo‗ladi. Ularning tarkibidagi organik iflos moddalar, bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Shuning uchun oqova suvlarni tozalashda ularning tarkibidagi iflos moddalarni, ayniqsa organik moddalarni suvdan ajratib olish va zararsizlantirish muhim omillardan biridir. Oqova suvlarni mexanik, fizika-kimyoviy va biologik usullarda tozalanadi. Oqova suvlar tarkibidagi bakteriyalarni yo‗qotish uchun ular zararsizlantiriladi.
11
Mexanik tozalash oqova suvlar tarkibidagi erimagan iflos moddalarni suzish, tindirish va filtrlash yo‗li bilan suvdan ajratib olishdir. Kimyoviy tozalash usuli oqova suvga kimyoviy reagentlarni qo‗shishdan iboratdir, bu reagentlar oqova suv tarkibidagi erimagan, kolloidli va erigan modda zarrachalarini cho‗kishga imkon yaratadi. Biologik tozalash usuli oqova suv tarkibidagi mikrojonzodlarning yashash sharoitiga asoslangan bo‗lib, bu jonzodlar oqova suv tarkibidagi organik moddalarni oksidlash va qayta tiklash uchun xizmat qiladi. Inshootlarda tutilgan cho‘kmalar tegishli inshootlarda achitilib, maxsus qurilma va maydonlar suvsizlantiriladi va zararsizlantiriladi.
Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling