Kirish I. Bob. Oqova suvlar va ularni tozalash yo’llari haqida
I-BOB. OQOVA SUVLARI VA ULARNI TOZALASH YO’LLARI
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
oqova suvlarni tozalash masalalari samarqand shahri misolida.
I-BOB. OQOVA SUVLARI VA ULARNI TOZALASH YO’LLARI
HAQIDA. 1.1. SUV HAVZALARINING IFLOSLANISHI VA OQOVA SUVLARNI ULARGA QOSHILISHIGA QO’YILGAN TALABLAR. Suv havzalari tabiiy va sun‘iy yo‘l bilan ifloslanishi mumkin. Tabiiy ifloslanish yomg‗ir suvlari bilan olib kelinadigan iflosliklarning qo‗shilishi, suv tarkibidadagi suv hayvonoti va o‗simliklarning chirishi natijasida ro‘y beradi. Sun‘iy ifloslanish, asosan, tozalanmagan maishiy va sanoat oqovalarni qo‘shilishi bilan bog‗langan. Iflosliklarning havzalarga tushishi havza suvining kimyoviy tarkibiga va fizikaviy ko‗rsatgichlariga salbiy ta‘sir etishi, suv betida suzuvchi moddalar, tubida cho‗kmalar paydo bo‗lishi, erigan kislorod miqdorining kamayishi, bakteriyalar soni va turlari oshishi bilan bog‗liq. Havzalarni sanitariya muhofazasi amalda gigienik-me‘yor moddalarni ruhsat etilgan cheklangan ulushlaridan (RCHU) foydalanishadi. Moddalarning RCHU deb havzaning tabiiy jarayonlariga, suvning sifat ko‗rsatgichlariga, havza biotsenoziga, ya‘ni o‗simliklari va hayvonot dunyosiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmaydigan maksimal ulushigi aytiladi. O‗zbekiston Respublikasi ―suv va suvdan foydalanish‖ tug‗risidagi qonuniga binoan sanoat, kommunal maishiy oqovalarni oqizishga ruxsat suv ob‘ektlaridan oqova suvlarni oqizish uchun foydalanish zarurati va imkoniyatlarini asoslab beruvchi hujjatlarga binoan beriladi. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 7 aprelda qabul qilingan ―O‗zbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek ichimlik va maishiy suv ta‘minotining, davolash va madaniy sog‗lomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqidagi‖ nizomga muvofiq barcha ishlab turgan, loyihalashtirilayotgan va qayta qurilayotgan suv o‘tkazgichlar sanitariya epedimiologiya jihatdan ishonchligini ta‘minlash maqsadida suv olish joylaridagi suv ta‘minoti manbalari sanitariya muhofazasi zonalarini, vodoprovod inshootlari
5
va sanitariya himoya mintaqasini hamda suv havzalarining sanitariya himoya mintaqalarini o‗z ichiga oluvchi sanitariya muhofazasi zonasi belgilanadi. Ochiq va yer osti suv manbalari sanitariya muhofazasi zonasi uch mintaqadan iborat: birinchi qattiq nazorat mintaqasi; Ikkinchi va uchinchi inson xo‗jalik faoliyati cheklangan mintaqalar. Birinchi mintaqa chegarasi oqim bo‘yicha yuqoriga 200 m, pastga 100 m, qabul inshooti joylashgan qirg‗oqdan har tomonga 100 m ni tashkil etadi. Ikkinchi mintaqa chegarasi daryo va kanallar uchun yuqoriga 3 km oqish masofasi, oqim bo‘yicha pastga birinchi bosqich chegarasidan 250 m, yon tomonlarga tekis joylarda qirg‗oqdan 500 m tog‗ joylarda 750-1000 m ga teng. Suv omborlari va ko‗llar uchun 10% shamol yo‘nalishi bo‘yicha 3 km, 10% dan ortiq paytda 5 km. Yon chegaralari daryolardagidek bo‘ladi. Uchinchi mintaqa sanitar qo‘riqlash zona chegerasi har tomonga xuddi ikkinchi bosqichgiday qabul qilinadi, yon chegaralari esa qirlarning suv bo‗linish chegarasigacha, ammo 3-5 km dan oshmasligi kerak. Suv havzalari xo‘jalik ichimlik suv ta‘minoti va madaniy maishiy maqsadda va baliqchilik maqsadida ishlatiladigan havzalarga bo‗linadi. Bu havzalarning har biri o‗z navbatida ikki toifaga: a) xo‘jalik-ichimlik, oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining suv ta‘minoti uchun; b) sport, cho‘milish, dam olish uchun mo‘ljallangan havzalar. Baliqchilik havzalari esa: a) qimmatbaho baliq navlarini o‗stirish uchun; b) qolgan baliq navlarini o‗stirish uchun mo‗ljalangan toifalarga bo‗linadi. Bu havzalar tarkibidagi ifloslanish me‘yorlangan va 1- jadvalda keltirilgan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling