Kirish I bob oʻzbekistonda kimyo sanoatinging rivojlanishi


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING


Download 0.7 Mb.
bet8/14
Sana14.01.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1093556
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
LAYLO 1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
RESPUBLIKA PAXTA TOZALASH SANOATINI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda paxta tozalash sanoati korxonalarini aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va tarmoqda boshqaruv tizimini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining xodimlarning cheklangan soni 88 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat boʻlgan 2-ilovaga muvofiq tuzilmasi maʻqullansin. Uyushma boshqaruvi raisiga uning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi Kengashi tarkibiga “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining rahbarlari, hududiy aksiyadorlik birlashmalari tarkibiga kiruvchi paxta tozalash korxonalari va urugʻlik chigit tayyorlovchi yetakchi korxonalar rahbarlari kiradi;
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosarlari uyushma Kengashi tomonidan saylanadi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va maqomiga koʻra tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosariga hamda vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
“Toshlubsanoat” Toshkent lub sanoati korxonalari davlat-aksiyadorlik birlashmasi muassislarining umumiy yigʻilishi uni tugatish toʻgʻrisida qaror qilganligi maʻlumot uchun qabul qilinsin.
3. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasiga rozilik berilsin.
Belgilansinki:
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining kuzatuvchi kengashlari tarkibiga aksiyalarning davlatga tegishli paketlarini boshqarish boʻyicha davlat ishonchli vakillari va ushbu birlashmalarning ustav jamgʻarmalaridagi aksiyalarning katta miqdoriga egalik qiluvchi aksiyadorlar kiradi;
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ustav jamgʻarmalari tugatilayotgan paxta xomashyosini xarid qilish, qayta ishlash va paxta mahsulotlari yetkazib berish hududiy davlat-aksiyadorlik birlashmalarining mol-mulki, ularning ustav jamgʻarmasiga paxta tozalash korxonalari aksiyalarining nazorat paketlarini (51 foiz), shuningdek hududiy birlashma tarkibiga kiruvchi boshqa aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini berish hisobiga shakllantiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
2001-yil 1-avgustgacha “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ustav jamgʻarmalarini shakllantirsin, ulushlarni: 51 foiz davlat mulki, 49 foiz erkin sotishga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotishga taqsimlagan holda emissiya prospektlarini roʻyxatdan oʻtkazsin;
2002-yil 1-yanvargacha davlat korxonalari va tashkilotlarini xususiylashtirsin va aksiyalashtirsin, shu jumladan xususiy mulkka aylantirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tarkibiga kiruvchi paxta tozalash korxonalarining ustav jamgʻarmalari tarkibini belgilangan tartibda oʻzgartirsin, bunda aksiyalar paketlarining 51 foizini davlat mulki va koʻpi bilan 7 foizini mehnat jamoalari aʻzolari mulki etib biriktirib qoʻysin, aksiyalarning qolgan paketlarini erkin, shu jumladan xorijiy investorlarga sotsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-oktabrdagi 401-son qarori bilan tashkil etilgan “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” davlat-aksiyadorlik uyushmasiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari boʻyicha maxsus komissiya (Oʻ.T.Sultonov):
2001-yil 1-avgustgacha “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining taʻsis yigʻilishi oʻtkazilishini va uning ustavi belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʻminlasin;
ikki oy muddatda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ustav jamgʻarmalaridagi davlatga tegishli aksiyalar ulushlariga muvofiq ularni boshqarish boʻyicha davlat ishonchli vakillarini belgilangan tartibda tayinlash ishlarini tugatsin;
ikki oy muddatda ochiq aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlatga tegishli paketlarini tanlov asosida ishonchli boshqaruvga bersin;
bir oy muddatda “Tola bazasi” (Namangan shahri) davlat korxonasini va “Nishon tolasi” (Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani) aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining davlatga tegishli paketini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo kompaniyalariga ishonchli boshqaruvga bersin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tuzilgan shartnomalar boʻyicha tegishli ravishda “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” davlat-aksiyadorlik uyushmasining hamda paxta xomashyosini xarid qilish, qayta ishlash va paxta mahsulotlari yetkazib berish hududiy davlat-aksiyadorlik birlashmalarining huquqiy vorislari hisoblanadi;
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi 2000-yil hosili paxta xomashyosi qayta ishlanishi tugallangungacha va mahsulot tegishli ravishda sotilgungacha “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi tomonidan tuzilgan shartnomalar va kontraktlar boʻyicha majburiyatlarni bajaradi;
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasidan 2001-yil hosili uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchilarga avans berish uchun olingan mablagʻlar “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga qayta rasmiylashtiriladi;
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi oʻz faoliyatini oʻz muassislari hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ajratmalari hisobiga amalga oshiradi.
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasiga “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarini, istisno tariqasida, zarur asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, moddiy-texnika resurslari bilan shartnoma asosida taʻminlash huquqi berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga tegishli hududiy birlashmalar tarkibiga kiruvchi ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining erkin sotishga moʻljallangan aksiyalarini sotishdan olingan tushumlarning 50 foizini (operatsiyalar xarajatlaridan tashqari) tarmoq korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga yoʻnaltirishga ruxsat etilsin.
8. Belgilab qoʻyilsinki, “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasining tijorat agenti hisoblanadi.
Quyidagilar:
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi orqali avans berish va ular bilan hisob-kitob qilish sxemalari maʻqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni 3 shtat birligiga koʻpaytirilsin. Jamgʻarma tuzilmasida 1-2 tadan mintaqaviy inspektorlar lavozimi kiritilsin, ular “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining Paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi hududiy markazlariga biriktirib qoʻyilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarga avans berish va ular bilan hisob-kitob qilish tartibini oʻn kun muddatda tasdiqlasin;
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi hududiy markazlariga biriktirib qoʻyiladigan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mintaqaviy inspektorlarining bir oy muddatda tayinlanishini taʻminlasin;
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mablagʻlari maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, joylarda moliya intizomi buzilishlarini bartaraf etsin, aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishgacha qatʻiy javobgarlikka tortsin.
10. Aksiyadorlik-tijorat “Paxta-bank” ga paxta tozalash korxonalari va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining depozit va maxsus hisob raqamlari ochilishi va ular boʻyicha operatsiyalar toʻgʻri oʻtkazilishi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgarlik yuklansin.
Tayyorlov punktlari tomonidan bank hisob raqamlari ochilishi taqiqlansin. Belgilansinki, tayyorlov punktlarining xoʻjalik ehtiyojlarini taʻminlash bilan bogʻliq hisob-kitoblar paxta tozalash korxonalarining depozit hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan birgalikda eksportga yuklab joʻnatish uchun paxta tolasi turkumlarini jamlash uchun zaxira yaratish maqsadida 2001-2002-yillarda mintaqaviy paxta terminallari faoliyat koʻrsatishini tashkil etsin.
12. Kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va bajarilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan zarur nazoratni taʻminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish boʻlinmasi mustahkamlansin, respublika apparatida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida va viloyat boʻlinmalarining har birida ular xodimlari soni tegishli ravishda 2 shtat birligiga koʻpaytirilsin.
13. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari va uyushma tarkibiga kiruvchi ochiq aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha maxsus komissiya tuzilsin.
Attestatsiya komissiyasi 2001-yil 1-avgustgacha “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va uning tarkibiga kiruvchi ochiq aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazsin, shuningdek “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari raislarini va rais oʻrinbosarlarini tayinlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi Usmon Nosir koʻchasidagi 8A uyga joylashtirilsin.
15. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzdavpaxtasanoatsotish”) faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 10-noyabrdagi 517-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga  “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi korxonalariga nisbatan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 11-son, 67-modda; 2002-y., 21-son, 172-modda; 2003-y., 17-18-son, 159-modda; 20-son, 191-modda; 2004-y., 43-son, 456-modda; 2005-y., 21-son, 152-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; Qonun hujjatlari maʻlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son [11].



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling