Kirish I bob oʻzbekistonda kimyo sanoatinging rivojlanishi
Qizilqum fosforit majmuasi
Download 0.7 Mb.
|
LAYLO 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSINI RIVOJLANTIRISHNI VA SAMARQAND KIMYO ZAVODINI REKONSTRUKSIYA QILISHNI JADALLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Qizilqum fosforit majmuasi - fosforit konsentratlari ishlab chiqaradigan zamonaviy yirik konboyitish korxonasi. Boyitilmagan fosforit uni, kuydirilgan fosforit konsentrati va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqaradi. Navoiy konmetallurgiya kombinati (NKMK)ning Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri) tarkibiga kiradi.
Majmuaga Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 1997-yilda Markaziy Qizilqumdagi JeroySardara fosforit koni (mineral zaxirasi 223,9 mln. t, 100% li R2O5 miqdori 45,5 mln. t negizida Qizilqum fosforit majmuasini barpo etish toʻgʻrisidagi qaroriga koʻra asos solindi, korxona qurilishi va fosforit konini oʻzlashtirish NKMK ga topshirildi. Shu yilning oʻzida majmuaning 1-navbatini qurish va Toshkura konida fosforit rudalari qazib olish boshlandi [24; 86-88-b]. QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSINI RIVOJLANTIRISHNI VA SAMARQAND KIMYO ZAVODINI REKONSTRUKSIYA QILISHNI JADALLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA: Qizilqum fosforit konlarining mineral-xomashyo bazasi asosida qishloq xoʻjaligining fosforli oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish hamda respublika kimyo sanoati korxonalarining quvvatlarini yanada samarali ishlatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Qizilqum fosforit konlarini kompleks oʻzlashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 16-maydagi 219-son qaroriga muvofiq “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tomonidan: Qizilqum fosforit konlarini oʻzlashtirishning yillik ishlab chiqarish hajmi 400 ming tonna yuvilmagan kuydirilgan fosforit konsentrati (27% R2O5) va 300 ming tonna boyitilmagan fosfor kukuni (16—17% R2O5) boʻlgan birinchi navbati (I bosqich) amalga oshirilganligi; 700 ming tonna yuvilgan fosforit konsentrati, shundan 430 ming tonnasi yuvilgan kuydirilgan konsentrat (28% R2O5), 200 ming tonnasi yuvilgan konsentrat (18—19% R2O5) va 70 ming tonnasi yuvilgan quritilgan konsentrat (25% R2O5) ishlab chiqarish hajmiga ega boʻlgan Qizilqum fosforit kompleksining birinchi navbatini (II bosqich) kengaytirish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilganligi maʻlumot uchun qabul qilinsin. 2. “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Qizilqum fosforit kompleksi quvvatlarini bosqichma-bosqich oʻzlashtirishni jadallashtirish boʻyicha takliflari maʻqullansin. 3. “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni: boyitishning kombinatsiyalashtirilgan (yuvish, kuydirish) sxemasi boʻyicha Qizilqum fosforit kompleksi ikkinchi navbati (I bosqich) loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini olti oy muddatda qayta ishlasin va belgilangan tartibda tasdiqlasin; loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashda 2006-yilga borib kamida 1500 ming tonna fosforit konsentrati (tarkibida 28% R2O5 mavjud boʻlgan 1300 ming tonna yuvilgan kuydirilgan fosforit konsentrati va tarkibida 18—19% R2O5 mavjud boʻlgan 200 ming tonna yuvilgan quritilgan fosforit konsentrati) va tarkibida 18—19% R2O5 mavjud boʻlgan 200 ming tonna mayda fraksiyali yuvilgan fosfor kukuni ishlab chiqarish taʻminlanishini nazarda tutsin. 4. Samarqand kimyo zavodi I bosqichda (2003-2004-yillar) fosforli mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishning loyihadagi quvvatini va texnologik liniyalarini tiklagan holda mavjud sulfat kislota sexini rekonstruksiya qilishni, II bosqichda esa (2003—2005-yillar) bir yilda 70 ming tonna superfosfat ishlab chiqarilishini taʻminlash (100% R2O5) nazarda tutgan holda bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. 5. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi olti oy muddatda vakolatli ekspertiza organlari bilan birgalikda va “Mitsui” kompaniyasi ishtirokida Samarqand kimyo zavodini rekonstruksiya qilishning I va II bosqichlari loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarining qayta ishlangan variantini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 6. Quyidagilar: “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni va “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari — Qizilqum fosforit kompleksi ikkinchi navbati, shuningdek Samarqand kimyo zavodini rekonstruksiya qilish I va II bosqichlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni; eksport moliyalashtirishni sugʻurta qilish vositasida xorijiy banklarning Hukumat kafolati ostida tender asosida jalb etiladigan kredit resurslari — Qizilqum fosforit kompleksining ikkinchi navbati, Samarqand kimyo zavodini rekonstruksiya qilishning I va II bosqichlari loyihalarini amalga oshirishni mablagʻ bilan taʻminlash manbalari etib belgilansin. 7. Samarqand kimyo zavodini rekonstruksiya qilish va korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha ishlarni taʻminlash maqsadida: Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-martdagi 124-son qarori bilan berilgan kreditlarni qaytarish, shu jumladan ular boʻyicha foizlarni hisoblab yozish muddati, qaytarishni 2007-yil 1-yanvardan boshlagan holda, uzaytirilsin; Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Samarqand kimyo zavodining budjetga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga va ular boʻyicha hisoblab yozilgan penyalar boʻyicha qarzlarini hisobdan chiqarish yuzasidan takliflar kiritsinlar. 8. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qizilqum fosforit kompleksi quvvatlari ishga tushirilgunga qadar Olmaliq “Ammofos” ochiq aksiyadorlik jamiyatini va “Qoʻqon superfosfat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini, jalb etiladigan xorijiy investorlarning investitsiya majburiyatlarini hisobga olgan holda, 3 va 4-ilovalarga muvofiq rekonstruksiya qilishni belgilangan tartibda taʻminlasin. 9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qizilqum fosforit kompleksining ikkinchi navbatini qurish loyihasini, shuningdek Olmaliq “Ammofos” ochiq aksiyadorlik jamiyatini va “Qoʻqon superfosfat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini rekonstruksiya qilish loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yilgi va keyingi yillar investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritsin. 10. “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni 2006-yildan boshlab, xlor miqdorining standartlarda yoʻl qoʻyiladigan doirada boʻlishini taʻminlagan holda, fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga har yili quyidagi hajmlarda fosforit xomashyosi yetkazib berilishini taʻminlasin: Samarqand kimyo zavodiga — 200 ming tonna yuvilgan quritilgan fosforit konsentrati (18—19% R2O5), 200 ming tonna fosforit kukuni (18—19% R2O5) va 100 ming tonna yuvilgan kuydirilgan fosforit konsentrati (28% R2O5); Olmaliq “Ammofos” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga — 1050 ming tonna yuvilgan kuydirilgan fosforit konsentrati (28% R2O5); “Qoʻqon superfosfat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga — 150 ming tonna yuvilgan kuydirilgan fosforit konsentrati (28% R2O5). 11. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 8-maydagi 244-f-son farmoyishi; Vazirlar Mahkamasining “Qizilqum fosforit konlarini kompleks oʻzlashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 16-maydagi 219-son qarorining 5, 7 va 8-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin [17; 211-216-b]. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling