Kirish I bob. Qishloq xo'jaligida innovatsion texnika va texnologiyalar tadbiq etish


Download 47.08 Kb.
bet1/5
Sana20.11.2023
Hajmi47.08 Kb.
#1789028
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kirish I bob. Qishloq xo\'jaligida innovatsion texnika va texnolo




Qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar va yer resurslaridan oqilona foydalanish.

Mundarija


KIRISH
I BOB.Qishloq xo'jaligida innovatsion texnika va texnologiyalar tadbiq etish
1.1 Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash 
1.2.Innovatsion texnologiyalar yordamida qishloq xo'jaligi samaradorligini oshirish
II.BOB. Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish
2.1. Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati.
2.2. Tuproqni eroziyadan, cho`llanish, sho`rlanish, botqoqlanish va
kimyoviy zaharlanishdan muhofaza qilish
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

KIRISH
Qishloq xo'jaligining asosiy masalasi bu – qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning barqarorligini ta‘minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirib borish asosida mamlakat aholisining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom-ashyoga bo'lgan ehtiyojini qondirishdir. Bugungi kunda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan oziq-ovqat mahsulotlarining yillik iste‘moli 47,3 foizini tashkil qilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari importi yildan yilga kamayib, uning eksport hajmi sezilarli darajada ortib bormoqda.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, "Fermer va dehqonlarimiz qishloq xo'jaligida asosiy kuch bo'lib, nafaqat mazkur sohani, balki butun mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirish,xalqimizning turmush darajasini oshirish, yurtimizni har jihatdan obod va farovon qilishda beqiyos ishlarni amalga oshirayotganini bugun faxr va g'urur bilan, minnatdorlik bilan qayd etamiz".
Qishloq xo'jaligini erkin bozor iqtisodiyoti qonunlari talabi darajasida barqaror rivojlantirish uchun qishloq xo'jaligini yuritishning turli mulk va mulkchilik shakllarini va tadbirkorlik shakllarini barpo etishning zarurligi, yersuv resurslaridan samarali foydalanish, sug'oriladigan yerlar maydoni, sifati,moddiy-texnika resurslari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion texnologiyalar va ulardan samarali foydalanish, qishloq xo'jaligining asosiy va aylanma fondlari mehnat resurslari bozori, mehnat unumdorligini oshirish, investitsiyalar (kapital qo'yilmalar) bo'yicha davlatning siyosati, qishloqda servisni rivojlantirish,xarajatlarni tejash, mahsulot va xizmatlarning baholarini belgilash,raqobatbardoshligini oshirish hamda qishloq xo'jaligi korxonalarining daromadlarini ko'paytirish yo'llarini asoslab berish maqsadga muvofiqdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, "Qishloq xo'jaligini diversifikatsiya qilish, yer -suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqonlarning daromadini oshirish borasida olib borayotgan tizimli ishlarimiz ham asta-sekin o'z samarasini bermoqda".
Agrar-iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o'zgarishlar hamda diversifikatsiyalash natijasida qishloq xo'jaligida xo'jalik yuritishning bozor shakllariga o'tildi va mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning salmog'i oshdi.
Qishloq xo'jaligi korxonalarini moliyaviy sog'lomlashtirish, davlat byudjeti subsidiyalari orqali kredit tizimidan foydalanish, hosilni sug'urtalash va boshqa bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, qishloq xo'jaligining barqaror va jadal rivoji uchun bir qancha ishlarni amalga oshirish lozim. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida innovatsiyalar, zamonaviy texnika va texnologiyalar hamda xo'jaligi yuritishning yangicha shakllaridan foydalanish orqali ushbu muammoni hal etish mumkin. Shu bilan bir qatorda, qishloq va boshqa ASM korxonalari mutaxassislarining iqtisodiy tayyorgarlik darajasiga keskin talablar qo'yilmoqda. Ushbu talablarga javob berish uchun ―Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti fani bo'yicha chuqur bilimga ega bo'lish muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar yo'nalishlarining mazmun va mohiyatini yoritishda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlarga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlariga, Prezident farmon va qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asoslanadi. Agrar sohada amalga oshirilayotgan asosiy iqtisodiy munosabatlarning ahamiyati Respublika Makroiqtisodiyot va Statistika hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirliklari ma‘lumotlaridan foydalanib, jadvallar, rasmlar, diagrammalar, grafiklar yordamida yoritilishiga harakat qilindi.



Download 47.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling