Kirish I bob. Qishloq xo'jaligida innovatsion texnika va texnologiyalar tadbiq etish
Tuproqni eroziyadan, cho`llanish, sho`rlanish, botqoqlanish va
Download 47.08 Kb.
|
Kirish I bob. Qishloq xo\'jaligida innovatsion texnika va texnolo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqning sho`rlanishi
- Tuproq eroziyasi
2.2. Tuproqni eroziyadan, cho`llanish, sho`rlanish, botqoqlanish va
kimyoviy zaharlanishdan muhofaza qilish Tuproqni eroziyadan va uning hosildorligi pasayishidan muhofaza qilishda zonalararo va zonalar bo`yicha ko`pgina tadbirlar o`tkaziladi. Zonalararo tadbirlar barcha mintaqalarga taalluqli bo`lib, ular quyidagi ishlardan iborat: 1. Almashlab ekishni tashkil qilish, gidrotexnik inshootlarni barpo etish, ixota daraxtzorlarini ko`paytirish. Bu ishlarni yo`lga qo`yish ayniqsa biz yashab turgan arid sharoitda juda muhimdir. Almashlab ekishda bedaning o`rni ayniqsa salmoqli bo`lib, uning miqdori 30-35% dan kam bo`lmasligi kerak. 1950 yillargacha O`zbekistonda ekinzor yerlar odatda mayda (0,15-0,5 ga) kartalarga bo`lingan bo`lib, ularning atrofi ixota daraxtzorlari bilan o`ralgan edi. Endilikda texnika vositasi bilan yerga ishlov berishni qulay qilish maqsadida kartalar kattalashtirilgan. Lekin bundan qat'iy nazar tuproqni eroziyadan saqlash va o`simliklarni garmseldan asrash uchun ixotazorlar orasidagi masofani 500 metrdan oshirmaslik kerak. Bunda ixota daraxtlari 2-4 qator qilib o`tkazilishi kerak. Ixota hosil qiluvchi daraxtlar sifatida qayrag`och, terak, tol, shumtol, oq akatsiya, gledichiya, zarang, yong`oq, o`rik, jiyda daraxtlaridan, shuningdek mayda bargli yovvoyi jiyda, sariq akatsiya, amorfa va na'matak kabi butalardan foydalanish kerak. O`zbekiston respublikasi maydonining 64% (28,7 mln. ga) ni qumli cho`l egallashini hisobga olsak, ixota daraxtzorlarining shamol eroziyasidan va cho`ldan esadigan garmsel shamollaridan saqlashdagi ahamiyati yanada ravshan bo`ladi. Lekin shuni afsus bilan qayd etish kerakki, ixotazorlar respublikadagi sug`oriladigan yerlarning atigi 1% ni tashkil qiladi, xolos. Cho`lda yerlarni o`zlashtirish avj olgan yillarda 200 gektar maydonni egallagan 27-qatorli yoz yovon ixotazorlari va Buxoro vohasining muhofaza kamari hisoblangan ko`p qatorli shofirkon «yashil qalqoni» va shunga o`xshash ko`pgina ixotazorlar yo`q qilib yuborildi. Bunga o`xshash noo`rin ishlar talaygina bo`lib, ular o`tmishning achchiq saboqlaridir. 2. Cho`l hududlarini va o`tloqlarni o`simliklar bilan boyitishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, qumlarni zichlashda foydalaniladigan ko`p yillik o`tchil o`simliklarni almashlab ekish. 3. Adirlar va qiyalik yerlar yonbag`irlarini ko`ndalangiga ag`darib haydash. Yer nishab tomonga qarab haydalganida suv uni oson yuvib ketadi. Bunday joylarda, ayniqsa o`simlik kam bo`lgan hollarda, suv eroziyasi kuchayadi, natijada tuproqning unumdor qavati yuvilib, ona jins yer yuzasiga chiqib qoladi. Eroziya natijasida minglab va millionlab tonna tuproq yuvilib ketadi. Masalan, Don daryosiga har yili 4,7 mln. tonnagacha unumli tuproq yuvilib tushishi aniqlangan. O`rta Osiyoning tog` etaklaridagi lyoss jinslari keng tarqalgan adirlarda suv eroziyasiga uchrash oqibatida yuvilma uyiklar va jarlar hosil bo`lgan joylarni uchratish mumkin. 4.Tog` yonbag`irlarining nishab joylarida ko`pyillik o`tchil o`simliklarni ekib tuproqni suv yuvishidan saqlovchi bufer polosalar yaratish. 5.Tog` yonbag`irlarida, notekis va qumli joylarda daraxtlar va butalar ekib o`rmonlar barpo qilish. 6.Yaylovlar va tog` yonbag`irlarida chorva mollari boqilishini tartibga solish. Zonalar bo`yicha o`tkaziladigan tadbirlarga agrotexnik, o`rmon-meliorativ, gidrotexnik va tashkiliy xo`jalik ishlari kiradi. 1.Agrotexnik tadbirlar xilma-xil bo`lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) adir yonbag`irlarini ko`ndalang haydash; 2) tuproq suvni ko`proq singdirishi uchun yerni chuqur haydash; 3) o`tchil o`simlik chimlarini saqlab qolish uchun yerni otvalsiz haydash; 4) suv eroziyasiga qarshi yerlarni polosalar bo`ylab tor va chuqur tirqishlar hosil qilib haydash. Bunda moliyaviy sarf-xarajatlar kam bo`ladi, suv esa tuproq tirqishlariga oson singib ketadi; 5) ortiqcha suvlarni oqizib yuborish uchun ariqchalar qazish; 6) tekislikdagi yerlarni shamol eroziyasiga qarshi polosalar bo`ylab haydash; Bunda polosalar shamol yo`nalishiga ko`ndalang bo`lishi va ular orasi sharoitga qarab 1-100 m. gacha bo`lishi talab etiladi. 1.O`rmon-meliorativ ishlariga ixotazorlar barpo qilish kiradi. 2.Gidrotexnik ishlarga suv tuproqni yuvib jarliklar va o`pirilmalar hosil qilmasligi uchun sel oqimlarining yo`llarini aniqlab, o`sha yo`lda ariq va selxonalar qazish kiradi. 3.Tashkiliy-xo`jalik ishlariga eroziyaga qarshi qo`llaniladigan tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta'minlash ishlari kiradi. Eroziyadan tashqari tuproq unumdorligining pasayishida sho`rlanish va botqoqlanishning ham ta'siri katta. Keyingi ma'lumotlarga ko`ra O`zbekistonda sug`oriladigan maydonlarning qariyb yarmi –1748 ming gektari sho`rlangan bo`lib, shundan 0,85 mln. gektari kuchli va o`rtacha sho`rlangan. 1982 yildan keyingi un yillikda Toshkent, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida sho`rlanish biroz kamaygani holda, bu jarayon Farg`ona vodiysi viloyatlarida, Qoraqalpog`iston respublikasi, Sirdaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlarida tezlashmoqda, gipsli cho`llarning o`zlashtirilib, sug`orilishidan botqoqlanish hodisasi kuzatilmoqda. Botqoqlanish ayniqsa Sirdaryo va Amudaryoning suvlari quyilib ko`llar hosil bo`layotgan hududlarda ko`proq sezilmoqda. Sho`rlanish va botqoqlanish hodisalarini kamaytirish uchun irrigatsiya va melioratsiya ishlarini kompleks holda amalga oshirish zarur. Tuproqning sho`rini yuvishda zaxkash va tik drenajlardan yetarlicha foydalanish tuproqning sho`rlanish va botqoqlanishini kamaytiruvchi asosiy omil hisoblanadi. Tuproqning unumdorligini saqlashda organik va mineral o`gitlar hamda kimyoviy zaharlardan to`g`ri foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Chiritilmay tuproqka kiritilgan organik o`gitlar uni qisman bo`lsada ifloslaydi, undagi kasal tarqatuvchi mikroorganizmlar dehqonchilik mahsuloti vositasida hayvon yoki inson organizmiga tushishi mumkin. Tuproqning agrokimyoviy holatiga e'tibor bermasdan mineral o`gitlarni kiritish esa tuproqdagi ba'zi minerallar miqdorining haddan oshib ketishiga va aksincha boshqalarining yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Ko`pgina mamlakatlarda ekinlarning hosildorlik darajasi kimyoviy zaharlarning qo`llanilishiga bog`liq bo`lib qolmoqda. Ekinlarga pestitsid va gerbitsidlarning sepilishi ularning hosildorligini keskin oshiradi. Ammo bu moddalarning me'yoridan ortiq ishlatilishi ekinlar mahsulotini iste'mol qiluvchi hayvonlar va inson sog`ligi uchun zararlidir. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda dehqonchiligidan yetishtiriladigan mahsulotlarda «ekologik toza» degan maxsus belgining quyilishi bejiz emas. AKSH, Angliya va Frantsiyada ekologik toza mahsulotlar fermerlarning kimyoviy zaharlar ishlatilmaydigan alohida maydonlarida yetishtirilgan bo`lib, ular o`zining mazasi va narxi balandligi, ya'ni qadrlanishi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Bu va shunga o`xshash dalillar tuproq biokimyoviy tarkibining inson salomatligi uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligidan dalolatdir. Tuproqning sho`rlanishi – tuproqqa suv va chang bilan kelib qo`shiladigan tuzlar miqdorining ularni o`simliklar o`zlashtirishi miqdoridan ortib ketishi. Bu hodisa ko`proq quruq iqlimli zonalarda uchraydi. Tuproqning cho`llanishi – o`simliklar qoplamining keskin kambag`allashib, tuproqning yanchilishi va payhon qilinishdan uning strukturasi mayinlashib, yalang`och ko`chmanchi qumlar paydo bo`lishi. Bu hodisa quruq iqlimli hududlarga xos. Tuproq eroziyasi – tuproq ustki qatlamining yemirilishi, uning suv bilan yuvilib ketishi (suv eroziyasi) yoki shamol bilan ko`chib ketishi (shamol eroziyasi). Download 47.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling