Kirish I. Bob. Sanoat korxonalarida innovatsion faolyat samardorligini oshirish mexanizimi
Download 0.53 Mb.
|
Sanoat korxonalarida sifatni boshqarish samaradorligini 22222222222222
3.2.“Odinaxon Esonova” oilaviy korxonasining moliyaviy-iqtisodiy holati tahlili.
Bozor munosabatlari sohasida har qanday xo’jalik yurituvchi tadbirkorlik sub’ektning o’z tasarrufidagi barcha resurslar hamda samaradorligini to’g’ri boshqarishni ta’minlashi zarur. Ammo ko’pgina korxonalar iqtisodiy mustaqillik ichki va tashqi bozorda bitimlar tuzish huquqini qo’lga kiritganlaridan so’ng xo’jalik yuritishning yangi sharoitlariga tayyor emasliklari ayon bo’ladi. Biz “Auto “Odinaxon Esonova” oilaviy korxonasi hisoboti ma’lumotlaridan foydalangan holda faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini tahlil qilishga harakat qilamiz. Mezon maqsadli ko’rsatkich hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkich yordamida korxona qay darajadagi raqobatbardoshlikka erishganligini aniqlash mumkin. Jadval ma’lumotlaridan shuni xulosa qilish mumkinki, “Odinaxon Esonova” oilaviy korxonasid soliq to’langungacha foyda rejaga nisbatan haqiqatda 117193 ming so’mdan 153547 ming so’mga (+31%)ni tashkil etsa-da, mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda 2020-yil 471640 ming so’mdan 2021-yilga kelib 368107 ming so’mga ya’ni (-103533ming so’mga ya’ni) 22% ga kamaygan. 2020-yilga nisbatan 2021-yilda davr xarajatlari -138629 ming so’mga kamayganligi bu korxona uchun yaxshi ko’rsatkich, lekin boshqa operatsion xarajatlar 3,5 barabarga ko’payganligini ko’rishimiz mumkin. Yordamchi faoliyatdan olingan daromad hisobiga, foydadan soliq rejaga nisbatan 6,3% o’sgan xolos. 2021 yilga nisbatan 2022 yilda sof foyda hajmi +32445 ming so’mga (kutilganga nisbatan +58,7% ga ko’paygan. Demak, firmada foydani oshirish yuzasidan ichki rezerv mavjudligi va ulardan oqilona foydalanganligi sababli rentabellik rejada 32,8%dan ko’zda tutilgan haqiqatda 70,3% ga yetdi, 2 baravarga ortgan deyish mumkin. Shakllangan moliyaviy ko’rsatkichlar esa, korxonaning iqtisodiy holatiga, salohiyatiga baho bo’la oladi. Ayniqsa, sotilgan (mahsulotlar) tovarlar 2021 yilda 2115,00 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2022 yilga kelib, 4500 ming so’m ya’ni,(+ 2385 ming so’mga) ya’ni 2 baravarga oshganligini kuzatishimiz mumkin. Natijada, korxonaning sof foyda ko’rsatkichida ham bu holat o’z aksini topgan Jumladan, sof foyda 2015 yilda 1780,40ming so’m, 2016 yilga kelib, 22170,00 ming so’mnitashkil qilgan ya’ni (+203896 ming so’mga) sezilarli o’sgan.Lekin,bozor iqtisodiyoti sharoitida malakali tadbirkor-boshqaruvchilarning maqsadi–kam sarf-xarajat qilib ko’p foydaga erishishga harakat qilishi zarur. 2021 yilga nisbatan davr xarajatlarining 2383,50 ming so’mdan 2022 yilda 28901,60 ming so’mga yetganligini, ayniqsa, operatsionva ma’muriy xarajatlarning ko’payganligini ko’rishimiz mumkin. 2022 yilda sof foyda ko’payganligi bilan xarajatlar miqdori ko’paygan. Shunga qaramay,korxona rentabelligi o’tgan yilgiga nisbatan 2 % ga oshgan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling