Kirish i-bob sinfdan tashqari o’qish jarayonida bolalar adabiyotidan foydalanish
Download 52.78 Kb.
|
3 sinf o’qish darslarida ertaklarni o’rganish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-BOB BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARINI TASHKIL ETISHNING METODIK ASOSLARI…………..
- III-BOB SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA ERTAKLAR USTIDA ISHLASHNING AHAMIYATI VA USULLARI……………………
MUNDARIJA KIRISH..................................................................................................................3 I-BOB SINFDAN TASHQARI O’QISH JARAYONIDA BOLALAR ADABIYOTIDAN FOYDALANISH…………………………………………... 1.1 Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga tayyorlash..........................7 1.2 Sinfdan tashqari o’qish, o’qish samaradorligini oshirish………………..….10 II-BOB BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARINI TASHKIL ETISHNING METODIK ASOSLARI………….. 2.1 Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi……………………………………….14 2.2 Sinfdan tashqari o’qish darslarida suhbat…………………………………..18 III-BOB SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA ERTAKLAR USTIDA ISHLASHNING AHAMIYATI VA USULLARI…………………… 3.1 Ertaklarning janr xususiyatlari va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati…………….26 3.2 Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida turli janrga mansub asarlar o‘qib o‘rgatish…………………………………………………………………………30 XULOSA.............................................................................................................32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.............................................................34 KIRISH Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. “Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi.” O‘zbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir. Bu, avvalambor, ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo‘naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog‘liq ekanini biz yaxshi anglaymiz. 1997 yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi samarasida mazkur soha tubdan isloh qilindi, zamonaviy uzluksiz ta’limtarbiya tizimi yaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. Chunki yoshlar – bizning kelajagimiz. Bu sohadagi davlat siyosatini yanada chuqurlashtirish uchun yaqinda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Bularning barchasi bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Yoshlarimiz biznes, ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va sport sohalarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishiga katta ishonch bag‘ishlaydi. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o’rganish, o’zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ushbu vazifani bajarish uchun yoshlarimiz ajdodlarimiz merosini ular qoldirgan manbalar orqali o‘rganishlari, ko‘proq kitob o‘qishga, bilimlarni asl manbalardan oliishga harakat qilishlari zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilning 12 yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi1 bu mavzuning dolzarb ekanligini tasdiqlaydi. Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni oittiradi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarni kitobga, badiiy asarlarga qiziqishini uyg‘otish maqsadida, ularni ongli kitobxonlar bo‘lib yetishishlari uchun turli janrdagi asarlar bilan tanishtirib boriladi. O‘zbek xalqining boy madaniy me’rosi bo‘lmish xalq og‘zaki ijodi namunalari kichik maktab yoshidagi kitobxonlar uchun ulkan ma’naviy-ma’rifiy manba hisoblanadi. Xalq ertaklari bu o‘rinda alohida ahamiyatga ega. Mana shu asarlar yordamida o‘quvchilarda tarbiyaviy jihatlarni takomillashtirib borish zarur. Sinfdan tashqari o‘qish darslariga to‘laqonli dars sifatida qaralib, o‘tilgan asar yuzasidan suhbat, viktorinalar o‘tkazish, asarni tahlil qilish, g‘oyasini ochib berish, qahramonlarning hatti-harakatlarini muhokama qilish; bular asosida vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, insonparvarlaik g‘oyalarini o‘quvchilar ongiga singdirib borish zarurligi bizning mavzuimizning dolzarbligini belgilab beradi. Xalq ertaklari mazmunida ijtimoiy, iqtisodiy maishiy hayotning hamma masalalari o’z ifodasini topadi, desak xato bo’lmaydi. Boshlang‘ich sinflarda bu janrda yaratilgan asarlarni o‘rganish, g‘oyasi, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o‘quvchi ongiga chuqurroq singdirish uchun o‘qish darslari bilan chegaralanib qolmay, balki sinfdan tashqari o‘qish darslarida ham ishlash zarur. Sinfdan tashqari o‘qqish darslarida ertaklarni ustida ishlashni ko‘rsatib bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi hisobanadi. 2 Qo‘yilgan maqsadga erishishda quyidagi vazifalar belgilandi: - boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarining maqsadi, vazifalari va ahamiyatini o‘rganish; - sinfdan tashqari o‘qish darslarining hajmi va ularga qo‘yilgan talablar bilan tanishish; - sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etish usullari va shakllarini o‘rganish; - sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar ustida ishlash tizimi va usullarini ko‘rsatib berish; - ertak janri va ertaklarning turlarini o‘rgani; - boshllang‘ich sinflarda ertak ustida ishlash tizimini ko‘rsatish; - sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar yordamida o‘quvchilarda vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, insonparvarlaik tuyhularini shakllantirish. Sinfdan tashqari o‘qish darslarini samarali tashkil etish. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar ustida ishlash. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, davlat hujjatlari, shuningdek, boshlang`ich ta`lim bo`yicha Davlat ta`lim standartlari, “Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasi”, ona tilidan o`quv dasturlari, maktab darsliklari, boshlang`ich sinflarda maktab darsliklarini yaratish mezonlari, pedagogika, psixologiya va ona tili o`qitishning nazariy asoslarini tashkil etadi. Boshlang‘ich sinf sinfdan tashqari o`qish darslarida ertaklarni tahlil qilishga doir nazariy va metodik adabiyotlarni o`rganish va ular asosida darslarni tashkil etish.. Shundan iboratki, mavzuni yoritish jarayonida sinfdan tashqari o‘qish darslarining maqsadi va vazifalarini, tizimini, davlat ta’lim standartlari tomonidan sinfdan tashqari o‘qish darslariga qo‘yilgan talablarni o‘rganib chiqdik va o‘z ishimizda bayon etdik. Shuningdek, sinfdan tashqari o‘qish darslarida darsliklarda va turli to‘plamlarda berilgan ertaklar yordamida o‘quvchilar ijlbiy fazilatlarni tarbiyalashni bayon etdik. Ishda bayyon etilgan fikrlar qo‘llanma sifatida sinfdan tashqari o‘qish darslarida ishlatilishi mumkin. Ishning tarkibi kirish, 3 bob va xulosa qismlaridan iborat. Download 52.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling