Kirish i-bob. Til va ong haqida umumiy tushuncha
II-BOB. TIL VA UNING VAZIFASI. TILNING TA’RIFLARI
Download 58.37 Kb.
|
REJA
II-BOB. TIL VA UNING VAZIFASI. TILNING TA’RIFLARI
2.1 Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi haqida “Til ham ong kabi qadimiydir, til amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham mavjud bo’lgan va xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo’lgan ongdir, binobarin, til ong kabi boshqa kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji zarurligi tufayli paydo bo’lgan” Shunday qilib, til ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til faqat jamiytda, odamlar orasida mavjud bo’ladigan ijtimoiy quroldir. Tilning taqdiri uning yashashi, rivojlanishi faqat shu tilda gaplashuvchi jamiyatga bog’liq. Til jamiyat bilan paydo bo’lganidek, jamiyat bilan birga o’ladi. Yuqorida lotin, sanskrit tillari esga olinib o’lik tillar deb aytilgandi, chunki bu tillarda gaplashadigan, uni o’z ona til deb hisoblaydigan xalq yo’q, hozirgi kunda bu tillarning lug’at tarkibi, tovushlar majmui, grammatikasi bor, ular to’g’risida fikr yuritish, boshqa tillar bilan qiyoslash mumkin. Ammo bu tillarda rivojlanish yo’q, qadimdan qanday bo’lsa, hozir ham shunday va shundayligicha qolaveradi. Tilning paydo bo’lishi masalasi –til qachon va qayerda paydo bo’lgan, dastlab nechta til bo’lgan, u yoki bu tillar qanday bo’lgan va shu kabi savollarga hali ilmiy asoslangan mukammal javob topilgani yo’q. Bu xususda ilmiy taxminlar mavjud xolos. Ba’zi olimlarning fikricha, til taxminan besh yuz ming yillar ilgari paydo bo’lgan. Ma’lumki, til boshqa narsa va hodisalar singari o’zgaruvchandir. Shunday ekan, besh yuz ming yil ichida tillarda qanday o’zgarishlar sodir bo’lganini tasavvur qilish, uni ilmiy, ham amaliy, ham nazariy nuqtai nazardan o’rganish mumkin emas. Til taraqqiyotining yozuv paydo bo’lishidan avvalgi holati biz uchun qorong’idir. Biz faqat yozuv paydo bo’lgandan keyingi davrda ro’y bergan til taraqqiyoti to’g’risida yozma yodgorliklardan foydalanib, fikr yuritishimiz mumkin. Lekin yozuv paydo bo’lgandan keyingi tilni o’rganish tilning paydo bo’lishi to’g’risidagi muammoni yoritishga imkon bermaydi. Shunday bo’lsa ham, ba’zi olimlar bu masalaga o’z munosabatlarini, fikrlarini aytib o’tishgan. Qadimgi Yunonistonda faylasuflar tilni qay tarzda kelib chiqqanligi ustida uzoq davr qizg’in bahs yuritganlar. Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, bu masalada grek faylasuflari bir-biriga zid ikki xil farazni o’rtaga tashlagan. Demokrit va boshqalar (asrimizgacha bo’lgan 460-370- yillar) tilda narsa nomi bilan narsa orasida hech qanday bog’lanish yo’q, bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan, demak, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikrni ilgari surishgan. Bu guruh olimlar anomalistlar deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh olimlar (asrimizgacha bo’lgan 427-347- yillar) narsa bilan uning nomi orasida muayyan bog’lanish bor. Bu bog’lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqqan va bu bog’lanish ilohiy kuch tomonidan o’rnatilgan, degan fikrni ilgari surishgan. Tarixda bu oqim anologistlar deb nom olgan. Hozirgi tilshunoslik nuqtai nazaridan qaralsa, narsalar bilan ularning nomi orasida, umuman olganda hech qanday bog’lanish yo’q. Bu ko’pchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Chunki narsa bilan uning nomi orasida bog’liqlik bo’lganda tillarning soni 5000 dan ortib ketmasdi. Marksistik ta’limotga ko’ra-til insoniyat ijodi, ijtimoiy mehnat mahsulidir. Tilning uch asosiy elementi bir halda faqat nutqda reallashadi. Nutq yo’q vaqtida ularning taqdiri nima bo’ladi? Nutqdan oldin va keyin til elementlari xotirada saqlanadi, ya’ni nerv markazlarida ichki qobiliyat, potensial imkoniyat tarzida mavjud bo’ladi. Masalan, biron sabab bilan gapirish qobiliatini yo’qotgan kishi tilni yo’qotmaydi. Buni shundan ham bilsa bo’ladiki, bu so’zlovchining gapigaa monesiz tushunadi va unga tildan boshqa vositalar bilan, chunonchi, imo- ishoralar bilan ham javob beradi. Gapirish qobilyatini yo’qotgan kishida so’zlar yordamida suhbatdoshiga javob berish , ya’ni o’z fikrini so’z bilan bildirish yo’q, xolos. Bunday kishi o’z xotirasida so’zning artikulyatsion (talaffuz etilishi) va akustik (eshitgandagi) obrazlarini saqlaydiyu, biroq nutq organlari yordamida so’zning artikulyatsion akustik obrazini yangidan real faktga, tovushlar signaliga aylantira olmaydi. Faqat mana shu kamchilikka qarab uni tildan ajralib qolgan kishi deyish sira ham mumkin emas. Binobarin, til aytilib, gapirilib turgan narsagina emas, degan xulosa chiqadi. So’zlar, grammatik qoidalar va fonetik vositalar yig’indisi ma’nosida til, hammadan burun, psixik (kishining ruhiy faoliyatiga doir) faktdir. U shuning uchun psixik hodisaki, uning elementlari (so’zlar, grammatik vositalar va boshqalar) har bir kishining xotirasida akustik obrazlar sifatida saqlanadi. Ayni zamonda, har daqiqada til normal kishilarda artikulyatsion –fiziologik hodisaga aylanishga tayyor turadi. Chunki u nutq organlarining ishi natijasida psixik hodisadan real faktga –material qobiqqa ega bo’lgan tashqi bir vositaga aylana oladi. Tilning boshqa ob’ektiv xususiyati bo’lmasa, demak, til hali aytilmagan, gapirilmagan potensial imkoniyat, xolos. Tilni shu xilda psixik hodisa deb baholashning bir katta kamciligi bor. Bu kamchilik shundan iboratki, yuqoridagi fikr butun elementlari bilan xotiradagina mavjud bo’lgan narsadan qanday qilib tovush materiasidan iborat bo’lgan real nutq hosil bo’ladi, degan savolga javob bermaydi. Xotirada saqlangan so’zlar, morfemalar, fonemalar obrazidan nutq tuziladi, deb hisoblanadigan bo’lsa, xotiradagi hodisa bilan real nutq orasida yana bir narsa bo’lishi lozim. Shu narsa tufayli potensial imkoniyat real nutqqa aylanadi. O’sha oraliqdagi narsa nima? Psixik hodisa bilan real nutq orasidagi oraliq hodisa xotiradagi til elementlarining nutq tuzish vaqtida talaffuz orqali ro’yobga chiqariladigan real ekvivalentlaridir. Demak, xotiradagi til elementlarining obrazlari nutq faoliyati vaqtida real elementlarga aylanadi. Zotan real elementlar aslida birlamchi bo’lib, ularning ongdagi obrazlari ikkilamchidir va ular real elementlar tufayli hosil bo’ladi. Shunday qilib, til ikki xil " material" orqali mavjud. 1. Psixik " material". Bu - so'z, morfema va fonemalarning xotiradagi obrazi bo'lib, bu obrazlardan tashkil topgan til potensial imkoniyat sifatida " ichki" til deb atalishi ham mumkin. Biroq uni " ichki" nutq bilan aralashtirmaslik kerak. 2. Moddiy material. Bu - nutq yaratsih chog'ida belgili tovush qobig'iga ega bo'lgan real talaffuz qilinayotgan so'zlar, morfemalar ( allomorflar) va tovushlar ( fonemalarning variantlari - allofonlar) dan iborat. Real nutq real til elementlaridan tashkil topadi va real til elementlariga bo’linadi. Xuddi tosh yoki ganj haykal uchun, yog’och stol uchun material bo’lganidek, real til elementlari ham nutq uchun materialdir. Masalan, ertalab kuchli shamol turdi gapi real nutq sifatida talaffuz qilingan real tovush materiyasiga ega. Uni erta-la-b kuch-li shamol tur-di kabi so’z va morfemalarga ajratish real til elementlariga ajratish demakdir. Ammo ajratishdan hosil bo’lgan har bir element o’sha nutq o’tib ketganidan keyin o’z materiya qobig’ini yo’qotib, ma’lum obrazlar sifatida doimiy ravishda xotirada saqlanadi. Xotiradagi bu elementlar endi moddiy hodisa bo’lmay, psixik hodisadir. Psixik hodisadan esa lozim bo’lganida nutq organlarining faoliyati tufayli yana moddiy hodisa hosil qilish mumkin. Tilni mana shunday ikki jihatdan qarab baholagandagina uni materialistictik pozitsiyada turib tushunib va bundagi dealektikani tasavvur qilish mumkin. Aks holda, ya’ni til faqat ichki imkoniyat, potensiyal deb hisoblanganida beixtiyor idealizmga qarab ketiladi. Psixik hodisa bo’lgan davrda ham, moddiy holda harakat qilganida ham uni ifodalaydigan til terminining ma’no hajmi keng, umumiydir. Tilning mohiyati, umuman olganda, murakkab: u tabiiy xususiyatlar bilan ijtimoiy xususiyatlarni o’zida birlashtiradi. Shuning uchun tilga bu xususiyatalrni aks ettiradigan, umumlashtiruvchi ta’rif berish lozim. Chunonchi: til ma’no bilan bog’lahgan akustik-artikulyatsion birliklar yoki ularning psixik obrazlaridan tarixiy yo’sinda tahskil topgan ijtimoiy aloqa vositasidir. Til o’z strukturasiga ega bo’lgan nutq faoliyati materiali bo’lganidan, uning ichki va tashqi xususiyati bor. Til ichki jihatdan bir muncha tabiiy xarakerli bo’lsa, tashqi jihatdan, ya’ni bir butun sifatida, ijtimoiy xarakterlidir. Nutq tobushlari tilni artikulyatsion-fonetik yoki grafik ob’ekt qilib qo’yadi. Artikulyatsiya ( talaffuz harakati) tufayli til fiziologiya bilan, tovushlarning eshitilgandagi va grafik xususiyatlari tufayli til fizika bilan bog’langan bo’lib, shu aloqa tilni tabiiy hodisaga yaqinlashtiradi. Tovushlarni yozuv orqali ifodalashtilning fonetik xususiyatiga yordamchi bir vosita bo’lib, u ko’rish organlariga ta’sir qiladi. Ma’lumki, nutq organlarining harakati va qo’lning yozish harakati eshitish va ko’rish organlariniing sezishi va ularni idrok qilish insonnig tabiiy qobiliyatidan kelib chiqadigan tabiiy xususiyatlardir. Shuning uchun ham tilning tabiiy xususiati, asosan, uning fonetik tomoni bilan bog’lanadi. Shunday qilib, tilning tabiiy hodisalagi, birinchidan, til strukturasiga xos narsa bo’lib, ikkinchidan, tilning butun bir sistemasiga xos bo’lmay, bu sistemaning faqat bitta birligiga –fonetikagagina taalluqlidir. Demak,tilga ta’rif berilganida uning tabiiy, moddiylik xususiyatini hisobga olish bilan birga, uni butun til sistemasiga nisbatan umumlshtirish ham yaramaydi. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi uning kollektivda, jamiyatda yaratilganligi va unga fikr ifodalash, aloqa vositasi sifatida xizmat qilishidadir. Tilning ijtimoiy xususiyati tabiiy xususiyatidan printsipial farq qiladi. Bu farq shundaki, til faqat butun bir sistema sifatidagina ijtimoiy funksiya bajaradi. Uning ayrim birliklari –fonemalari ham, yakka so’zlari ham, grammatik vositalari ham o’z hollaricha kishilarning borliq haqidagi hukmlarini ifodalay olmaydi –nimanidir tasdiqlay yoki inkor qila olmaydi. Tilning elementlari butun til sistemasi ichidagi “ichki funksiya” nigina bajaradi. Masalan, fonemalar ma’lum sharoit va pozitsiyada ma’no ajratadi, morfemalar so’z formasi ichida funksional qsimlar sifatida qo’llanadi, so’zlar gapda gap bo’lagi vazifasini-grammatik ega, kesim yoki ikkinchi darajali bo’laklar vazifasini bajaradi. Tilning funksiyasini uning faqat bitta elementigagina asoslanib belgilash mumkin emas. Tilni ishoralar sistemasi deb hisoblash kerakmi, yo’qmi ekanligi ham xuddi shunday masalalardan biri. So’z hamma vaqt ham tovush va ma’nodan iborat bo’lgan butunlik deb hisoblanmagan. Ko’pincha, so’z deganda tovush kompleksining o’zigina anglanib, uni til ma’nosida ham tushunganlar. Shuning uchun, modomiki, so’z tovush kompleksidan iborat bo’lgan ishora ekan, demak, til ham ishoralar sistemasidan iborat, degan xulosaga kelingan. Bu fikr antik dunyo mutafakkirlaridan meros bolib, hozirgacha ham saqlanib kelyapti. Masalan, “Til bilan ifodalash, -deb yozadi Aristotel, - aslida ruhiy taassurot uchun ishoradir…” Bu ta’limotning asosida ma’nodan xoli bo’lgan so’z masalasi yotadi. Aks holda, ya’ni ma’no bilan birga olinganida, ishora so’zning so’zning o’zi bo’lib chiqadi. Bu yerda esa ishora so’zdan ma’noni olib tashlagandan qolgan narsadir. Tilshunoslikda ma’nodan ajratilgan ishoralar bilangina shug’ullanish mumkin emasligi avval aytib o’tildi. Masalan, ishora qatoriga, so’zdan tashqari, tabiatiga ko’ra morfemalarni ham kiritish mumkin. Ammo morfemalar birinchi navbatda ma’noga ko’ra ajratiladi. Demak, ma’nodan ajratilgan “sof” ishora bilan amal qilb bo’lmaydi. So’zlarnigina hisobga olgan holda tilni ishoralar sistemasi deb baholanishning ikkinchi kamchiligi shundaki, tilning muhim elementlaridan bo’lgan fonema va grammatik qoidalar e’tibordan chetda qoladi. Til “tashqi” jihatdan ham moddiy, ham psixik hodisa. Uning moddiyligi –novush materiyasi bo’lsa, psixik hodisalagi xotirada saqlanish xususiyatidir. Tilning ijtimoiy funksiyasi moddiylikda ko’rinadi. Tarixiy materializm ob’ektlarini materialistik asosdan, ya’ni moddiy sabablar asosidan keltirib chiqaradi. Tildagi moddiylik so’z, so’z birikmasi va morfemalarning tovush materiyasiga o’ralganligida namoyon bo’ladi. Xuddi shu xususiyat tildan ijtimoiy maqsadda foydalanish imkoniyatini beradi. O’rta Osiyoning ulug` olimlaridan biri Abu Nasr Forobiy “Baxt saodatga erishuv haqida” degan falsafiy asarida “… inson insoniy kamolotga erishuvi uchun so’zlashga muxtojdir, har bir inson tabiatida boshqa bir inson yoki ko’pchilik bilan munosabatda bo’lish, o’zaro aloqa qilish xususiyati bor”, deydi. Tilning inson uchun aloqa vositasi ekanligi va shu bilan boshqa hayvonot olamidan ajralishi haqidagi fikr an’anaviy formulaga aylanadi. Yevropada Uyg’onish davrining dastlabki davri mashhur namoyondasi Dante XIV asrda til fikrni bir biriga tushuntirish uchun insongagina kerak,degan bo’lsa, O’rta Osiyoning mutafakkuri va shoiri Alisher Navoiy XV asrda: Insonni so’z ayladi judo hayvondin, Bilkim, go’hari sharifroq yo’q andin, deb yozdi. Konkret bir xalq yoki millat tili ma’nosida til ikki hil ijtimoiy vazifani bajaradi: bir tomondan, kollektiv a’zolari orasidagi o’zaro aloqa uchun xizmat qilib, ularni birlashtiradi. Demak, u aloqa hamda birlashtirish vositasidir. Ikkinchi tomondan, til turli jamoalarning bir- birlaridan ajralib turishlarini ta’minlaydi. Msalan, tojiklar o’zbeklardan, qozoqlar qirg’izlardan, koreyslar yaponlardan birinchi galda o’z tillarining har hil bo’lishi tufayli ajraladi. Demak, bu ma’noda til ajratish qurolidir. Tilning birinchi vazifasi xammadan ahamiyatli bo’lib, jamiyatning tarixiy taraqqiyotiga bevosita aloqadordir. Download 58.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling