Kirish I bob


Magnoliyaning ekilish mintaqalari


Download 43.58 Kb.
bet3/9
Sana19.02.2023
Hajmi43.58 Kb.
#1214769
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Magnoliya — копия

1.2. Magnoliyaning ekilish mintaqalari
Magnoliya bizga Sharqdan kelgan, u yerda u haqida ko'plab afsonalar va ertaklar mavjud. Ular tufayli u poklik va fidoyilik timsoliga aylandi, u rasmlarda tasvirlangan, u haqida she'rlar yozilgan. Shuning uchun bu gul kosmetologiyada alohida o'rin tutadi.
Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikaning janubi-sharqi hamda Markaziy Amerikada 80 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda 3 turi manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Shundan yirik gulli Magnoliya doim yashil manzarali daraxt sifatida tarqalgan. Oʻzbekistonda oʻstiriladiganining bargi kuzda toʻkiladi. Boʻyi 10–13 m oraligʻida. Barglari ellipssimon yoki tuxumsimon, yaltiroq, bandli, ketma-ket joylashgan. Gullari yirik, oq, xushboʻy, yakka. Bargi tarkibida efir moylari, glyukozidlar, poʻstlogʻi va ildizida alkaloidlar bor. Magnoliya katta gullarga ega bo'lishi bilan ajralib turadi 5-10cm diametri bo'yicha, juda bezakli. Ular qattiq sovuqqa chidamli va to'g'ridan-to'g'ri quyoshdan himoyalangan joylarda yaxshi o'sishi mumkin. Uning o'sish sur'ati ancha sust.
Bu o'simlik Amerika Qo'shma Shtatlaridan, bundan tashqari, juda kuchli manzarali o'simlik bo'lgan sifatlari va go'zalligi tufayli dunyoning turli burchaklarida yuqori baholanadi. Biroq, har qanday tur singari, bu o'simlik ham juda katta zarar yetkazishi mumkin bo'lgan kasalliklarni yuqtirishi mumkin.
. Bu daraxtlar Shimoliy Amerikaning janubiy tumanlarida va Janubiy-Sharqiy Osiyoda tarqalgan bo‘lib, uning 30 ga yaqin turi uchraydi. Ushbu daraxtni Osiyo hududida 269 uchraydigan turlarining bargi to‘kiladi. Shimoliy Amerikada o'sadigan turlarining barglari esa doimo yashil bo'ladi. MDH da Qrimda, Kavkazbo‘yi va 0 ‘rta Osiyoning janubidagi ayrim hududlarda, xususan Toshkentdagi «Botanika bog‘i» hamda boshqa istirohat bog'larida o‘stirilmoqda. Magnoiiya daraxtining guli yirik va xushbo‘y bo‘ladi. Yakka-yakka bo‘ladigan yirik-yirik gullarining diametri 10 sm ga boradi va bundan ham oshadi. Gulo‘mi cho‘ziq konussimon shaklda bo‘lib, unda gulqo‘rg‘onning 6-12 ta nim rang, yirik-yirik, xushbo‘y bargchalari uch a’zoli doira bo‘lib turadi, o‘sha bargchalardan so'ng spiral holda bir qancha changchilari o‘mashgan. Har qaysi changchida serbar chang ipchasi bor, bu ipcha uchi changdonlar ustidan koe tarilib turadigan bog‘lamaga o‘xshab yaxshi ko‘rinib turadi. Changdonlar cho‘ziqroq bo‘lib, bog1'lam atrofida joylashadi. Shunday qilib, changchi kambar gulbargiga birmuncha o'xshab ketadi. Gul o‘minmg kamida 2/3 bo‘lagini, yuqori qismini ginetsey egallagan. Sipiral holda joylashgan talaygina meva bargchalarining har qaysisi mustaqil urug‘chi hosil qiladi, shu bilan birga, o‘rta tomiridan bo‘kilib turadigan meva bargchasining chetlari bir-biriga qo‘shilib ketadi va shu tariqa yuzaga kelgan bir uyali tugunchadan ko‘pincha ikkita urug‘kurtak joy oladi (magnoliyalarning ba'zi turlarida urug‘kurtaklar ko‘proq - 6 donacha bo‘ladi). Urug‘chining ustunchasi yo°q, shunga ko‘ra og‘izchaning chang ushlaydigan yuzasi meva bargchasining chetida, yuqori qismida turadi. Gullash tamom bo‘lgandan keyin gulqo‘rg‘on bargchalari bilan changchi tushib ketadi, ulaming o‘mi esa, chuqurcha-chuqurcha bo‘lib qoladi; gul o‘mi qalinlashadi va urug‘chilardan kulrang tukli bir talay bargsimon meva hosil bo‘ladi, ular qorin chokidan ochiladi. Shu mevalar bo‘yi 5-7 sm va undan ko‘proq keladigan cho‘ziqroq “qubba” hosil qiladi. Pishib etilgan urug‘lari qizil rangda bo'ladi va etdor po‘st bilan qoplanib, ipdek uzun-uzun bandidan pastga osilib turadi.4 Lola daraxti (Liriodendroti) turkumi. Bo‘yi 40 m bo4 lib, Shimoliy Amerika va Xitoyda o‘sadi. Barglari yirik va uzun bandli bo‘lishi bilan magnoliyadan farq qiladi. Guli yirik lolaga o‘xshaydi. Gulqo‘rg‘oni uch qavat, ranggi ko‘kimtir-sariq. Lola daraxti Amerikada «oq terak» deb ataladi. Uning oq va yumshoq yog‘ochidan har xil buyumlar yasaydi, MDH ning subtropik zonalarda 270 manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Magnoliyagullarining boshqa vakillaridan lola daraxtini (Liriodendron) ko‘rsatish kerak. Bu daraxtning gullari sirtdan lolaga birmuncha o‘xshaydi-ku, lekin ranggi loladek ochiq bo‘lmaydi. 0 ‘ziga xos shakldagi barglarining uchlarida o‘tkir to‘rt pallasi bo‘lib, ular kertikli boMadi. Lola daraxtining yog‘ochi asboblar tayyorlash uchun juda bop. Bizda, masalan, Qora dengiz bo‘ida dekorativ daraxt o‘mida o‘stiriladi. Osiyoda, jumladan, Amur-ussuriya o‘ikasi o‘rmonlarida limonnik (Schisandra chinemis) uchraydi, bu o ‘simlikning mevalari kuchli qo‘zg‘atadigan va quwatga kirgizadigan bo‘ladi. Xitoyda o‘sadigan magnoliyaning mevalari «yuldizsimon» degan turi dorivor o‘mida ishlatiladi. IUicium anisatum degan boshqa turning mevalari-zaxarlidir. Magnoliyagullarining ko‘pchiligi manzarali o‘simliklar sifatidada o‘stiriladi. Magnoliyagullar oilasi eng qadimgi o‘simliklardan biridir, bo‘r davriga taailuqli qazilma qoldiqlar shundan guvohlik beradi. Oddiy novdaga xos ko‘pgina belgilari saqlab qolgan oddiy tuzilishli gullar, shuningdek, boshqa morfologik belgilar bu oilaning qadim zamonlardan qolganligiga mos keladi. Bundan tashqari, magnoliyagullarining ba’zi vakillarining (Drimus) yog‘och qismida suv naylari yo‘q, shunga ko‘ra suv o‘tkazuvchi elementlar hoshiyador teshikchali traxeidlardangina iborat bo‘ladi, shu tufayli bulaming yog'och qismi nmabargUlaming yog’och qismiga juda o‘xshab ketadi. Asosan, tropik mintaqalarda tarqalgan bir nechta oilalar magnoliya gullilar oilasiga yaqin turadi. Lavrlar (Lauraceae) oilasi. Lavrlar oilasi ancha katta oila bo‘lib, lOOOga yaqin tumi o‘z ichga oladi, tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Lavrlar (parazit Cassytha dan tashqari) barglari, qalin, oddiy, yaxlit yoki kertilgan, yon bargsiz daraxtlardir. Bu lavr daraxtlari tropik, ayniqsa subtropik o'rmonlarda ko‘pincha juda katta maydonlarni egallaydi. Lavrlar gullarida diskka o ‘xshab kengaygan yoki kosachaga o‘xshab chuqirlashgan gul o‘mi bor, gul o‘mi meva yonida kosacha shaklida saqlanib qoladi. 0 ‘simlik gulini gul o‘mi chetiga odatda gulqo‘rg‘on bargchalarining ikkita uch a’zoli doirasi va 3-4 ta uch a’zoli changchilar doirasi birikadi. Changchi iplarining tagida bor bo‘lib, ular yon tomonlarida osilib turadi. Guldagi changdonlar ikkita yoki to‘rtta qopqoq bo‘lib ochiladi. Bulaming gulida bir dona yagona urug‘chisi bo‘ladi. Urug‘chi 271 tugunchasi bir uyali, urug‘kurtagi ham bitta bo‘ladi. Bu oila o‘simliklarinmg mevasi rezavor mevaga o'xshaydi yoki danakli bo‘ladi. Ko‘pchilik lavr gulilar amaliyotda ishlatiladi. Jumladan, Xitoy va Yaponiyada o‘sadigan kamfora lavri (Cinncimomiim camphora)ning bargi va yog'ochlik qismini suv bug‘lari bilan haydab kamfora olinadi. Janubiy Hindiston va Seylonda o‘sadigan Cinnamomum zeylanicum ning po‘stlog‘i dorivor o'mida ishlatiladi (dolchin); Amerikaning tropiklarida o‘sadigan Persea gratissima o‘simligining mevasini esaboladi (avokado noki). 0 ‘rta Yer dengizi atrofida keng tarqalgan va manzarali daraxt sifatida ko‘p o‘stiriladigan (Kavkaz ortida) lavr (Laurus nobilis)ning bargi dorivor qatorida ishlatiladi (lavr bargi). Lavrgullar uch a’zoli guli, etdor meva yoni borligidan va boshqa bir qancha belgilariga ko‘ra muskatgullilar bilan anonagullarga o‘xshaydi. Ammo lavr gullardan, xususan, urug‘larining tuzilishida ulami anonagullar bilan muskatgullardan ajratib turadigan muhim farqlar ham bor. Anonagullar bilan muskatgullaming urug‘Iarida endosperm bor bo‘iganida ham burmali bo‘lib, o‘ziga xos tuzilgan endosperm bor, lavrgullarning urug'ida esa endosperm bo‘lmaydi. Uchlamchi davrda lavrgullar hozirda mo‘tadil va hatto soviq iqlimli bo‘lib qolgan mintaqalarda ham tarqalgan. Cinnamomum va Sassafras turlari barglarining izlari uchlamchi davrga mansub bo‘lgan shimoliy yarim shar qatlamlaridan topilgan. Boltiq bo‘yidan topilgan uchlamchi davr qahrabo qatlamlarida lavr guli ham yaxshi saqlanib qolgan.5



Download 43.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling