Kirish I. Bob Yassi chuvalchanglarning rivojlanish sikli-parazitlik hayot maxsuli
II. BOB. MONOGENEYALAR (MONOGENOIDEA) SINFI
Download 417.39 Kb.
|
YASSI CHUVALCHANGLAR RIVOJLANISH SIKLI - PARAZITLI HAYOT SIKLI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm Tuzilishi.
II. BOB. MONOGENEYALAR (MONOGENOIDEA) SINFI
2.1. TASMASIMON CHUVALCHANGLAR (SESTODA) SINFI Monogeneyalar, ya’ni ko‘p so‘rg‘ichlilar baliqlar terisi va jabralarida yashaydigan ektoparazitlar. Ba’zan ular suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar qovug‘i va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Tuzilishi. Monogeneyalar tanasi cho‘ziq va yassi bo‘lib, keyingi tomonida yopishuv diski joylashgan. Diskda xo‘jayin tanasiga yopishish uchun zarur bo‘lgan bir qancha ilraoqlari, so‘rg‘ichlari yoki ikki tavaqali klapanlari bo‘ladi. Bunday yopishuv organlari ularni tez harakat-lanadigan baliqlar tanasidan tushib ketmasligiga yordam beradi. Monogeneyalar tanasining oldingi tomonida ham uncha katta bo‘lmagan so‘rg‘ichlari bo‘ladi. So‘rg‘ichlarga yopishqoq suyuqlik ajratadigan bir hujayrali bezlarning yo‘li ochiladi. Bu so‘rg‘ichlar parazit tanasi oldingi qismini xo‘jayin tanasiga yopishib turishi uchun xizmat qiladi. 3-rasm Tuzilishi. Qoramol tasmasimon chuvalchangi voyaga yetgan davrida odam ingichka ichagida parazitlik qiladi. Gavdasining uzunligi 8-10 mеtrga еtadi. Gavdasi to’g’nog’ich boshchasi kattaligidagi juda kichik boshcha, kalta bo’yin, kеng va uzun bo’g’imli tanaga bo’lingan. Boshida to’garak shaklli to’rtta so’rg’ichi bo’ladi. So’rg’ichlar yordamida parazit o’z xo’jayini ichagi dеvoriga Yopishib oladi. Gavdasining boshchasidan kеyingi, bo’g’imlarga bo’linmagan qismi bo’yincha dеyiladi. Bo’yinchadan kеyingi uzun tana qismi 1000 ga yaqin bo’g’imlardan iborat. O’sish davrida bo’yin doim yangi bo’g’im hosil qilib turadi. Eski bo’g’imlar esa tananing orqa tomoniga qarab surilavеradi. Tanasi qalin kutikula bilan qoplangan. Kutikula parazitni xo’jayini ichagida ishlab chiqariladigan hazm shirasi ta’siridan himoya qiladi. Monogeneyalarning tana qoplag‘ichi va ichki tuzilishi so‘rg‘ichlilargao‘xshash tuzilgan. Og‘iz teshigi tanasining oldingi qismida joylashgan, ichagi xaltasimon yoki ikki shoxli bo‘ladi. Ayirish sistemasi - protonefridiylar tanasining oldingi uchida bir juft teshiklar bilan tashqariga ochiladi. Nerv sistemasi ortogen tipida; bosh nerv gangliylaridan uch juft nervlar chiqadi. Bu nervlarni ko‘ndalang nerv tolalari tutashtirib turadi. Sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan. Faqat ayrim turlari tanasining oldingi qismida invertirlangan (teskari ag‘darilgan) ko‘zlari bo‘ladi. Jinsiy sistemasi germafrodit. Urug‘donlari bitta yoki ko‘p, tuxumdoni bitta. Ko‘payishi. Hayot siklida xo‘jayin almashinish va nasl gallanish sodir bo‘lmaydi. Misol tariqida baqa ko‘p so‘rg‘ichlisi (Polistoma integerrimum) hayot siklini ko‘rib chiqamiz. Baqa ko‘p so‘rg‘ichlisi voyaga yetgan davrida baqaning qovug‘ida yashaydi. Bahorda baqalar ko‘payishi bilan birga parazit ham ko‘paya boshlaydi. Parazit qovuqdan kloakaga chiqib, suvga bir qancha urug‘langan tuxum tashlaydi. Tuxumdan juda may da kiprikli lichinka suvga chiqadi. Lichinkasining 16 ta mayda ilmoqchalari bo‘ladi. Lichinka itbaliq jabralariga yopishib olib, kipriklarini tashlaydi. Lichinka tanasining keyingi qismida ikkita yirik ilmoq va so‘rg ‘ich hosil bo‘ladi. Lichinka voyaga yetib, tuxum qo‘ya boshlaydi. Bu tuxumlardan lichinkalaming ikkinchi nasli rivojlanadi, lekin bu lichinkalar itbaliq metamorfozi tamom bo‘lguncha rivojlanishga ulgurmaydi. Itbaliqning jabralari baqaga aylanishda yo‘qolib ketadi. Bu davrda parazit xo‘jayin terisi orqali borib, uning kloakasiga va undan siydik pufagiga kirib oladi. Bu lichinka endi uch yildan so‘ng, ya’ni baqa voyaga yetishi bilan birga voyagaetadi. Shunday qilib, baqa ko‘p so‘rg‘ichlisining rivojlanishi uning xo‘jayini baqaning rivojlanishi bilan chambarchas borg‘liq. Baqa ko‘p so‘rg‘ichlisi rivojlanish davomida parazit jabra ektoparazitdan qovuq endoparazitiga aylanadi. Karpsimon baliqlar paraziti daktilogirus (Dactylogyrus vastator, ning rivojlanishi boshqacharoq boradi. Daktilogirusning uzunligi 1 -3 mm; baliqlar jabrasida parazitlik qiladi va o‘shajoyga tuxum qo‘yadi. Tuxumdan kiprikli lichinka chiqadi. Lichinkaning oldingi qismida ikki juft ko‘zlari, orqa qismida ilmoqchalari joylashgan diski - serkomerasi bo‘ladi. Lichinka shu joyining o‘zida yoki boshqa baliqlar jabrasiga o‘tib voyaga yetadi. Girodaktilus (Gyrodactylus) deb ataladigan ko‘p so‘rg‘ichli tirik tug‘adi. Uning bachadonida partenogenetik yo‘l bilan bitta embrion shak-ilanadi. Bu embrion voyaga yetguncha uning ichida ikkinchi embrion, keyingisi ichida esa uchinchi, uchinchisi ichida to‘rtinchisi shakllanadi. Monogeneyalar germafrodit bo‘lib, ular o‘z-o‘zini urug‘lantiradi. Shuning bilan birga ayrim turlaridao‘z-o‘zini urug‘lantirishgato‘sqinlik qiluvchi omillar ham rivojlangan. Masalan, spaynik yosh davrida yakka yashaydi. Keyinroq parazitlar juft-juft bo‘lib qorin so‘rg‘ichlari orqali bir-biriga yopishib olishadi. Parazitlardan birining urug‘ yo‘li ikkinchisining tuxum yo‘liga ochilishi tufayli ular bir-birini urug‘lantiradi. Ahamiyati. Monogeneyalar baliqchilikka katta ziyon keltiradi. Ular orasida ayniqsa, chuchuk suv baliqlari jabrasida parazitlik qiladigan Dac-tylogyridae oilasi vakillari katta patogen ahamiyatga ega. Ular teridagi shilimshiq modda va epiteliy, ba’zan qon bilan oziqlanib, baliqlarni yoppasiga qirilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Gyrodactylidae oilasi vakillari ham katta ziyon keltiradi. Volga daryosida osetrsimon baliqlarga nitsha (Nitzchia sturionis) katta ziyon keltiradi. Bu parazit sevryuga balig‘i iqlimlashtirilganida Orol dengiziga ham kelib qolganligi va mahalliy osetrsimon baliqlarda (baqra) parazitlik qilishga o‘tganligi ma’lum. Tasmasimon chuvalchanglar voyaga yetgan davrida umurtqali hayvonlar va odam ichagida parazitlik qiladi. Ularning lichinkasi umurtqasiz va umurtqali hayvonlar tanabo‘shlig‘i va ichki organlarida parazitlik qiladi. Tuzilishi. Tanasi ko‘pincha uzun tasmasimon bo‘lib, ko‘p sonli bo‘g‘imlar proglotidlarga bo‘lingan. Tanasining oldingi qismi kichik boshcha - skoleksni hosil qiladi. Tananing skoleksdan keyingi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan qismi bo‘yin deyiladi, undan keyinda esa proglottidlar joylashgan (11-rasm). Tasmasimon chuvalchanglar boshchasida yopishuv organlari bo‘ladi. Yopishuv organi monogeneyalarnikiga o‘xshash so‘rg‘ichlar tipida yoki ikkita tirqishsimon chuqurchadan iborat bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik tasmasimon chuvalchanglar boshchasining uchida har xil shakldagi ilmoqchalar ham bo‘ladi. Ba’zi turlarida ilmoqchalar xartumda joylashgan bo ‘ladi. Ba’zan xartum to‘rtta bo‘lib, juda ko‘p ilmoqlar bilan ta’minlangan. Proglottidlar uchtadan bir necha mingtagacha bo‘ladi. Oldingi, ya’ni tanasining bo‘yindan keyingi qismida joylashgan proglottidlar juda mayda yosh proglottidlardan iborat. Chuvalchang bo‘yin qismidan yangi proglottidlar hosil qilib o‘sadi. Proglottidlar tananing keyingi qismiga siljigan sayin o‘sib, yiriklashaboradi. Tasmasimon chuvalchanglarning ana shunday judako‘pbo‘g‘imlardan iborat tanasi zanjir, ya’ni strobila (ssifoid meduzalarning ssifistomalari strobilasiga o‘xshashligi uchun) deyiladi.Tasmasimon chuvalchanglar tanasining uzunligi lmm dan 10 mm gacha bo‘ladi. Tasmasimon chuvalchanglar teri-muskul xaltasi, tana qoplag‘ichi va tegumentining tuzilishi kiprikli chuvalchanglar va monogeneyalarga o‘xshash bo‘ladi. Ulardan sitoplazmatik qoplam yuzasida juda ko‘p o‘simtalar (mikrotrixiyalar) bo‘lishi bilan farq qiladi. Faqat elektron mik-roskopdako‘rinadigan mikrotrixlar oziqlanish vazifasini bajaradi. Bazal membrana ostida tashqi halqa muskullar va ichki bo‘ylama muskullar joylashgan. Ko‘pincha bu ikki qavatga uchinchi halqa muskullar qavati va orqa - qorin muskul qavati ham qo‘shiladi. Chuvalchanglar parenximasida zaxira modda glikogen to‘planadi. Tasmasimon chuvalchanglar hazm qilish sistemasi reduksiyaga uchragan. Ular ichak bo‘shlig‘ida hazm bo‘ladigan oziq moddalarni butun tana yuzasi bilan so‘rib oladi. Mikrotrixlarga ega bo‘lgan tegument bunga yordam beradi. Ayirish sistemasi protonefridiy tipidagi buyraklar tana bo‘ylab o‘tadigan ikkita ayirish naychalaridan iborat. Naychalar tananing keyingi qismidan boshlanadi; oldingi bosh qismiga yaqinlashgach, yana orqaga burilib, tanasining keyingi qismiga ketadi va u yerda tashqariga ochiladi. Tasmasimon chuvalchanglarda yon ayirish naylari o‘zaro ko‘ndalang naylar orqali qo‘shilganidan ayirish sistemasi narvon ko‘rinishga ega. Tananing keyingi tomonida ayirish naylari birlashib kichikroq qovuqni hosil qiladi. Tasmasimon chuvalchanglar tanasining keyingi yetilgan bo‘g‘imlari bilan birga qovuq ham uzilib tushadi; yangi qovuq hosil bo‘lmasdan yon naylar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanadan tashqariga ochiladi. Nerv sistemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi bir juft miya gangliylari va ulardan tana bo‘ylab orqaga ketadigan nerv tomirlaridan iborat. Nerv tomirlari ko‘ndalang nervlar bilan o‘zaro qo‘shilib, ortogon sistemasini hosil qiladi.Tananing ikki yonida joylashgan ikkita nerv tomirlari boshqalariga nisbatan kuchliroq rivojlangan. Nerv tomirlaridan tarqalgan tolalar teri ostida qalin nerv to‘rini hosil qiladi. Sezgi organlari tana yuzasida tarqoq joylashgan sezgir hujayralardan iborat. Bunday hujayralar skoleksda ayniqsa ko‘p bo‘ladi; Jinsiy sistemasi germafrodit, so‘rg‘ichlilarnikiga o‘xshash tuzilgan. Tasmasimon chuvalchanglarning har bir bo‘g‘imida jinsiy organlar takrorlanadi. Bo‘g‘imlarga bo‘linmagan tasmasimonlarning (Caryophyllaeus) jinsiy sistemasi bitta bo‘ladi. Quyida tanasi ko‘p bo‘g‘imlardan iborat bo‘lgan qoramol tasmasimon chuvalchangi (Taeniarhynchus saginatus) ning jinsiy sistemasini ko‘rib chiqamiz. Bo‘yindan keyin joylashgan yosh bo‘g‘imlarning jinsiy organlari rivojlanmagan. Bunday organlar tanasining o‘rta qismida, taxminan 200 segmentdan boshlab rivojlangan bo‘ladi. Bu bo‘g‘imlarda erkaklik jinsiy organlari parenximada sochilgan judako‘p urug‘donlar; ulardan boshlanadigan urug‘ chiqarish naylari va naychalar birlashib, hosil qiladigan umumiy urug‘ yo‘lidan iborat. Uryg‘ yo‘li bo‘g‘im chetida joylashgan kuyikish organi ichidan o‘tadi. Kuyikish organi muskulli naydan iborat bo‘lib, u yon tomondagi chuqurcha -jinsiy kloakaga kirib turadi. Urg‘ochilik jinsiy organlari shoxlangan bitta tuxumdon va undan chiqadigan tuxum yo‘lidan iborat. Tuxum yo‘li ootipga ochiladi. Ootipga bo‘g‘imning keyingi qismida joylashgan to‘rga o‘xshash tuzilgan sariqdon yo‘li ham ochiladi. Ootipdan ikkita nay boshlanadi; ulardan biri jinsiy qinkloakaga ochiladi. Ootipdan oldinga yo‘nalgan ancha keng ikkinchi nayning uchi berk bo‘lib, bachadon deyiladi. Yetilgan tuxum va spermatozoidlar ootipga tushadi. Tuxum hujayra ana shu joyda urug‘lanib, qobiq bilan qoplanadi. Urug‘langan tuxumlar bachadonda to‘planadi. Bachadon to‘lgan sayin kengayib, bo‘g‘imning hamma qismini egallab oladi (qarang, 11-rasm). Pirovardida jinsiy sistemaning boshqa qismlari asta-sekin yo‘qolib boradi. Tuxum bilan to‘lgan "etilgan" bo‘g‘imlar chuvalchang tanasining keyingi qismidan bir nechtadan uzilib ichakka tushadi; u yerdan axlat bilan tashqariga chiqariladi. Tasmasimon chuvalchanglar juda serpusht bo‘ladi. Masalan, odam ingichka ichagida parazitlik qiladigan qoramol tasmasimon chuvalchangi o‘rtacha 18-20 yil yashaydi va har yili 600 mln gacha, umri davomida 11 mid ga yaqin tuxum qo‘yadi. Shunday qilib, tasmasimon chuvalchanglarning hamma bo‘g‘imlari o‘zining mustaqil jinsiy sistemasi (tuxumdon, urug‘don, tuxum va urug‘ yo‘llari, jinsiy kloaka) ga ega. Qoramol tasmasimon chuvalchangi kloakasi navbat bilan bo‘g‘imlarning goh o‘ng, goh chap chetiga ochiladi. Tasmasimon chuvalchanglar jinsiy sistemasi tuzilishi bir xilda bo‘lmaydi. Masalan, keng tasmasimon chuvalchang (Diphyllobothrium) bachadoni tananing bir tomonidan tashqariga ochiladi. Yetilgan tuxumlar esa xo‘jayini ichagiga tushadi. Qovoqsimon zanjirli (Dipylidium cammm) ning bo‘g‘imlarida jinsiy organlari juft-juft bo‘lib joylashadi. Ko‘payishi va rivojlanishi. Tasmasimon chuvalchanglar har xil urug‘lanadi. Xo‘jayin ichagida bir necha chuvalchang bo‘lganida ular bir-birini urug‘lantiradi. Xo‘jayin ichagida faqat bitta chuvalchang bo‘lganida esa har xil bo‘g‘imlar bir-birini urug‘lantirishi, hatto bitta bo‘g‘im o‘zini o‘zi urug‘lantirishi mumkin. Lichinkalarning rivojlanishi ham bir xilda kechmaydi. Qoramol va cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi (Taenia solium) lichinkalari tuxum ichida, serbar tasmasimon chuvalchangi (Diphyllobothrium latum) lichinkasi tashqi muhitda (suvda) rivojlanadi. Odatdatuxumdan olti ilmoqli lichinka -onkosfera chiqadi (12-rasm). Ba’zi chuvalchanglarning lichinkasi 10 ilmoqli bo‘lib, likofor deyiladi. Lichinkaning bundan keyingi rivojlanishi o‘jayin almashtirish orqali boradi. Qoramol tasmasimon chuvalchangining tuxumi asosiy xo‘jayin (odam) ichagidan axlat bilan tashqariga tushganida tuxum ichida onkosfera lichinkasi yetiladi. Lichinkali tuxumlar yem-xashak bilan oraliq xo‘jayin ichagiga tushadi. Tuxumdan chiqqan onkosfera ilmoqlari yordamida ichakni yoki oshqozon devorini teshib, limfatik sistema yoki qon tomirlariga, undan esa har xil ichki organlar: ko‘proq jigar, ba’zan o‘pka, miya yoki boshqa organlarga o‘tib oladi. Bu organlarda onkosfera mosh kattaligidagi pufaksimon davr -finnaga aylanadi. Finna tasmasimon chuvalchanglarning invaziyali (yuqumli) davri hisoblanadi. Tasmasimon chuvalchanglar finnasi besh xilda bo‘lib, sistitserk, protser koid, plerotserkoid, senur, yoki exinokokk deb ataladi. Sistatserk ichi suyuqlik bilan to‘lgan pufakdan iborat. Pufak devorining bir cheti pufak bo‘shlig‘iga botib kirgan bo‘ladi. Bu joyda lichinkaning to‘rt so‘rg‘ichli boshchasi joylashadi. Finnalar ana shu holatda bir necha yil yashashi mumkin. Finna faqat asosiy xujayini, odam ichagiga tushgandan so‘ng rivojlanib voyaga yetadi. Yaxshi pishirilmagan finnali go‘sht yoki jigar odam ichagiga tushganida pufak ichidagi boshcha tashqariga chiqadi. Pufak yemirilib, lichinka boshchasi va bo‘yinchasi tez o‘sa boshlaydi. Bo‘yinchaning keyingi qismi ko‘ndalangiga bo‘linib ko‘plab, yangi yosh bo‘g‘imlar chiqaradi va uzun proglottidlar zanjirini hosil qiladi. Shunday qilib, qoramol tasmasimon chuvalchangining rivojlanishi xo‘jayin almashinishi va murakkab o‘zgarishlar, ya’ni onkosferani finnaga va finnani voyaga yetgan parazitga aylanishi orqali sodir bo‘ladi. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi (Taena solium) ning rivojlanishi ham xuddi shu tarzda sodir bo‘ladi. Serbar tasmasimon chuvalchangning rivojlanishi ikkita oraliq xo‘jayin orqali boradi. Odam ichagidan chiqadigan tuxumdan suvda sirti kipriklar bilan qoplangan olti ilmoqli lichinka - koratsidiy chiqadi. Koratsidiyni siklop yutganida u ichakda kipriklarini tashlaydi; ichak devori orqali siklop tana bo‘shlig‘iga o‘tib, chuvalchangsimon mayda lichinka -protserkoidga aylanadi. Lichinkaning keyingi qismida sharsimon o‘simtasi bo‘ladi. O‘simtaning shakli monogeneyalarning yopishuv serkomerasiga o‘xshab ketadi, unda oltita ilmoqcha joylashgan. Zararlangan sikloplarni cho‘rtan, nalim va ba’zi losossimon baliqlar yeydigan bo‘lsa, protserkoid baliqning tana bo‘shlig‘i, tuxumdoni, muskullari va boshqa organlaiiga o‘tib olib, serkomerasini tashlaydi va o‘sib plerotserkoid lichinkasiga aylanadi. Plerotserkoid 1-1,5 sm uzunlikdagi chuvalchang bo‘lib, tanasining oldingi qismi yon tomonida ikkita tirqishsimon so‘rg‘ichlari bo‘ladi. Plerotserkoid invaziyali (zararlovchi) davr - finnaga mos keladi. Zararlangan baliq go‘shtini odam, it yoki mushuklar yeganida plerotserkoid ularning ichagiga yopishib olib, 10-12 m gacha uzunlikdagi voyaga yetgan parazitga aylanadi. Qo‘y miya qurti (Milticeps multiceps, 13-rasm) asosiy xo‘jayini, asosan cho‘pon itlari, oraliq xo‘jayini qo‘y va boshqa ba’zi uy va yovvoyi hayvonlar hisoblanadi. It ichidagi chuvalchangning uzunligi 40 mm dan 80 mm gacha bolib, itlarga katta ziyon yetkazmaydi. Miya qurtining pufaksimon finnasi yong‘oqdek yoki undan kattaroq bo‘ladi; uni senur deyiladi. Senur devorida parazitning yuzlab boshchasi hosil bo‘ladi. Bunday pufak qo‘y va boshqa hayvonlar miyasi yarimsharlaridan birida hosil bo‘lganidan hayvon faqat bir tomoni bilan aylana boshlaydi. Ana shuning uchun bu kasallik "gir aylanma" yoki "tentak kasali" deyiladi. Miya qurti bolalar orasida ham uchrab turadi. Exinokokk (Echinococcus granulosus, 14-rasm) finnasi ancha yirik bo‘ladi. Voyaga yetgan exinokokk uzunligi 2-6 mm; uning asosiy xo‘jayini it, bo‘ri, chiyabo‘ri va tulki hisoblanadi. Parazitning tanasi 3-4 bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, asosiy xo‘jayiniga katta ziyon keltirmaydi. Asosiy xo‘jayini ichagidan chiqadigan onkosferali tuxumlari odam va ko‘pchilik o‘txur hayvonlar ichagiga tushganida lichinkasi ichak devoridan o‘tib, qon orqali jigar, o‘pka va ba’zan boshqa organlarga boradi va finnaga aylanadi. Exinokokk finnasi juda katta, bolaning boshidek yoki undan ham kattaroq bo‘lishi mumkin. Sigir jigarida 64 kg og‘irlikdagi finna topilgan. Exinokokk finnasi juda sekin, bir yil davomida taxminan 1 sm gacha o‘sadi. Pufak o‘sgan sayin uning ichida yangi birinchi, ikkinchi, uchinchi va hokazo tartibdagi pufaklar paydo bo‘ladi. Pufaklar devorida, va uning ichidagi suyuqlikda parazitning juda ko‘p boshchalari suzib yuradi. Odam (ko‘pincha yosh bolalar) it juniga tegib, exinokokkni yuqtirishadi. Itlar va boshqa yirtqich sut emizuvchilar exinokokk bilan zararlangan organlarni yoki kasal hayvonlarni yeb, parazitni yuqtiradi. Tasmasimon chuvalchanglarning zarari. Tasmasimon chuvalchanglar odam va hay vonlarga katta ziyon keltiradi. Kasallik tug‘diruvchi ko‘pchilik chuvalchanglar Cyclophyllidea va Pseudophyllidea turkumlariga kiradi. Birinchi turkumdan ichak ligulasi (Ligula intestinalis, 15-rasm) baliqlarga ayniqsa katta zararetkazadi. Uning uzunligi 50-80 sm bo‘lib, karpsimon baliqlar (qora baliq, zog‘ora, oqcha, qizil ko‘z) tana bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi. Kasal baliqlar o‘sishdan qolib, ko‘pincha halok bo‘ladi. Voyaga yetgan ligulaning uzunligi 1 m 4 ga yetadi. U suvda suzuvchi va suv bo‘yida yashovchi baliqho‘r qushlarning ichagida parazitlik qiladi. Ligula tanasi bo‘g‘imlarga bo‘linmaydi, lekin germafrodit jinsiy organi tanasi bo‘ylab ko‘p marta takrorlanadi. Qush ichagidan suvga tushgan tuxumdan koratsidiy lichinkasi chiqadi. Lichinka birinchi oraliq xo‘jayin diaptomus qisqichbaqasi tana bo‘shlig‘iga o‘tadi. Uning ikkinchi oraliq xo‘jayini baliqlar diaptomus qisqichbaqasini yeb zararlanadi. Parazitning asosiy xo‘jayini boigan qushlar esa kasallangan baliqlarni yeb zararlanadi. Odam va sut emizuvchi hayvonlarga exinokokk, miya qurti, qoramol va cho‘chqa tasmasimon chuvalchanglari ham katta ziyon keltiradi. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi qoramol tasmasimoniga o‘xshaydi, lekin undan bir muncha kichikligi (uzunligi 2-3 m), boshida so‘rg‘ichlari bilan birga ilmoqlari bo‘lishi, tanasining keyingi qismidagi yetilgan bo‘g‘imlari 5-6 tadan uzilib chiqishi bilan farq qiladi. Qoramol tasmasimonining boshida ilmoqlari bo‘lmaydi; yetishgan bo‘g‘imlari bittadan uzilib chiqadi va harakatchan bo‘ladi. Boshida ilmoqlarining bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga binoan bu ikki tur qurollangan (cho‘chqa tasmasimoni) va qurollanmagan (qoramol tasmasimoni) deyiladi.Cho‘chqa tasmasimoni bachadonining har bir tomonida 7-12 tadan, qoramol tasmasimonida esa 17-35 tadan yon shoxlari bo‘ladi. Cho‘chqa tasmasimoni uchun odam faqat asosiy xo‘jayin emas, balki oraliq xo‘jayin ham bo‘lishi mumkin. Iflos qo‘l orqali tuxumlar oshqozonga tushib qolganida, tuxumdan chiqadigan lichinkalar odamning jigari, miyasi, ko‘zi va boshqa joylariga borib, finnaga aylanadi. Finnalar og‘ir oqibatga, ba’zan oiimga sabab, bo‘ladi. Zararlangan odam ko‘ngli aynab qayt qilganida ham uning barcha organlari cho‘chqa tasmasimoni tuxumlari bilan yoppasiga zararlanishi mumkin. Chunki odam ko‘ngli aynab qusganda bo‘g‘imlari uzilib oshqozonga chiqadi; oshqozon shirasi ta’sirida tuxumlardan chiqqan lichinkalar ichki organlarga borib finnaga aylanadi. Yosh bolalarga ayniqsa kalta zanjirsimon chuvalchang Hymenolepis nana katta xavf tug‘diradi. Parazitning uzunligi 1-4,5 sm ga yetadi; tanasi 100-200 ta mayda bo‘g‘imlardan iborat. Kalta zanjirsimon odam ichagida yashaydi. Uning onkosferasi dastlab ichak vorsinkasiga kirib olib, sistitserkoid tipidagi finnaga aylanadi. Sistitserkoid ichak bo‘shlig‘iga chiqib voyaga yetadi va tuxum qo‘ya boshlaydi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar 19 kunda voyaga yetadi. Parazit tuxumlarini odam iflos qo‘li orqali o‘zidan yoki ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali chetdan yuqtirishi mumkin. Bu parazit bolalarga ko‘p azob beradi. Kasal bolaning qorni og‘rib, ichi ketadi yoki ichi qotadi. Chuvalchang zahari bolaning nerv sistemasiga ta’sir etadi. Parazit chuvalchanglardan moneziya (Moniezia expansa qarang: 21-rasm) muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Moneziya otlar va chorva mollari ichagida parazitlik qilib, og‘ir ichak kasalligini paydo qiladi. Moneziya bilan kasallangan hayvonlar ko‘plab qirilib ketadi. Moneziya mayda finnalari sovutli kanalar (Oribatidae oilasi) tanasida rivojlanadi. Hayvonlar kanalarni o‘t bilan birga yutib zararlanadi. Download 417.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling