Kirish I. Bob Yassi chuvalchanglarning rivojlanish sikli-parazitlik hayot maxsuli


Download 0.79 Mb.
bet1/7
Sana25.03.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1294462
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YASSI CHUVALCHANGLAR RIVOJLANISH SIKLI - PARAZITLI HAYOT SIKLI1111



Yassi chuvalchanglar rivojlanish sikli - parazitli hayot sikli


Mundarija

Kirish…………………………………………………………………………...….3

I. Bob Yassi chuvalchanglarning rivojlanish sikli-parazitlik hayot maxsuli….5
1.1 Kiprikli chuvalchanglar sinfi, tuzilishi va hayot kechirishi…………………….5
1.2 So‘rg‘ichlilar sinfi, tuzilishi va hayot kechirishi……………………..……….10
II. BOB. Monogeneyalar (Monogenoidea) sinfi…………………….………….17
2.1. Tasmasimon chuvalchanglar (Sestoda) sinfi…………………………………17
2.2 Sestodsimonlar (cestodaria) sinfi………………………………..……………26
III. Xusola ………………………………………………………….……………29
IV. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….31
V. Ilovalar…………………………………………………………….………….32

Kirish
Mavzuni dolzarbligi Epiteliy va muskullar birgalikda teri muskul xaltasini hosil qiladi. Bundan tashqari kiprikli chuvalchanglarda dorzoventral, ya’ni orqa-qorin muskullar ham bo‘ladi. Bu muskullarning uchi tananing orqa va qorin tomonidagi bazal membranaga yopishgan. Dorzoventral muskullar qisqarganda chuvalchanglar tanasi yassilashadi. Maydaroq chuval­changlar asosan kipriklarning tebranishi tufayli harakatlanadi. Yirikroq vakillari esa muskullari yordamida tanasini egib yoki cho‘zib suv tubida o‘rmalaydi yoki kipriklari yordamida suzib yuradi. Parenxima siyrak joylashgan biriktiruvchi to‘qima hujayralaridan iborat. Hujayralar oralig‘i suyuqlik bilan to‘lgan. Bu suyuqlik orqali ichakdan so‘rilgan oziq moddalar boshqa ichki organlar­ga o‘tadi. Ayirish mahsulotlari ayirish sistemasi naylariga o‘tkaziladi.
Tip Platgelmintlar (Plathelminthes Schneider, 1873) yoki yassi chuvalchanglar Yassi chuvalchanglar ikki tomonlama simmetriyali hayvonlardir. Ularning tanasi orqali faqat bitta simmetriya tekisligi o‘tkazilishi mumkin. Bunday simmetriya dastlab shu guruh chuvalchanglarda ko‘rinadi.
Yassi chuvalchanglar uch qavatli hayvonlardir. Ontogenez davomida ularda kovakichlilardagi kabi ikkita emas, balki uchta embrion varag‘i hosil bo‘ladi. Ularda tana qoplamini hosil qilivchi ektoderma va ichak rivojlanadigan entoderma oralig‘ida o‘rta varaq yoki mezoderma rivojlanadi. ularning tanasi uzunchoq bo‘lib yelka-qorin (dorzoventral) yo‘nalishda yassilashgan bo‘ladi. Yassi chuvalchanglarning muhim hususiyati ularda epiteliy va uning ostida joylashgan muskul tolalaridan tuzilgan teri – muskul xaltasi bo‘lishidir. Muskullarning qisqarishi natijasida platgelmintlarga xos bo‘lgan xarakat yuzaga keladi. Yassi chuvalchanglarning tanasi bo‘shliqsiz bo‘ladi ular bo‘shliqsizlar yoki parenximatozlar deb yuritiladi. Ichki organlarning oralig‘i mezodermadan hosil bo‘lgan parenxima bilan to‘lgan bo‘ladi. Parenxima bir qancha vazifalarni bajaradi: tayanch, zaxira oziqa moddalarni to‘planadigan joy va almashinuv jarayonlarda qatnashadi. Ovqat xazm qilish kanali ektodermali oldingi ichak yoki qizilo‘ngach va entodermali orta ichak bo‘lib, u ko‘r tugaydi. Orqa ichak va anal teshigi bo‘lmaydi. Parazitlarda ovqat hazm qilish sistemasi umuman reduksiyalangan. Nerv sistemasi juft miya gangliyalar va undan orqaga ketuvchi ko‘ndalang xalqali tolalar bilan birikkan nerv tomirlaridan iborat. Yassi chuvalchanglarda markaziy boshqaruvchi apparat yaxshi shakllangan. Qon aylanish va nafas olish sistemasi yo‘q. Yassi chuvalchanglarda protonefridiya tipidagi maxsus ayrish organi birinchi bo‘lib paydo bo‘ladi. Ular tarmoqlangan kanalchalar sistemasidan iborat. Har bir kanalcha parenxmada maxsus kipriklar tutamiga ega bo‘lgan yuldizsimon hujayra bilan tugaydi. Protonefridiylar tashqi muhit bilan maxsus ekskretor (ajratuvchi) teshik orqali aloqada bo‘ladi. Yassi chuvalchanglarning jinsiy sistemasi germafrodit va juda murakkab tuzilgan. Odatda murakkab yo‘llar shakllanadi, ular jinsiy mahsulotlarni chiqarishga va ichki otalanish sodir bo‘lishiga imkon beradi. Shunday qilib jinsiy sistemasi faqat jinsiy bezlar bo‘lishi bilangina xarakterlanmay, eng muhimi jinsiy apparatning jinsiy yo‘llari va tuxumning hosil bo‘lishiga bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha qismlari, shuningdek qo‘shilish organlari bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Yassi chuvalchanglar tipiga 5 ta sinf kiradi ulardan to‘rttasi asosan parazit formalardan iborat.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling