Kirish II. Asosiy qism


Ishlab chiqarish amaliyoti bilan tanishuv


Download 32.58 Kb.
bet2/6
Sana24.01.2023
Hajmi32.58 Kb.
#1114491
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-20 O’zbekiston Tumani TETK” AJ Amaliyot xisobot

Ishlab chiqarish amaliyoti bilan tanishuv
“O’zbekiston Tumani TETK” AJ ga nazariy bilimlarimni amalda sinash uchun yo`llanma olgach 6-iyunda ishlab chiqarish amaliyotiga keldim. U yerda 1-kun tanishuv bo`lib o`tdi. Ob’yekt bilan tanishuvda ichki tartib-intizomni, ishchilarning qat’iy formada bo`lishi, mehnat sharoitida ishlovchilar maxsus himoya kiyimlarida bo`lishlari, texnika xavfsizligiga qat’iy rioya qilinishi va mehnat muhofazasi bilan tanishib chiqdim. Tanishuvda eng ajoyibi bu – TETK amaliyoti hududiga kirib borishda e’tiborni o`ziga tortuvchi turli xil mehnat muhofazasi, ishga bo`lgan ma’suliyat, odam o`zida qandaydir ma’suliyatni, ishga ehtiyotkorlik bilan yondashishni, motivatsiyani olar ekan. Mehnat sharoitida ishlaydiganlarga esa o`zining xavfsizligi o`z qo`lida ekani unga eslatma bo`lib turar ekan.
“O’zbekiston Tumani TETK” AJ faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy amal qilishini ta'minlash asosiy vazifalardan biri. Chunki tarmoq korxonalarida sodir bo'layotgan noxush holatlarning yuzaga kelishi mehnat muhofazasi talablarining buzilishi bilan chambarchas bog'liq. Bunga esa, avvalo, inson omili sabab bo'layotgani achinarli holat. Shu bois xo’jalikda xodimlar ish faoliyatida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga qat'iy rioya etgan holda, mehnat qilishlariga e'tibor qaratiladi. “O’zbekiston Tumani TETK” AJ ish jarayonida xato va kamchiliklarga yo'l qo'yishsa, darhol belgilangan tartib va yo'riqnomalarga asosan chora ko'rilmoqda. Bu esa ushbu maskanda noxush holatlarning oldini olish, mehnat muhofazasi bo'yicha jiddiy kamchiliklarga yo'l qo'yilmasligini ta'minlamoqda.Salomatlik uchun zararli sharoitlarda mehnat qilayotganlarning sog'lig'i doimiy nazoratga olingan.
Shunga amin bo`ldimki, har bir ishchi hodim o`z ishiga ma’suliyat bilan yondashishi, o`z ishini sevishi, barcha hujjatlarni-yu va u yerda asbob uskunalarni bilan ishlashni bilish kerak. Men ham o`z amaliyotchi talabalik burchimga suyangan holda ishlab chiqarish amaliyot dasturi bo`yicha barcha savollarga sidqidildan javobni topishga kirishdim. Har kuni ishlab chiqarish amaliyoti ob’yektiga kelgach albatta «регистрация инструктажа по охране труда» jurnaliga kelganligim to`g`risida sana, ism-sharifim, vazifam hamda imzomni qo`yaman. Bu tartib-intizomga chaqirishdir. O`z vaqtida ish joyida bo`lish ma’suliyatidir.


Download 32.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling