Kirish. II. Asosiy qism


Download 99.5 Kb.
bet4/7
Sana01.05.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1418959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OILAVIY HAYOT SIKLINING NONORMATIV KRIZISLARI.

Krizis alomatlari:
- Er va xotin orasida janjallar soni ko'payib ketishi yoki umuman yo'q bo'lib qolishi;
- Muammo hal qilinayotganda er va xotin bir birini tushunishga harakat qilmasligi;
- Er va xotin orasida konflikt bo'lsa doim bir-birida aybini qidirishi;
- Jinsiy aloqaga er yoki xotinning salbiy qarashi va qarshilik qilishi;
- Erkakni o'ziga kirib ketishi;
- Er va xotin bir-biri bilan gaplashmay yurishi yoki faqat muammolar haqida gaplashishi;
- Xotin o'zi haqida o'ylamasdan, faqat ish bilan band bo'lib yurishi;
- Muammolar yechishda er va xotin bir-biri bilan maslahatlashmasligi.
Odatda oilalar krizisga ma'lum davrda uchraydi. Bu degani har bir oila bu davrda muammoga duch keladi degani emas, lekin oilangizda tushunmovchilik, muammolar ko'payishini sezsangiz, oilaviy hayotingiz davriga ahamiyat bering; balki krizis davriga duch kelgandirsiz:
1.Birinchi krizis davr
Oilaviy hayotning birinchi yilida bo'ladi. Buning sababi yangi er va xotin bir-biri bilan oilaviy hayotga tezda o'rgana olmasligidir. Bir-birining fe'li, qarashlari, uy-ro'zg'ordagi yondashish turlicha bo'lgani boshida tushunmovchilik keltirib chiqaradi. Masalan, er vaqtli uyg'onadi, xotin esa uyquni yaxshi ko'radi, yoki erkak kiyimlarini yoyib yuradi, ayol esa tozalikni xush ko'radi va hokazo.
Bu krizis davri birinchi bo'lgani uchun uni yengish qiyinroq. Lekin muhabbatingizni o'ylab, o'zingizni emas, balki turmush o'rtog'ingizni tushunishga harakat qilsangiz qiynalmaysiz.
2.Ikkinchi krizis davr
Birinchi farzand krizisi. Odatda ayolning xomiladorligi, keyin oilada farzand tug'ilishi er va xotin munosabatlarida keskin o'zgarishlarni keltiradi.
Bu davrdan yengilroq o'tish uchun farzandingizni o'ylab, uy yumushlarini er va xotin orasida bo'lib olib, jinsiy munosabatlaringiz haqida unutmang.
3.Uchinchi krizis davr
Oilaviy hayotning 5-yiliga to'g'ri keladi. Bu krizisga asosan ayol kishi sababchi bo'ladi. Chunki odatda besh yilda ayol o'z ijtimoiy holatini qayta tiklaydi. Ya'ni ishga qaytadi, xomiladorlikdan so'ng uydan tashqariga chiqadi, pul topa boshlaydi.
Bunda ayollar ham ishga, ham oilaviy ishlarga, bola tarbiyasiga vaqti yetmay asabiylashgan bo'ladi. Uy ishlarini eri bilan bo'lishishga harakat qiladi. Yana tushunmovchiliklar yuzaga keladi.
Erkak kishi bu davrda ayolini tushuna olishi, unga ishlash uchun sharoit yaratib berishi oila uchun foydali bo'ladi.

Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling