Kirish Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari


Aksilinflyatsiya siyosati


Download 229.5 Kb.
bet8/9
Sana24.06.2023
Hajmi229.5 Kb.
#1654330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ifilyatsiya

4. Aksilinflyatsiya siyosati


Aksilinflyatsiya siyosat - narxlar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Aksilinflyatsiya siyosati inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Aksilinflyatsiya siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi:
-yalpi talabni tartibga solish;
-yalpi taklifni tartibga solish.
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo’nalish tarafdorlari bo’lib, ular davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko’tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatning bu tadbirlari iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi.
Ammo bunday aksilinflyatsiya siyosati davlat byudjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va qo’shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug’diradi. Keyns davlat byudjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan.
Aksilinflyatsiya siyosatining monetarstik yo’nalishi tarafdorlari keyinchalik, keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash bo’yicha takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o’tkazish hisobiga cheklash va byudjet taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi.
Monetaristlar inflyatsiya aynan pul bilan bog’liq hodisa bo’lganligi sababli shok terapiyasi pul massasining o’sish sur’atlarini keskin qisqartiradi va inflyatsiya sur’atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin.
Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko’rinishlaridan biri bo’lib daromadlarning va narxlarning nominal darajalarini o’zgartirmagan holda eski pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi.
Bunday tadbirlar aholi tomonidan ohir qabul qilinishi sababli,u qisqa muddatda samara berishi zarur.
Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan aksilinflyatsiya siyosatining yana bir ko’rinishi - inflyatsiya sur’atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish ( graduallash ) usulidir. Bu usulda inflyatsiya sur’atlari pul massasini ko’p marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o’sish sur’atini pasaytirishni ko’zda tutadi. Graduallash usuli inflyatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi.
Graduallash usulini qo’llash pul massasi va narxlar darajasining yillik o’sish sur’ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo’ladi, deb hisoblanadi.
Aksilinflyatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil bo’lgan variantlaridan biri narxlar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul daromadlarning o’sishi va narxlarning o’sishini muvofiqlashtirishni ( adaptiv siyosat) ko’zda tutadi.
Daromadlar va narxlarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish hukumat tomonidan narxlar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo’yish, pul ko’rinishidagi ish haqining o’sishini o’rtacha mehnat unumdorligining o’sishiga bog’lab qo’yish orqali amalga oshiriladi.
Soliqlar tarkibini o’zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to’g’ridan-to’g’ri soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko’paytirish, soliq stavkalarini pasaytirish, ularning rag’batlantirish funktsiyalarini kuchaytirish, davlat byudjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar ham inflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari hisoblanadi.
Aksilinflyatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflyatsiya jarayonlarining xususiyatiga bog’liq.
Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni ta’minlashi kerak:
- samarali soliq tizimini va davlat xarajatlari ning baaqarorligini; - pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o’sish sur’atlarini; - “inflyatsiyani import qilish” ga yo’l qo’ymaslik.
Xulosa
Kutilmagan inflyatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar o’rtasida kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek kutilmagan inflyatsiya daromadlarni qayd qilingan daromad oluvchilar va qayd qilinmagan daromad oluvchilar o’rtasida keyingilari foydasiga qayta taqsimlaydi. Talab va taklif inflyatsiyasini qat’iy chegaralash qiyin. Ba’zida bu ikki turdagi inflyatsiya bir-biri bilan qo’shilib ketadi. Masalan, talab inflyatsiyasi sharoitida yollanma ishchilar kutilayotgan inflyatsiya darajasini e’tiborga olib ish haqilari oshirilishini mehnat shartnomalariga kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Tovarlar taklifning kamayishini kuzatayotgan iqtisodiy agentlar pul mablag’larini tovarlarga aylantirishga shoshadilar. Bu holat talab inflyatsiyasi ko’rinishini keltirib chiqaradi. Bunday ketma-ketlik oxir-oqibat giperinflyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Giperinflyatsiya boshqarib bo’lmaydigan inflyatsiya jarayoni bo’lib, ishlab chiqarish va bandlik darajalariga halokatli ta’sir ko’rsatadi. Yillik sur’ati bir necha o’n yoki yuz foizni tashkil etgan inflyatsiya pul tizimining boshlanayotgan yoki kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflyatsiya uning halokatini, butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflyatsiyaning rasmiy mezoni amerikalik iqtisodchi Filipp Kegan tomonidan kiritilgan. F. Kegan giperinflyatsiyaning boshlanishi deb narxlarning birinchi bor 50% dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa narxlarning o’sishi bu sur’atdan pasaygan va shundan so’ng kamida bir yil davomida undan oshmagan oydan oldingisini hisoblash kerak deb taklif qilgan. Giperinflyatsiya sharoitida pul o’zining qiymat o’lchovi va almashinuv vositasi singari funktsiyalarini bajarolmay qoladi. Normal iqtisodiy munosabatlar buziladi. Mablag’lar ishlab chiqarishga emas, balki tovar-moddiy boyliklari jamg’arishga yo’naltiriladi.



Download 229.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling