Kirish Innovatsiya va innovatsion menejment tushunchalari Innovatsiya loyihasi va uni boshqarish


Innovatsiya va innovatsion menejment tushunchalari


Download 27.47 Kb.
bet2/7
Sana30.09.2023
Hajmi27.47 Kb.
#1690173
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Inavatsiyon loyiha va boshqarish.Mengaliyev A.A

1. Innovatsiya va innovatsion menejment tushunchalari

Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e’tibor hozirgi jamiyatning hayotining o‘zi tomonidan talab qilinadi, axir innovatsion jarayonlarni yangi mahsulotlar va yangi texnikada ro‘yobga chiqishi uning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishining asosi bo‘ladi.


Innovatsion jarayon innovatsion o‘zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi o‘zaro bog‘-langan pallalardan tashkil topgan. Bu jarayonning natijasida amalga oshirilgan o‘zgarish innovatsiya paydo bo‘ladi.
Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya – yangi sharoitlar va qo‘llash joylarda bir marta o‘zlashtirib va foydalanib bo‘lingan innovatsiyalarni vaqtda tarqatish juda katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davraviy xarakerga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur.
Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy–texnik taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro‘yobga chiqadiganga aylanishi sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik kiritishlar muammolari ko‘p yillar davomida ITTning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan.
Investitsiya loyihasining tushunchasi, maqsadi va strukturasi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoqilg’i energetika va don mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va import o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun ustuvor sohalarni qo’llab-quvvatlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq eshiklar siyosatini olib borish kabilarga qaratildi. Investitsiya siyosatni olib borishda quyidagi tamoyillarga asoslanildi:
1. belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlar va faoliyat sohalarini tanlab qo’llab-quvvatlash;
2. ijtimoiy ahamiyatli tarmoqlarni (sog’liqni saqlash ta’lim, madaniyat va h.k.) aholi turmush darajasini yaxshilish, umrini uzaytirish, ijtimoiy jihatdan keskin tabaqalanishning oldini olish, iste’mol talabining faollashuvini ta’minlash maqsadida etarli darajada qo’llab-quvvatlash;
3. chet el investitsiyalarini o’zaro manfaatdorlik asosida ustuvor sohalarga jalb qilish;
4. potentsial investitsiya resurslarini savdo sohasi va pul bozoridan sanoat sohasiga qayta taqsimlash;
5.ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini qo’llab-quvvatlash, xorijdan yangi texnikalar uchun litsenziyalar sotib olish, katta laboratoriyalarni saqlab turishga quvvati etadigan yirik korporatsiyalar tuzish orqali ishlab chiqarish kapitalini jamlash hisobiga intelektual kapital va ilmiy-texnik potentsialni oshirish;
6. qishloq xo’jaligi mahsulotlari va mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va ularni tashqi bozorda raqobatbardosh bo’ladigan darajaga olib chiqishga yo’naltirilgan investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlash;
7. aholining oziq-ovqat va iste’mol tovarlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivojlantirishni 10 investitsiyalar bilan ta’minlash;
8. investitsiya jarayonlari ishtirokchilarining o’zaro aloqalarini tartibga solib turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish. Shu maqsadda davlat tomonidan mazkur yo’nalishlarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratish zaruriyati ortadi.
“Loyiha” so’zi bugungi kunga kelib iqtisodiy nazariya va amaliyotda keng tarqalib ulgurdi. Uning mazmunini talqin qilishda ham turlicha qarashlar mavjudligi mazkur atamaning tub mohiyatini o’rganish va ochib berishga bo’lgan qiziqishni oshiradi. Jahon bankining Iqtisodiy rivojlanish instituti mutaxassislari tomonidan aniqlanishicha loyiha: birinchidan, maqsadli faoliyat; ikkinchidan, foyda uning xarajatlaridan har doim ortiq bo’ladi; uchinchidan, u cheklangan vaqt va resurslarda qat’iy cheklanganlikka ega bo’ladi. Iqtisodiy rivojlanish kompleks jarayon sifatida o’zini namoyon etadi va bunda mazkur sohada yuksalish bir qancha ko’rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, daromad, foyda, iste’mol darajasi, sog’liqni saqlash, umrning uzunligi, savodlilik, sifatning oshishi va shu kabilar orqali aks ettirilishi mumkin. Shu sababli ham loyiha g’oyasi barcha holatlar uchun bir xil mazmun kasb etmasligi mumkin va loyihani ishlab chiqish va uni baholashnig ham yagona namunaviy shakli bo’lishi mumkin emas. O’z navbatida, loyihalar ularning alohida elementlari va ko’rsatkichlarini ifodalovchi bir qator maqsadli tadbirlar, loyihani amalga oshirish va ko’zlangan natijaga erishishga qaratilgan boshqaruv tizimi va boshqalardan tashkil topadi. Bunga ko’ra, uning mazmuniga berilgan turlicha ta’riflarni ham kuzatish mumkin: Loyiha – muayyan boshlang’ich ma’lumotlar va talab etiladigan natijalar (maqsad) bilan bog’liq bo’lgan, uni yechish usulini o’zida mujassam etgan ayrim vazifa (“Loyihalarni boshqarish to’g’risida bilimlar Kodeksi”, Loyihalarni boshqarish instituti, AQSh); Loyiha (angl. Project) – nima uylab topilgan yoki rejalashtiriladigan nimadir, masalan, katta korxona (tolkoviy slovar Webster) Tizimli yondashish nuqtai nazaridan, loyiha bir qator cheklanishlar va mexanizmlar ishtirokida boshlang’ich holatdan yakuniy natijaga o’tish jarayoni sifatida qaratilish mumkin.

Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling