Kirish Innovatsiya va innovatsion menejment tushunchalari Innovatsiya loyihasi va uni boshqarish
Download 27.47 Kb.
|
Inavatsiyon loyiha va boshqarish.Mengaliyev A.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- FT – AT – I – L – YA – O‘- SICH – M – S
- 2.Innovatsiya loyihasi va uni boshqarish Innovatsiya loyihasi
Innovatsion jarayon. Davriy xarakterga ega. Uni ifodalovchi faoliyat inson mehnatini taqsimlanishi natijasida ajralib chiqqan, bir birlaridan farqlanuvchi alohidagi vazifaviy, tashkiliy birliklarga bo‘linadi. IJning iqtisodiy va texnologik ta’siri faqat yangi mahsulotlar yoki texnologiyalarda qisman ro‘yobga chiqadi.U ancha ko‘proq yangi texnikani vujudga kelishining shart – sharoiti sifatida iqtisodiy va ilmiy – texnik salohiyati ko‘payishida namoyon bo‘ladi, ya’ni innovatsion tizim va uning tarkibiy elementlarining texnologik darajasi oshadi, shuning bilan innovatsiyalarga moyillik ham oshadi.Innovatsion jarayonni umumiy ko‘rinishda zanjirga ko‘rinishida yozish mumkin:
FT – AT – I – L – YA – O‘- SICH – M – S, bu erda: FT va AT – fundamental va amaliy tadqiqotlar; I – ishlama; L – loyihalashtirish; YA – yaratish; O‘ – o‘zlashtirish; SICH – sanoat ishlab chiqarish; M – marketing; S – sotish.Fundamental tadqiqotlar, qoidaga ko‘ra, amaliy tadqiqotlarda ro‘yobga chiqadilar, ammo bu narsa darhol sodir bo‘lmaydi. Faqat ba’zi bir tadqiqotlar AT – I – L va h.k. ro‘yobga chiqadilar. Fundamental tadqiqotlar mavzularining taxminan 90 % salbiy natijaga ega bo‘lishi mumkin. Ijobiy natijaga ega qolgan 10 % dan hammasi ham amaliyotda qo‘llanilmaydi. Axir fundamental tadqiqotning maqsadi – jarayon (masala nazariyasi)ni anglash va rivojlantirishdir. Amaliy tadqiqotlar butunlay boshqa maqsadga qaratilganliklarga egalar. Bu “bilimlarni moddiy holat” ga keltirish, ularni ishlab chiqarish jarayonida o‘zgartirish, yangi mahsulot, texnologik chizmalar va h.k. topshirishdir.Ishlamalar natijasida yangi mashinalar (uskunalar)ning konstruksiyasi yaratiladi va jarayon loyihalashtirish (L), ko‘rish, o‘zlashtirish (O‘) va sanoat ishlab chiqarishi (SICH) pallalariga o‘tadi. M va S pallalari to‘g‘ridan – to‘g‘ri innovatsion jarayon natijalarini tijoratli sotish bilan bog‘liqdir. 2.Innovatsiya loyihasi va uni boshqarish Innovatsiya loyihasi – bu innovatsion faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish tarkibi va jarayonini belgilovchi hujjatdir. Innovatsion faoliyat, ayniqsa innovatsion tadbirkorlikning maqsadi innovatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan natija olishdan iboratdir. Innovatsion faoliyat sohasini belgilash uchun tashkilotning asosiy strategiyalari (maqsadlari)ni ta’riflovchi quyidagi shartli belgilashlar qabul qilingan: S – ishlab chiqarilayotgan tovarning sifatini oshirish strategiyasi tashkilot foydasini ko‘payishiga, ammo katta xatar bilan, olib keladi. N – tovar narxini qolgan strategiyalarni o‘zlashtirishsiz saqlab qolishda pasaytirish strategiyai. Ushbu strategiya ishlab chiqarilgan tovar va o‘zlashtirilgan texnologiyalarni bozorga mustahkam ravishda tadbiq etish, sotishga qaratilgan. Strategiya, qoidaga ko‘ra, tashkilot foydasini kamayishiga olib keladi. T – ishlab chiqarilayotgan tovar tannarxini yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning yangi usullari, menejmentni o‘zlashtirish hisobiga pasayishi. Strategiya, qoidaga ko‘ra tashkilot foydasini ko‘payishiga olib keladi. D – ushbu bozor uchun qolgan strategiyalarning o‘zgarishsiz tovar ishlab chiqarish dasturi (sotishlar hajmi)ni ko‘payishi. Strategiya ko‘lam samarasidan foydalanish hisobiga foydani ko‘payishiga olib keladi. B – sotishning yangi bozorini o‘zlashtirish, eski va yangi tovar servisini oshishi. Strategiya, qoidaga ko‘ra, tashkilot foydasini ko‘payishiga olib keladi. Download 27.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling