Kirish Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil qilish
Ishlab chiqarishni joylashtirishga oid klassik g’oyalar
Download 143.91 Kb.
|
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- «№ 1» global muammosi ekologiya
- N.N. Kolosovskiyning
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Ishlab chiqarishni joylashtirishga oid klassik g’oyalar.
Bevosita ishlab chiqarishni joylashtirishga oid ilmiy g’oyalar dastavval Germaniyada yaratilgan. Masalan, nemis mulkdori Iogan Genrix Tyunen XIX asrning 20-30-yillarida o’zining qishloq xo’jaligi tarmoqlarini joylashtirish bo’yicha ilmiy fikrlarini maxsus asarlarida bayon qildi (ruscha nomi «Изолированное государство»). Ekologik omil xo’jalik tarmoqlarini joylashtirishda eng yetakchi boiib qolmoqda. Chunki, yer yuzida tabiati sof, havosi va suvi toza joylarning o’zi juda oz. Urush va tinchlik masalalari ozmi-ko’pmi hal qilingan hozirgi davrda zamonamizning «№ 1» global muammosi ekologiya, atrof-muhit muhofazasi bo’lib qoldi. Xo’jalikning turli tarmoqlari o’ziga xos ekologik sig’imga ega. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari — makroiqtisodiy tizimlar: sanoat, qishloq xo’jaligi, transport ekologik vaziyatni shakllantiruvchi eng muhim omillardir. Bu borada N.N. Kolosovskiyning energiya ishlab chiqarish sikllari g’oyasiga amal qilish ham katta samara beradi. Zero, bu konsepsiya ishlab chiqarishning chiqindisiz texnologik jarayonini tashkil qilishni ko’zda tutadi. 1909 yilda Tyunenning vatandoshi — Alfred Veber «Sanoat shtandorti to’g’risida» nomli asarini chop ettirdi. U o’zining diqqat-e’tiborini sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillarga qaratdi. Shu maqsadda Veber omillarning ta’sir kuchiga qarab, tabaqalashtirdi, asosiy hal qiluvchi omilni aniqladi. Veber sanoat shtandortining asoschisidir. Shtandort esa — korxonaning o’rnashgan joyi yoki korxonaning optimal (standart) joylashgan nuqtasi ma’nosini anglatadi. Joylashtirish omili u yoki bu korxonani qurishda ko’zda tutilgan iqtisodiy samaradorlik, foyda nuqtai nazaridan baholanadi. Bu foyda, A. Veber fikricha asosan xom ashyo mahsulotini realizatsiya qilish, transport va ishchi kuchiga ketgan xarajatlar nisbati hamda asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatidan tashkil topadi. Keyinchalik u xom ashyo va mahsulotni sotish bilan bog’liq omilni umumiy transport sarf-xarajatlariga kiritdi. Chunki, mahsulotning tannarxiga xom ashyoni keltirish, mahsulotni realizatsiya qilish bilan bog’liq xarajatlar ham kiradi. Xulosa Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xomashyo, yoqilg‘i, elektr-energiya, suv, iqlim, mehnat resurslari, iste’mol va transport, iqtisodiy geografik o‘rin kabi omillar e’tiborga olinadi. Shuningdek, ekologiya, ilmiy-texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyoti omillarining bu boradagi ahamiyati ham ortib boradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI O’zbekistonRespublikasiningKonstitutsiyasi. Toshkent. «O’zbekiston» NMIU. 2017 y. O’zbekistonMilliyEnsiklopediyasi, A-harfi. T.:Davlatilmiynashriyoti, 2009. B.149. O‘zbekistonRespublikasiningQonuni – O‘RQ-529-son, 2019 yil 13 mart – Atmosferahavosinimuhofazaqilishto‘g‘risidagiO‘zbekistonRespublikasiQonunigao‘zgartishvaqo‘shimchalarkiritishhaqidahttp://lex.uz/ru/docs/4238830 OʻzbekistonRespublikasiningAsosiyQonunihamda ―Davlathokimiyativaboshqaruviorganlarifaoliyatiningochiqligitoʻgʻrisida‖giQonuni Download 143.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling