Kirish. Iste’mol savatchasi nima? Asosiy qism


Download 136.78 Kb.
bet1/6
Sana22.03.2023
Hajmi136.78 Kb.
#1286479
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YEvropa Ittifoqi iste\'mol savatchasi tahlili.


Reja:

  1. KIRISH.

  1. Iste’mol savatchasi nima?

  1. ASOSIY QISM.

  1. Yevropa ittifoqi tarixi.

  2. YeIning axamiyati.

  3. YeI ning TOP-5 mamlakatlarining asosoy iqtisodiyotiy ko’rsatgichlari va iste’mol savatchasi tahlili.

  1. Xulosa.


Isteʼmol savati - muayyan vaqt (oy, yil) da isteʼmol etiladigan mahsulotlar turi va toʻplamining oila yoki jon boshiga hisoblangan miqdori. Kishi yoki oila oylik (yillik) hisobiy tovarlar va xizmatlar isteʼmolining tipik darajasi va tuzilmasini tavsiflaydi. Moddiy oʻlcham va pul shaklida hisoblanadi. Bunday toʻplam amaldagi narxlarga koʻra
Tovarlar va xizmatlar savati tushunchasi 19-asrning oxirlariga toʻgʻri keladi. Buni birinchi marta fransuz iqtisodchisi Charlz Gide 1912 yilda o'zining "Xalqaro ayirboshlash nazariyasi" kitobida taklif qilgan. U turli mamlakatlarda yashash narxini oʻlchash uchun ishlatilgan. O'shandan beri tovarlar va xizmatlar savati ikki mamlakat o'rtasidagi nisbiy yashash narxini o'lchash va turli valyutalarning xarid qobiliyatini solishtirish uchun ishlatilgan. Bundan tashqari, tovarlar va xizmatlar savati valyuta kurslarining o'zgarishi nisbiy yashash qiymati va valyutaning nisbiy xarid qobiliyatiga qanday ta'sir qilishi mumkinligini taxmin qilish uchun ishlatilgan.
Tovarlar va xizmatlar savati ikki mamlakat o'rtasidagi tovar va xizmatlarning nisbiy narxlarini o'lchash uchun ham ishlatilishi mumkin. Misol uchun, agar AQSh va Xitoy o'rtasidagi Sotib olish qobiliyati pariteti (PPP) stavkasi 1,5 bo'lsa, AQShda tovar va xizmatlar Xitoydagi tovarlar va xizmatlardan 1,5 baravar qimmatroq bo'ladi. Bu sizga valyuta kurslarining o'zgarishi ikki mamlakat o'rtasidagi tovarlar va xizmatlarning nisbiy narxlariga qanday ta'sir qilishini tushunishga yordam beradi.1
Iste’mol savatchasidan kelib chiqib minimal isteʼmol byudjetini hisoblab chiqishga xizmat qiladi. Iste’mol savatchasi quyidagi bo’limlar (qismlar)ga bo’linadi:

  1. oziq-ovqat mahsulotlari (mas, goʻsht va goʻsht mahsulotlari, tuxum, sut va sut mahsulotlari, un, guruch, non va yorma, shakar, oʻsimlik moyi, meva-sabzavot va b. mahsulotlar);

  2. nooziq-ovqat tovarlari (kiyim-kechak, gazlama, poyabzal, mebel, uy jihozlari, xoʻjalik buyumlari, madaniy tovarlar va b.);

  3. madaniy-maishiy xizmatlar;

  4. pulli ijtimoiy xizmatlar (maishiy texnikalar tizimi, kir yuvdirish, kimyoviy tozalash, tomoshalar koʻrish, pulli davolanish, pulli oʻqish va b.) ga ajraladi.

Iste’mol savatchasiga kiritiladigan mahsulotlar avval miqdoran belgilanadi, soʻngra pulga chaqilib, qiymati aniqlanadi. Odatda, minimal iste’mol savatchasi, yaʼni eng zarur isteʼmol belgilanadi. Iste’mol savatchasi milliy xususiyatga ega boʻlib, muayyan mamlakatning iqtisodiy darajasi, isteʼmol tarkibini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. Iste’mol savatchasiga turli miqdordagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi. Iste’mol savatchasi mamlakatning iqtisodiy qudrati va aholi isteʼmol xususiyatlariga koʻra, har bir davlatda har xil boʻlishi mumkin Shuningdek, Iste’mol savatchasihisobiy va real isteʼmol darajasini qiyoslash bazasi boʻlib, iqtisodiy ahvolga baho berishga ham xizmat qiladi.2
Ilgari bu kabi tushunchalar bo‘lmagani sababli, oddiy xalq orasida “Isteʼmol savatchasi” tushunchasini qabul qilish ancha muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston sharoitida bu tushunchani rivojlantirishga zarurat bor edimi? Aholining turmush-tarzida bu qanday ahamiyat kasb etadi? Albatta, shu kabi savollar tug‘ilishi tabiiy. Keling, batafsil shu haqda to‘xtalib o‘taylik.
Rossiyada va ba‘zi MDH mamlakatlarida "iste‘mol savati" atamasi qonun hujjatlarida rasman mustahkamlangan, iste‘mol savatining eng kam miqdori- "inson salomatligini saqlash va ularning hayotiy faolligini ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan oziq -ovqat mahsulotlarining minimal to‘plamini, shuningdek nooziq -ovqat mahsulotlari va xizmatlar, ularning qiymati oziq -ovqat mahsulotlarining minimal to‘plami narxiga qarab belgilanadi.
Soddaroq aytganda, “isteʼmol savati”ga kiritilgan mahsulot va xizmatlar yashash uchun zarur bo‘lgan eng muhim ehtiyojlaringizni qondirishga yetishi kerak.
Aksariyat taraqqiy etgan mamlakatlarda aholiga beriladigan ijtimoiy nafaqalar aynan “isteʼmol savatchasi”ga, unda qayd etilgan ko‘rsatkichlarga ko‘ra belgilanadi.
Minimal iste'mol savati eng kam yashash minimumini hisoblash uchun ishlatiladi. O'rtacha iste'mol savati iste'mol narxlari indeksi va inflyatsiyani hisoblash uchun ham ishlatiladi.
Uni ishlab chiqish paytida quyidagilarni inobatga olishimiz kerak:

  1. Demografik omillar: oilalar katta-kichikligi va tuzilishi, aholining tarkibi va jins-yosh tuzilmasi va boshqalar;

  2. ijtimoiy-iqtisodiy omillar: oilalarda oziq-ovqt mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarning haqiqatda iste’mol qilinishi; barcha guruhdagi aholining ehtiyojlari, ularning daromadi darajasi va boshqalar;

  3. inson salomatligini saqlash va hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan eng kam iste’mol hajmlari hamda tovarlar va xizmatlar ro’yxati bo’yicha ilmiy tavsiyalar;

  4. aholining ijtimoiy himoyalanishini ta’minlashga doir davlatning moliyaviy imkoniyatlari;

  5. tovarlar va xizmatlarning real bozor narxlari;

  6. boshqa mamlakatlarning tajribasi va boshqalar.3

Fikrimcha, yuqorida sanab o’tilgan barcha omillar, xorij tajribasining tahlil natijalari bilan birga, iste’mol savatchasini ishlab chiqish aholi daromadlari va aholi turmush farovonligiga ta’sir etuvich asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi.
Bu terminning asosiy ahamiyat 2ta:

  1. U bizga turli valyutalarning xarid qobiliyatini solishtirish;

  2. Ikki mamlakat o’rtasidagi nisbiy yashash narxini o’lchash imkoni;

  3. Aholining yashash salohiyatini belgilashda o’z o’rniga ega.



Download 136.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling