Kirish. Jadval modelini tashkil etish
Maqsad funksiyani aniqlash
Download 0.82 Mb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Yechim o’zgaruvchilarini aniqlash
- “By Changing Cells”
- “Add”
- “Cell Reference”
3. Maqsad funksiyani aniqlash
Elektron jadvalda ifodalangan barcha formulalar bilan bajariladigan keying qadam Data yorlig’ida joylashgan Analysis guruhidagi Solver ni ishga tushirishdan iborat (Kirish qismiga qaralsin). 5.5-rasm. Solver Parameters oynasi Solver Parameters oynasining hosil bo’lishi 5-rasmda keltirib o’tilgan. Kursorning boshlang’ich holatda “Set Target Cell” maydonchasida joylashganligiga ahamiyat bering, ushbu maydoncha Excelda “maqsad funksiya” vazifasini bajaradi. Lancaster Brewery uchun maqsad funksiya olinadigan foydani (F5 y hisoblanadi) oshirishdan iborat. F5 deb yozing yoki sichqoncha yordamida F5 yacheykani tanlang. Kerakli katakcha boshlang’ich holatda “Max” sifatida o’rnatiladi. Kamaytirilish bilan bog’liq masalalarda “Min” tanlangan bo’lishi kerak. Ushbu no’qtada [Enter]ni bosmang, chunki ushbu buyruq optimallashtirish vositasidan berilgan muammoni bajarishni talab etish bilan teng. Ushbu buyruqni amalga oshirishdan avval yechim o’zgaruvchilari va cheklovlarni aniqlab olish kerak. 3.Yechim o’zgaruvchilarini aniqlash Bizning misolda C4:D4 yacheykalarda berilgan ishlab chiqarildigan pivo va ale miqdori yechim o’zgaruvchilari hisoblanadi. Yechim o’zgaruvchilar Excelda o’zgaruvchan yacheykalar deb yuritiladi. Solver Parameters oynasida joylashgan “By Changing Cells” maydonchasiga o’tish uchun sichqoncha yoki [Alt]+[B] buyrug’idan foydalanamiz. Keyin C4:D4 ni teramiz yoki sichqoncha yordamida C4:D4 belgilaymiz. Elektron jadvalda mavjud turli manzillarda joylashgan yechim o’zgaruvchilari verguldan foydalangan holda kiritiladi. Misol uchun, “By Changing Cells” maydochasiga C4:D4, C10:D12, A14:E16 kabi kiritilishi mumkin. Bizning vaziyatda ushbu holat rol uynamaydi, ya’ni bizda faqat ikkita yechim o’zgaruvchilari (C4 va D4 katakchalar) bor. Cheklovlar va model turini aniqlash Keying qadam cheklovlarni aniqlab olishdan iborat. Birinchi navbatda nomanfiylik cheklovlarini aniqlaymiz. Shuning uchun C4:D4 yacheykalardagi optimal qiymatning nomanfiy ekanligini kafolatlashimiz kerak. Chichqoncha yordamida “Add” tugmasini yoki [Alt]+[A] kombinasiyasini bosamiz. Ushbu buyruq 6-rasmda ko’rsatilgan Add Constraint (Cheklovlarni qo’shish) oynasini taqdim etadi, bunda kursor boshlang’ich holatda “Cell Reference” maydonchasida joylashgan. Ushbu Add Constraint oynasidagi “Cell Reference” maydonchasida C4:D4 deb yozamiz yoki sichqoncha yordamida C4:D4 belgilaymiz. Keyin esa maydonchada “>=“ buyrug’ini tanlaymiz. Keyin esa “Constraint” maydonchasiga nolni kiritamiz. Ushbu buyruq klaviaturadan [Alt]+[C] kombinasiyasini amalga oshirish va 0 ni kiritish yoki sichqoncha yordamida kerakli maydonchani tanlab 0 ni kiritish orqali amalga oshiriladi. Ushbu usul ikkita C4>=0 and D4>=0 ko’rinishidagi nomanfiy cheklovlarni bir vaqtning o’zida $C$4:$D$4>=0 shaklida ifodalaydi. Boshqa cheklovlarni kiritish uchun [Alt]+[C] kombinasiyasini yoki sichqoncha yordamida “Add” tugmasini bosing. 5.6-rasm. Cheklovlarni qo’shish oynasi. Boshqa cheklovlar sifatida, jami foydalanilgan jo’xori, xmel va arpa foydalanish mumkin bo’lgan tegishli miqdordan kam yoki teng bo’lishi mumkin bo’lgan holatni ko’rish mumkin. Add Constraint oynasidagi “Cell Reference” maydonchasiga E10:E12 ni yozing yoki sichqoncha yordamida E10:E12 katakchalarini belgilang. Bunda “<=“ holati tanlanadi. Keyin esa “Constrant” maydonchasiga G10:G12 kiritiladi. Ushbu buyruq klaviaturadan [Alt]+[C] kombinasiyasini bosib keyin G10:G12 yozish orqali yoki sichqoncha yordamida “Constrant” maydonchasini tanlash va elektron jadvaldan G10:G12 diapozonni belgilash orqali amalga oshiriladi. Ushbu jarayon uchta alohida cheklovlarni bir vaqtning o’zida ifodalaydi. Boshqa cheklovlarni kiritish kerak bo’lmasa “OK” tugmasi bosiladi. Solver parameters oynasi 7-rasmda keltirilgan holatga qaytishi kerak. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling