Kirish. Jadval modelini tashkil etish


Download 0.82 Mb.
bet1/8
Sana09.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1343937
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu


4- ma’ruza. MS EXCEL DASTURI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANIB OZIQ-OVQAT INJINERINGIDA MUAMMOLI
(SOLVER) VAZIYATNI YECHISH
Reja

  1. Kirish.

  2. Jadval modelini tashkil etish.

  3. Yechim o’zgaruvchilarini aniqlash.

Tayanch so`zlar: Lotus, Solver Optimallashtirish Vositasi, Add-Ins,
Analysis, Cheklovlar, Cell Reference, Assume Linear Model, Chiziqli Model.



  1. Kirish. Bugungi kunda foydalanilib kelinayotgan kompyuterda foydalanishga asoslangan elektron jadvallar Lotus, Excel va Quatro kabi dasturlarning barchasining tarkibiga optimallashtirish uchun mo’ljallangan maxsus bo’limlar biriktirilgan. Ushbu optimallashtirish vositalari chiziqli, chiziqsiz, va butun sonli dasturlarni elektron jadvallar yordamida yechish uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Ushbu qo’llanma MS Excelda mavjud, Data yorlig’idagi, Analysis paneli guruhida joylashgan SOLVER optimallashtirish vositasi haqida qisqacha tushunchalar beradi. [A-2, 2 bet]8


5.1-rasm. Excelda Solver joylashishi.

Agar Data yorlig’ida Solver mavjud bo’lmasa, u holda Office tugmasi | Excel Options tab ketma-ketligini bajaring va Add-ins opsiyasi mavjudligini tekshiring. Agar ushbu opsiya mavjud bo’lmasa, u holda Manage ochiladigan ro’yxat orqali Excel Add-ins ni tanlang. Keyin Go… tugmasini bosing va Solver faollashganiga ishonch hosil qiling. Agar Add-ins mavjud bo’lmasa dasturni qaytadan to’liqligicha o’rnating.
Optimallashtirish uchun elektron jadvalli yondoshuvning afzalliklaridan biri bu ko’plab optimallashtirish modellarini tushunarli bo’lgan ko’rinishda elektron jadvalda ifoda qilinishi mumkin. Boshqa afzalligi esa ko’p foydalanuvchilar elektron jadvallardan foydalanish ko’nikmalariga ega. Elektron jadvallardan nusxa olish buyrug’i ko’plab o'xshash cheklovlarga ega masalalar modellarini elektron jadval muhitida yaratilish va tezkorlik bilan yechilish imkonini beradi.[A-2, 2-3 bet]9

5.2-rasm. Solverni faollashtirish.

Chiziqli dasturlarni Excelda yechish 5 ta asosiy qadamlarni bajarishni talab etadi:


1. Muammoni modellashtiruvchi elektron jadvalni yaratish;
2. Maqsad funksiyani ifodalovchi maydonni aniqlash;
3. Yechim o’zgaruvchilarini aniqlash;
4. Cheklovlarni ifodalovchi yacheykalarni aniqlash;
5. Modelni yechish, ya’ni optimallashtirish.
Jarayondagi har bir qadam keyingi bo’limlarda bayon qilinadi. Barcha rasmlar Windows 2007 uchun mo’ljallangan Microsoft Excel 12 dasturiga tegishli.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling