Kirish. Jadval modelini tashkil etish


Butun sonli yechim o’zgaruvchilarini aniqlash


Download 0.82 Mb.
bet8/8
Sana09.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1343937
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu

9. Butun sonli yechim o’zgaruvchilarini aniqlash
MS Excelning optimallshtirish vositasi butun sonli optimallashtirish masalalarini hisoblash mumkin. MS Excelda butun sonli o'zgaruvchi, ya'ni o'zgaruvchi ..., -2, -1, 0, 1, 2, ... kabi qiymatlarga chegaralagan. Butun sonli o'zgaruvchilar Add Constraint dialog oynasi orqali maxsus maydonchada “int” parametrni tanlash orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ikkilik (0, 1) o'zgaruvchini aniqlab olish uchun eng birinchi navbatda o'zgaruvchini yuqorida keltirib o'tilganidek butun sonli qiymat sifatida tanlanadi. So’ngra esa ikkita cheklovlarni qo'shing, bunda uchbe cheklovlar musbat va 1 dan kichik yoki teng bo'lishi sharti beriladi.
Butun sonli o'zgaruvchilardan foydalanganda etibor qarating, chunki ular optimallashtirish vositasini sezilarli ravishda sekinlashtiradi. U deyarli hech qachon butun son miqdorida ishlab chiqarilishi kerak bo'lgan buyumlar sonini ifodalovchi o'zgaruvchilarni cheklamasligi kerak. Misol uchun, yechim o'zgaruvchilari bir yilda ishlab chiqariladigan mashinalar sonini ifodalaydi deb faraz qilamiz. Bunda 314,234.8 dona mashina ishlab chiqarildi degan javob ma'noga ega bo'la oladimi? Optimallashtirish vositasi har doim ham butun sonli optimallashtirish dasturlarni hisoblay olmaydi. Solver Options dialog oynasida tolerance (toleranttlik) parametri boshlang’ich holatda 5% ga sozlangan. Bu degani yechim haqiqiy optimal yechimning 5% lik doirasiga kirsa optimallashtirish vositasi o’z ishini to’xtatadi. Lekin tolerantlik parametri 5% kabi tanlangan bo’lsa ham, optimallashtirish vositasi eng optimal natijani berishi mumkin. Ushbu parametr 0.05 kabi tanlangan, chunki butun sonli dasturlar uzoq vaqt talab etishi mumkin. Aniq optimal yechim olinganligiga ishonch hozil qilish uchun tolerantlik parametri 0.0% kabi tanlanishi kerak.
11. Optimallashtirish modellarini saqlash va ishga tushirish
MS Excel elektron jadvalda eng oxirgi foydalanilgan optimallashtirish modelini saqlaydi. Shunday ekan, agar sizga bir nechta modellarni bitta ishchi oynada (ya’ni elektron jadvalda) ifodalash kerak bo’lmasa, u holda modelni qanday saqlash ahamiyatga ega emas. Misol uchun, ba’zan modellarni turli cheklovlar yoki turli maqsad funksiyalar bilan birga bir ishchi elektron jadvalda ifodalash samaraliroq hisoblanadi. Shuningdek, modellarni saqlash va ishga tushirishni elektron jadval makroslari orqali amalga oshirish qulay hisoblanadi.
Optimallashtirish modellarini saqlash va ishga tushirish Solver Options dialog oynasida amalga oshiriladi. Solver Options dialog oynasini ishga tushirish uchun Data/Solver/Options ketma-ketligini tanlanlash lozim. Keyin optimallashtirish modelini saqlash uchun “Save Model” (Modelni saqlash) yoki yuklash uchun “Load Model” (Modelni yuklash) buyrug’ini tanlang. Qo’shimcha ma’lumotlar “Help” (Yordam) tugmasida keltirilgan. Modelni ishchi kitobning boshqa sahifasida (Sheet) saqlashni amalda sinab ko’rish mumkin.
Nazorat savollari

  1. Add-ins bu -

  2. Analiz lentasi bu –

  3. Poisk resheniy bu -

4. Formula bu –
5. Yacheyka manzili bu –

  1. Elektron jadvallari qaysi maqsadlarda ishlatiladi?

  2. Elektron jadvallar asosan qaysi sohalarda qo‘llaniladi?

  3. Microsoft Excel elektron jadvalida nechta ustun bo‘lishi mumkin?

  4. Piktogrammalar guruhini sanab bering?

Jadvalga rasm kiritish uchun qanday ishlar bajariladi?


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling