Kirish. Jadval modelini tashkil etish


-rasm. Cheklovlar ko'rsatilgan elektron jadval ko'rinishi 8. Ogohlantiruvchi habarlar va potensial muammolar


Download 0.82 Mb.
bet7/8
Sana09.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1343937
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu

5.10-rasm. Cheklovlar ko'rsatilgan elektron jadval ko'rinishi
8. Ogohlantiruvchi habarlar va potensial muammolar

MS Exceldan optimallashtirish vositasi sifatida foydalanilganda bir qancha kutilmagan holatlar yuzaga kelishi mumkin. Misol uchun, elektron jadval modellar shkalasi ko'pincha ayni modelda juda katta va juda kichik sonli qiymatlarga ega bo'lmasligi kerak. Ushbu masala va boshqa potensial muammolar haqida ushbu bo'limda to'xtalib o’tamiz.


Tanlangan ma'lumotlar chiziqli model sifatida qabul qilinmaydi
Excel optimallashtirish vositasi berishi mumkin bo'lgan xatolik xabarlaridan biri bu The conditions for Assume Linear Model are not satisfied”(Chiziqli modelni tahmin qilish sharoitlari mos emas). Bu holat model nochiziq bo'lgan, lekin foydalanuvchi “Assume Linear Model” (Chiziqli modelni taxmin qilish) xususiyatlarini tekshirgan holatda yuz berishi mumkin. Lekin ushbu holat masala noto'g'ri masshtablangan bo'lsa ham yuz berishi mumkin. Raqamlar hajmi bo'yicha juda farqli bo'lganda, masalan, 0.0003 va 400,000,000 kabi holatlarda model noto'g'ri masshtablangan deyiladi. Ba'zida yechim o'zgaruvchilar va/yoki cheklovlar yaxshiroq “qayta masshtablangan” modelga erishish uchun o'zgartirilishi mumkin. Yoki, optimallshtirish vositasi aniqligi Solver Options dialog oynasi orqali o'zgartirilishi lozim. Misol uchun, aniqlik 1.0E-06 dan 0.001 gacha o'zgartirilishi mumkin. Model juda katta
MS Excel tarkibida u hisoblay olishi mumkin bo'lgan modellar o'lchamiga cheklovlar qo'yilgan. Hozirgi vaqtda optimallashtirish modellarida 200 tagacha yechim o'zgaruvchilaridan foydalanish mumkin. U istalgan yechim o'zgaruvchisi uchun bitta yuqori chegara va bitta quyi chegaradan hamda 100 tagacha qo'shimcha cheklovlardan foydalanish imkonini beradi. Murakkab chiziqsiz dasturlar
Solver Parameters dialog oynasidagi “Solve” tugmasi bosilgandan keyin, optimallashtirish vositasi odatda Solver Results dialog oynasiga qaytadi va “Solver found a solution. All constraints and optimality conditions are satisfied”(Hisoblagich yechimni topdi, Barcha cheklovlar va optimal vaziyatlar qanoatlantirildi) mazmundagi xabarni oladi. Ba'zi murakkab chiziqsiz masalalarni yechishda optimallashtirish vositasi ijobiy habarni berishiga qaramasdan, eng optimal yechimni tanlay olmasligi mumkin. Agarda siz shunday holat mavjudligini sezsangiz yechim o'zgaruvchilarining boshlang'ich qiymatlarini o'zgartirishga yoki yaxshiroq natijani tahmin qilishga harakat qilib ko'ring va modelni qaytadan ishga tushiring. Boshqa imkoniyatlar sifatida Solver Options dialog oynasidagi ba'zi parametrlarni o'zgartirib ko'rish tavsiya etiladi. Agar model noto'g'ri masshtablangan bo'lsa, u holda yechim o'zgaruvchilar va yoki cheklovlar birliklarini yaxshiroq “qayta masshtablangan” modelga erishish uchun o'zgartirib ko'ring.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling