Kirish. Jadval modelini tashkil etish


Download 0.82 Mb.
bet5/8
Sana09.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1343937
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu

6. Modelni yechish
Lancaster Brewery korxonasi uchun ishlab chiqarish modeli yechish uchun tayyor holatga keldi. Optimallashtirish vositasini faollashtirish uchun klaviaturadan [Alt]+[S] kombinasiyasini yoki sichqoncha yordamida “Solve” tugmasi bosiladi. Bir necha soniyalardan keyin Solver Results oynasi hosil bo’lishi kerak. “Keep Solver Solution” tanlangan holatda “OK” tugmasini bosilganda joriy oyna yopiladi va 9-rasmda keltirilgan optimal yechim hosil bo’ladi. Solver Results oynasidagi “Reports” (Hisobot) qismiga keyinroq qaytamiz.


5.9-rasm. Optimallashtirishdan keyingi elektron jadval holati
7. Elektron jadval uslubi

Elektron jadvalning yana bir holati biri bu xujjatlashtirish imkoniyatining yo’qligidir. Misol uchun, 9-rasmda optimal yechim uchun raqamli qiymatlar aniq ko’rsatib o’tilgan. Lekin modelda foydalinilgan formulalardan hech qaysisi ko’rsatilmagan. 9-rasmda hech qaysi cheklovlar ko’rsatilmagan. Elektron jadvalda keltirilgan g’oyalarni yaxshi tushunish uchun elektron jadval stilini tanlash muhim hisoblanadi. Ushbu stilni tanlash har bir foydalanuvchining o'ziga havola etiladi.


Ushbu kurs orqali bir nechta stil imkoniyatlarini ko'rib o'tamiz. Eng avval, barcha yechim o'zgaruvchilari (rangli belgilashlardan unumli foydalanish maqsadida) yagona ko'k rang bilan ajratilgan maydonga joylanadi. Maqsad funksiya qo'sh chiziqli qizil rang bilan belgilangan maydoncha bilan ajratiladi. Cheklovlar quyida keltirib o'tilganidek, shart operatori bo'lgan =IF funksiyasi orqali ifodalanadi.
Yechim o'zgaruvchilari bloki atrofini maydoncha (kvadrat, to'rtburchak) bilan ajratish uchun tegishli kataklarni belgilab sichqoncha o'ng tugmasi bosiladi va kontekst menudan “Format cells...” buyrug'i tanlanadi. Hosil bo'lgan “Format cells...” oynasidan “Border” yorlig'idagi “Style” qismini tanlab tegishli bo'lgan stil (single line, double line) tanlanadi hamda “OK” bosiladi.
Yechim o'zgaruvchilari maydonidagi matn rangini o'zgartish uchun Format Cells oynasidan “Font” yorlig'idagi “Color” bo'limidan kerakli ranglar tanlanadi hamda “OK” bosiladi.
Shunga o”xshash jarayonlar boshqa ajratilib ko'rsatilishi kerak bo'lgan maydonlar uchun ham navbati bilan amalga oshiriladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling