Kirish. Jadval modelini tashkil etish


Download 0.82 Mb.
bet6/8
Sana09.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1343937
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu

Cheklovlar stili
Cheklovlarni ko'rish uchun foydalanuvchi har doim Solver Parameters oynasini ochishi va ishlatilgan xom-ashyo miqdori ularning foydalanish mumkin bo'lgan mavjud qiymatidan kichik yoki tengligini bildiruvchi =$E$12:$E$12<=$G$12:$G$12 ifodani ochib ko'rishi kerak bo'ladi. Ushbu ifodaga muqobil ravishda F10 katakchada =IF(C10<=G10;”<=“;”Not <=“) ifodadan foydalanish mumkin. Ushbu formula, agar ishlatilgan jo'xori miqdori uning foydalanish mumkin bo'lgan mavjud miqdoridan kichik bo'lsa “<=“ qiymatni, aks holda “Not<=“ qiymatni ko'rsat degan ma'noni bildiradi. Ushbu formula ikkita maqsad uchun xizmat qiladi. Birinchidan, u elektron jadvalda mavjud bo'lgan cheklovlar bor yoki yo'qligi habar beradi. Ikkinchidan, umumiy holatda cheklovlar halaqit beradimi yoki yo'q degan ma'noni anglatadi.
Lekin ba'zi holatlarda komputer cheklangan aniqlikdagi qiymatlar bilan ishlaganligi sababli, avvalgi formula ma'noga ega bo'lmay qolishi mumkin. Misol uchun, optimallashtirishdan keyin E10 katakcha G10 katakchada berilgan 500 dan katta bo'lgan 500.000000001 qiymatga ega bo'lishi mumkin. Komputer uchun ushbu qiymat E10<=G10 cheklov mavjudligini bildirish uchun “yetarlicha yaqin”. Ushbu holatni hisobga olish uchun F10 katakchada keltirilgan formula =IF(E10<=G10+1.0E-05;”<=“;”Not <=“) ko'rinishida ifodalanadi (1.0E-05=0.00001). Ushbu ifoda ko'rsatilgandan keyin, F10 katakchadagi qiymat oz miqdorda bo'lsa ham G10 katakchadagi qiymatdan kattaroq bo'lsa “<=“ habari paydo bo'ladi. F10 katakchadi formula cheklov belgisi deb yuritiladi. U F11:F12 katakchalarga qolgan cheklovlar mavjudligini ifodalash uchun nusxa olinishi mumkin.
10-rasmda 50 barrel qizil mahsulot turidan ishlab chiqarish rejasi uchun hisoblangan elektron jadval ko'rinishi keltirilgan. Ushbu holatda arpa uchun berilgan cheklovlar halaqit beradi, chunki ushbu rejaga ko'ra 1500 funt arpa mahsuloti talab etiladi, lekin foydalanish mumkin bo'lgan mavjud arpa miqdori 900 funtni tashkil etadi. F12 katakchada “Not<=“ habarini chiqaradi va shuning uchun ushbu ishlab chiqarish rajasi imkonsiz hisoblanadi. Jo'xori va xmel mahsulotlari uchun belgilangan cheklovlarda hech qanday halaqit beradigan cheklovlar mavjud emas, shuning uchun F10 va F11 katakchalarda “<=“ habari paydo bo'ladi. Elektron jadvalni o'qishga qulay bo'lishi uchun cheklovlar ketma-ketligini chapdan o'ngga qarab joylashtirish maqsadga muvofiq.
Faraz qilaylik, modelda cheklovlardan kattaroq yoki ularga teng bo'lgan qiymat mavjud bo'lsin, misol uchun, E10>=G10. Bu holatda F10 katakchadagi cheklov indikatori =IF(E10<=G10+1.0E-05;”<=“;”Not <=“) kabi ifodalanadi. Teng bo'lgan cheklovlar, masalan: E10=G10, holat uchun F10 katakchadagi cheklov indikatori =IF(ABS(E10-G10)<1.0E-05;”=“;”Not =“) shaklida ifodalanishi mumkin.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling