Magnit maydonining xususiyati va tasviri. Murakkab elektr zanjirini hisoblash. O’tkazgichlarda kuchlanish va quvvatning yo’qotilishini aniqlash


Download 68 Kb.
Sana16.11.2021
Hajmi68 Kb.
#175000
Bog'liq
3-amaliy mashg'ulot ma'ruza


Magnit maydonining xususiyati va tasviri. Murakkab elektr zanjirini hisoblash. O’tkazgichlarda kuchlanish va quvvatning yo’qotilishini aniqlash
Reja:

1.Magnit maydonining xususiyati va tasviri.

2.Murakkab elektr zanjirini hisoblash.

3.O’tkazgichlarda kuchlanish va quvvatning yo’qotilishini aniqlash.
Magnit maydon va elektr tokı bir-biridan ajralmas kattalik ekanligini tasdiqlash mumkin. Magnit maydon yo‘nalishi va kattaligi shu maydonni hosil qiluvchi tokning yo'nalishi va kattaligiga bog‘liq. Magnit maydonni xarakterlovchi asosiy kattaliklardan biri magnit induksiyadir. Uni aniqlash uchun shu maydonga tokli o'tkazgich kiritamiz.

Magnit maydonga kiritilgan tokli o‘ıkazğchga ta’sir qiluvchi mexanik kuch, shu o‘tkazgichdan o‘tayotgan tok, o'tkazgichning magnit maydonga kiritilgan qismining uzunligi va magnit maydonning induksiyasiga propoisionaldir:


f = B - I - L
bu yerda: fmexanik kuch, N, I — tok kuchi, A, B — magnit maydon zichligini xamkterlovchi kattalik — magnit induksiyasi, L — o‘tkazgichning magnit maydonga kiritilgan qismining uzunligi, m. Bu ifoda tokli o'tkazgich bir jinsli magnit maydonning kuch chiziqlariga perpendikulyar joy lashgan holda to’g‘ridir. O‘tkazgich kuch chiziqlari bilan biror burchak hosil qilsa, quyidagicha ifodalanadi:
f - B - / f sina
Bu ifodada B— magnit maydon induksiyasi bo‘lib, magnit maydon intensivligini xarakterlaydi. Magnit maydon induksiyasi vektor kattalik bo'1ib, bu vektorning yo’nalishi magnit maydon kuch chiziqlari yo‘na1ishiga mos keladi. Turli elektr uskuna va asboblaming ishlash prinsipi magnit maydon bilan o‘tkazgichdan oqayotgan tokning o‘zaro ta’siriga asoslangan.

Magnit maydon kuchlanganligi magnit induksiyaning absolut magnit singdiıuvchanlikka

nisbati bilan aniqlanadi.

Demak, magnit maydon faqat uni hosil qiluvchi tokka bog‘liq bo‘1may, balki maydon yaratadigan muhitning magnit xossalariga ham bog‘liqdir.


Elektromagnit induksiya qonuni
Elektromagnit induksiya qonuni tabiatning muhim qonunlaridan biri. Ko‘pchilik elektr asboblarning ishlash prin sipi mana shu qonunga asoslangan. Masalan, o‘zgaruvchan tok generatorlari, sinxron generatorlar, asinxron dvigatellar, transformatorlar, radio-teleapparaturalar shular jumla- sidandir.

Agar o‘tkazgichli konturni o‘zgaruvchan elektromagnit maydonga kiritsak, bu konturda elektromagnit induksiya elektr yurituvchi kuchi e (EYK} hosil bo‘1adi. Bu EYK ning kattaligi elektromagnit maydonning o'zgarish tezligiga proporsional.


Elektromagnit induksiya elektr yurituvchi kuchining ishorasiga to'xta1ib o’tamiz. Bu ishora Lens qonuniga asosan aniqlanadi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi: EYKning yo‘nalishi ishorasi uni hosil qiluvchi kuchga qarama-qarshidir.

Faraz qilaylik, fazoviy to‘rtburchak bilan cheklangan o‘zgarmas elektromagnit maydon bo‘lsin, bu elektromagnit maydon kuch chiziqlari to‘rtburchak yuzasiga perpendikular ravishda yo'nalgan.Yuqoridagi rasmda kuch chizig'i yo‘nalishini ko'rsatuvchi strelkani bir-birini kesuvchi chiziqlar bilan belgilaymiz. Shu maydonning kuch chiziqlarini / uzunükdagi o‘tkazgich (yoki chulg‘am) v tezlik bilan kesib o‘tyapti. Shunda bu o'tkazgich (chulg'am)da elektromagnit induksiya EYK hosil bo‘ladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



.3- rasm.

bu yerda B— magnit induksiyasi, vektor kattalik; v—o‘tkazgichning tezligi, vektor kattalik; l— o‘tkazgichning magnit maydonga kiritilgan qismining uzunligi.



Bu formula ikkita vektor kattaliklar B va v bir-biriga perpendikular yo'na1gan hol uchun mos keladi. Agar B va v perpendikular bo‘lmasa, o'zgarmas magnit maydon kuch chiziqlarini kesib o‘tuvchi kontur bitta o‘tkazgichdan emas, balki o‘ramli g‘a1takdan iborat bo'1sa, u holda yuqoridagi formula quyidagi ko'rinishni oladi:

Bu ifodadagi a B - v ikkita toq vektor kattalik orasidagi faza siljishi.


Murakkab elektr zanjirlarini hisoblash usullari
Murakkab elektr zanjirlarini hisoblashning bir nechta usullari hor. Bu usullar Kirxgof qonunlariga asoslangan.

Misol tariqasida Kontur toklar usulini ko'üb chiqamiz. Bu usulga binoan barcha mustaqil kontur orqali alohida kontur toki deb ataluvchi tok o‘tadi, deb faraz qilamiz. Shu kontur uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan tenglama tuzamiz. Tenglama tuzish uchun quyidagilarga amal qilish lozim:



  1. mustaqil konturlarda toklarning yo‘nalislıini ixtiyoriy tanlaymiz;

b) tanlangan konturlar uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan tenglama tuzamiz;

d) kontur toklari orqali tarmoqlardan o‘tadigan haqiqiy toklarni ifodalaymiz.


O‘zgarmas tok ishi va quvvati
Elektr tokining ish bajarish qobiliyati elektr energiyasi deyiladi.

Elektr tokining bajaradigan ishi elektr miqdorining kuchlanishga ko‘paytmasiga teng:



A=Q*U

bu yerda: A bajarilgan ish miqdori; Q — elektr miqdori; U — kuchlanish.



Bu formula amalda quyidagicha ifodalanadi:


Agarda, elektr toki amperda berilgan bo‘lsa, kuchlanish voltda, vaqt sekundda belgilansa, u holda bajarilgan ish joulda o‘lchanadi.

Elektr tokining bir sekundda bajargan ishi elektr tokining quvvati deb ataladi. Tokning quvvati P harfi bilan belgilanadi.

Quvvat tokning vaqt birligida bajargan ishiga teng:


F=I*U
bu yerda: F — quvvat.

Amalda F harfıning o‘rniga P harfı yoziladi. U holda:



P= U- I

Elektr quvvati vatt bilan o‘lchanadi: 1000 W = l kW.
Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling