Kirish. "Jahon adabiyoti" fanining predmeti va mazmuni
-MA’RUZA O‘RTA ASRLARDA SHARQ VA G‘RB ADABIYOTI
Download 187.53 Kb.
|
JAHON ADABIYOTI MA\'RUZA MATNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ShUMER ADABIYOTIDAN LAVHALAR
4-MA’RUZA
O‘RTA ASRLARDA SHARQ VA G‘RB ADABIYOTI. ReJA: 1. Hududiy va milliy tarkibi 2. Shumer – Bobil adabiyoti, Misr adabiyoti, Eron adabiyoti, Hind adabiyoti. 3. Sharq adabiyoti mifologiyasi. 4. Shumer adabiyoti jahon adabiyotining ibtidosi sifatida. Shumer adabiyoti yodgorliklarining ko‘lami va janrlari. 5. “Bilgamish haqida doston” eposi. 6. “Avesto” – Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligi. Yaqin yillargacha bashariyatning madaniyat o‘chog‘i G‘arb, qadim Yunoniston, qadim Rim deb kelindi, shunday bilindi, shunday talqin etildi. Ming yillar mobaynida shu qarashga suyanilib, madaniy, ma'naviy, ilmiy ishlar yurgizildi.Ijtimoiy fanlar bo‘yicha tadqiqotlarning “bismillosi” shu bo‘ldi. Chunki chindanam ilm yetib borgan joy Yunonistondan narida emasdi. Bir necha o‘n yillardan beri esa bashariyat bu qarashga tahrir kiritadigan olamshumul ahamiyatga molik topilmalar bilan birin sirin yuzlasha boshladi. U ham bo‘lsa, Shumerlar dunyosi, Shumerlar madaniyati edi. Shumerlar madaniyatidan so‘z ochguvchi mixxatlar bashar ahlining madaniyat beshigi Yunoniston emas, balki Shumerlar ekanini isbot qildi. Tair Eftining “Shumerlar va etruslar – insoniyat tamadduni ibtidosidagi qadimiy turkiylar” (Toshkent. Niso poligraf, 2013) deb nomlangan tadqiqoti so‘nggi yillarda amalga oshirilgan va ayni shu masalaga ko‘p jihatdan oydinlik kiritishi mumkin bo‘lgan tadqiqot hisoblandi. Kitobcha Shumer mixxatlarini o‘qigan va shumer tilining turkiy til bilan genetik qarindoshligini aniqlagan Genri Roulinson, Yuliusa Opperto, Arno Peblya va Samyuel Nao Kramer xotirasiga bag‘ishlanadiki, shuning o‘zida bu kitobning yo‘nalishi, ahamiyati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shumer tamadduni hozirgi Iroq territoriyasida joylashgan ikki daryo oralig‘ida paydo bo‘lgan. Tigr va yefrat. Lekin olimlarni o‘ylatgan narsa shuki, shunday katta tamaddunni barpo etgan xalk, shaharlar qaerga g‘oyib bo‘ldi? Chindanam, ularga qaerga ketishgan? Ular qaerdan kelishgan?Tair Eftining yuqoridagi kitobi shu savollarga ilk bor jo‘yali javob beradi. Sobiq Sovet davrida Shumer tilini turkiy tillar bilan solishtirishga qarshilik qilib kelingan, bu qarash hozirgacha postsovet territoriyasida saqlanib qolgan. AQSh va Italiya olimlari ilk bor bu ishga qo‘l urishib, etruslarning turkiylardan kelib chiqqanini isbot qilishdi.Aynan etruslar Italiya madaniyatiga asos solganlar. Shumerlar, etruslar va qadimgi Misr xalqlarining ruhiy aloqadorligi haqida so‘z boradi kitobda. Shumer mixxatlari (keyingi 100 yil ichida topilgan) - birinchi yozuv. Bobil (Vavilon) madaniyati tilidan tashqari bus butun holda Shumerlardan (mixxatlardan) ko‘chirilgani aytiladi. 5000 yil muqaddam shumer mutafakkirlari va yozuvchilari dunyo miqyosidagi toshqin haqida yozishgan. Mixxatlar bular haqida, yana ilk kemani kim qurganligi haqida, toshqin haqida batafsil ma'lumot beradi. Yana eposlar, dostonlar, qo‘shiqlar yozilgan. Ulardan namunalar saqlanib qolgan. (Mas. “Bilgamish”). Bu asarlarda olam va odamni Tangri yaratganligi haqida kuylanadi. Qizig‘i shundaki, “Injil”dagi hikoyalar shu asardagi hikoyalar bilan judayam o‘xshash.Olimlarning fikricha, “Injil”dagi ayrim hikoyatlar ana shu hikoyalar ta'sirida bitilgan. Bu ish mixxatlarni ko‘chirib oluvchilar tomonidan amalga oshirilgan. ShUMER ADABIYOTIDAN LAVHALAR Shumerlarning turmush tarzini o‘rganish uchun topilgan arxeologik yodgorliklar: binolar, g‘ishtlar, turli-tuman ro‘zg‘or buyumlari, ish qurollari, harbiy qurollar va boshqa osori atiqalarning o‘zi ham kifoya qilar edi, chunki shumerlar yashab o‘tgan bunchalik qadim zamonlardan yanada ko‘proq yodgorliklarni topishni aslida olimlar ham kutmagan edi. Biroq shumerlar yozuvi bitilgan g‘ipgg taxtachalar, muhrlar, o‘ramlar va boshqa shunga o‘xshash yozma manbalarning topilishi nafaqat ularning oddiy turmush tarzini, balki shumerlarning ma'naviy hayotini ham chuqur o‘rganish imkonini yaratdi. Topilgan yozma yodgorliklar (asosiy qismini mixxat yozilgan taxtachalar tashkil etadi) dunyoning juda ko‘p mamlakatlarning muzeylariga tarqalib ketgani tabiiy, albatta. Shuning uchun ularning umumiy sonini hisoblashning imkoni yo‘q, ammo baribir bunday yodgorliklarning sonini bir million atrofida deb taxmin qilinadi. Ana shu yozma yodgorliklarning to‘qson-to‘qson besh foizi xo‘jalik yuritish bilan bog‘liq yozuvlar, faqat qolgan ozgina qismi shumer adabiyotiga oid yodgorliklardir. S.Kramer fikriga ko‘ra, badiiy asarlar bitilgan taxtachalar besh mingdan ziyodroq, Kramer bu raqamni aytganda, sof shumerlarga oid adabiyot to‘g‘risida fikr bildiradi, bizning nazarimizda. Shundan kelib chiqib, o‘sha “sof shumerlar adabiyoti”ni aniqlab olishimiz lozim, keyinchalik bu asarni o‘qiganda, ular haqida to‘g‘ri taassurot uyg‘otadi sizda. Nineviyada birinchi topilgan “Bilgamish dostoni” bilan tanishtirgan edik. Bu asarning bir nechta variantlari mavjud. Ammo u shumerlarning sof adabiyotiga kirmaydi. Nega? Tushuntirishga harakat qilamiz: Gilgamish (Bilgamish) tarixiy manbalar va barcha olimlarning e'tirof etishiga ko‘ra, tarixiy shaxs bo‘lib, haqiqatan ham Uruk (Erex) shahrining birinchi sulolasi tarkibidagi hukmdorlardan biri bo‘lgan. Uning yashagan davri to‘g‘risida turli fikrlar mavjud, shulardan ayrimlari uni mil. av. 2700 yillarda yashagan deydilar, lekin Shumer adabiyotini chuqur taxdil qilgan boshqa guruh olimlar uni mil. av. 2600 yillar atrofida yashaganligini isbotlashga harakat qilishadi. Qanday bo‘lganda ham, Bilgamish Kish shahri birinchi sulolasining oxirgi hukmdori Aga (Agga) bilan zamondosh bo‘lgan. Chunki “Bilgamish va Aga” degan mifik doston ham shundan dalolat beradi. Bilgamish tarixiy shaxs bo‘lgan va butun Shumerda shunchalik taniqli qahramon bo‘lganki, tirikligidayoq u haqda xalq afsonalar to‘qiy boshlagan. Yozma asarlarning birinchisi, balki “Bilgamishning o‘limi” bo‘lgandir, buni aniqlash qiyin, ammo uning vafotidan keyin turli dostonlar xoh og‘zaki, xoh yozma bo‘lsin, ularni omma kuylab yurgan hamda yuz va xaggo ming yillab keyin u haqdagi dostonlar boyitilib borilgan, uning bir qismi bilan yuqorida tanishgan edingiz. “Bilgamish” dostonidan bir-ikkita qiyoslama misollar kelti- ramiz. Dostonda Bilgamishning do‘sti Eabanining qanday qilib yovvoyi holatdan odam shakliga o‘tishi yoritilgan. Asarning aslida esa u Eabani emas, Enkidu. Enkiduning odam qiyofasiga o‘tishi ham shumer mifologiyasida boshqacha hikoya qilinadi, ammo u o‘zi alohida kichkina bo‘lsa ham mustaqil asar. Yoki bo‘lmasa Bilgamishning Ishtar sevgisini rad etishi ham qadimda alohida asar bo‘lgan va Ishtarning ismi sizga endi tanish bo‘lgan Inanna edi, hikoyaning tafsiloti boshqacha. “Nuh to‘foni”da ham (bu masalani alohida tahlil qilamiz) shunga o‘xshash o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Ammo e'tirof etishimiz zarurki, asarning keyingi yuz yilliklardagi tafsiloti tobora takomillashib, boyib, falsafiylashib badiiylashib borgan. Xullas, tushuntirmoqchi edikki, shumer adabiyoti o‘zlari zamonida yozilgan “sof shumer” asarlariga va shumerlarning merosi sifatida, albatta, ularni ulug‘lab yozilgan keyingi toifa asarlarga bo‘linadi. Sof shumerlar kimu sof emaslari kim? Bunday savol berilishi muqarrar, biz uning tahliliga shumerlar tarixini yozganda batafsil to‘xtalamiz, ammo hozir sizda dastlabki tasavvurni uyg‘otish uchun bu haqda ikki og‘iz fikrimizni bildiramiz. Shumerlarning shu mintaqaga kelgani mil. av. 4500 yillardan boshlab, mil. av. 2500 yillargacha boshqa qabilalar bilan aralash- may yashagan davri, keyinchalik mil. av. 2500 yildan boshlab Somiy qabilalari ko‘chmanchilarining shumerlar yerlariga sekin-sekin ke lib, o‘rnashishi (urushsiz) boshlanadi. Keyin bir oz o‘tib somiylardan Sargon Agad yoki qadimgi Sargon I hukmdorlik taxtiga o‘tiradi, ammo shumerlar baribir ustunlikni o‘zlarida uzoq muddat saqlab qola oladilar, shunda davlat poytaxti goh u, goh bu shaharga ko‘chib yurgandi. Biroq qadimgi Bobilning birinchi hukmdori Ham- murapi hukmdorligi davridan boshlab shumerlar (bu taxminan mil. av. 1750 yillar) o‘z mustaqilligini butunlay yo‘qotadilar. Ana shu davrdan keyingi yaratilgan asarlarni shumerlarning asl asarlaridan ko‘chirib, nusxa olinib, boyitilib, yana ming yillar davomida asrab qolingan asarlar deb tushunmoq lozim. Download 187.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling