Kirish kadastr


-bob. Yakunlovchi qoidalar


Download 182.38 Kb.
bet7/9
Sana16.06.2023
Hajmi182.38 Kb.
#1507874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KADASTR HISOBOTI

3-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
21. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
22. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) ko‘chmas mulk egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa — boshqa yer uchastkasining egasidan ham o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni (keyingi o‘rinlarda — servitut) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Servitut uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qaroriga binoan belgilanadi.
3. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:
o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;
o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;
o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;
o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish;
mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;
o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;
o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.
Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.
Servitut shakli ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza beruvchilar o‘rtasida tuziladi.
4. Servitut davlat ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim va yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan vaqtda saqlanib qoladi. Servitutni ro‘yxatdan o‘tkazish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) yer uchastkasi bo‘yicha o‘rnatilgan servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va Reyestrdan ko‘chirma taqdim etadi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
7. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.

Download 182.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling