Kirish Korxonalarni qurlish joyini texnik


Download 93 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi93 Kb.
#1415302
  1   2   3   4
Bog'liq
Xatamov M


Mundarija

  1. Kirish…………………………………………………………………………..5

  2. Korxonalarni qurlish joyini texnik

iqtisodiy jihatdan asoslash. ……………………………………………………….7

  1. Xom ashyo mahsulotlarining tavsifi. ………………………………………….9

  2. Tayyor mahsulot tavsifi…………………………………………..…………...11

  3. Texnologik ishlab chiqarish usulini

tavsiflash va tanlash……………………………………………………………....13

  1. Tanlangan texnologik ishlab chiqarish

jarayonini bayoni…………………………………………………………………15

    1. Texnologik sxemani bayoni………………………………………………….15

    2. Jarayonning fizik – kimyoviy asoslari………………………………………..17

  1. Texnologik ishlab chiqarishda asosiy

jihoz hisobi va bayoni……………………………………………………………21

    1. Moddiy va issiqlik hisobi. …………………………………………………...21

    2. Asosiy jihozning hiisobi……………………………………………………...33

7.3.Mexanik hisob………………………………………………………………..34
7.4.Gidravlik hisob……………………………………………………………….34
7.5. Asosiy jihozning bayoni……………………………………………………..36

  1. Texnologik jarayonlarni

avtomatlashtirish…………………………………………………………………37

  1. Mehnat va atrof muhitni

muxofaza qilish. …………………………………………………………………41
10.Iqtisodiy asoslash……………………………………………………………..44
11.Xulosa. ……………………………………………………………………….60
12.Adabiyotlar. …………………………………………………………………..61
1.Kirish

Kimyo sanoati va ishlab chiqarilgan kimyoviy mahsulotlar mustaqilligimizning moddiy – tehnikaviy bazasini yaratishda muhim o’rin tutadi. Bundan tashqari kimyoviy sanoatning tez suratlarda rivojlanishdagi asosiy sharoitlardan biri, sanoatni xom ashyo bilan yetarlicha darajada ta’minlash, undan to’la va to’g’ri foydalanishdan iboratdir.


Prezidentimiz I. A. Karimovning “O’zbekiston buyuk sari asarida kimyo sanoatining rivojlantirish asosan ekologik jihatdan musaffo ishlab chiqarishni ta’minlangan holda, resurslarimizni to’la to’kis o’zlashtirish negizida amalga oshirish lozim” degan fikrlariga asosan kimyo sanoatida amalga oshirilayotgan isloxatlarni yanada chuqurlashtirish, tarmoq taraqqiyotining yagona tizimini shakllantirish maqsadadida 1998 – 2002 yillarda O’zbekiston kimyo sanoati korxonalarini kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqdi. Unga ko’ra mineral xom ashyo resurslarini yangi turlarini o’zlashtirish, yangi korxonalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, qishloq xo’jaligini mineral o’g’itlar va o’sumliklarni zamonaviy uskunalar yordamida sepish va ularni himoya qilishning kimyoviy vositalar bilan ta’minlanishini yaxshilashdan iborat.
O’zbekiston respublikasi kimyo sanoati yuzlab turdagi xalq va qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda shular jumlasiga kiradi. Bularga: “Navoiyazot” OAJ, “Chirchiq elektrokimyo ishlab chiqarish birlashmasi”, “Samarqand va Olmaliq” kimyo zavodlari va bularga yana O’zbekistonda katta zavod “Farg’onaazot” O A. J. Misol bo’ladi.
Sanoati kun sayin o’sish va qishloq xo’jalik mahsulotlariga talab ortishi bilan mineral tuzlarga (o’g’itlarga) bo’lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Hozirgi kunda insoniyat oldida turgan muammolardan biri ozuqa mahsulotlarini va sanoatni xom ashyo bilan ta’minlashdir.
Deyarli hosildor yerlar hozirgi paytda qishloq xo’jalik mahsulotlari olish uchun band desak bo’ladi. Kundan kun o’sib borayotgan aholi soni va uni ehtiyojini ega yerdan yuqori darajada foydalanishni talab qiladi. Shu sababli ham hosildorlikni oshirishning birdan – bir asosiy yo’li mineral o’g’itlar ishlab chiqirashni rivojlantirishdan iborat.
Mineral o’g’itlar o’simlik va yerning unumdorligini oshirishda asosiy vosita bo’lsa, o’g’it ishlab chiqarish uchun nitrat kislota xom ashyo hisoblanadi. Hozirgi kunda qishloq xo’jaligini rivojlantirishda kislota ishlab chiqarishning ahamiyati juda kattadir.
Nitrat kislota asosan sanoatda ikki xil: suyultirilgan va konsentrlangan holatda ishlab chiqariladi. Suyultirilgan nitrat kislotadan sanoatda ko’plab mineral o’g’itla olishda ishlatiladi. Shular jumlasiga, ammoniy selitra, kaliy nitrat, ammoniy sulfat va boshqa o’g’itlarni misol qilishimiz mumkin. Bundan tashqari nitrat kislotadan bo’yoq, portlovchi moddalar, plastmassalar, su’niy tolalar, va turli nitratlar keng ishlatiladi.
O’zbekistonda nirat kislota g’oyat ko’p miqdorda ishlab chiqariladi.
Ammiakni oksidlash yo’li bilan nitrat kislota ishlab chiqaruvchi katta – katta zavodlarimiz bor. Shu jumlasiga, “Navoiyazot” O.A.J, “Farg’onaazot” O. A. J. Ishlab chiqarish birlashmalari kiradi. Shu bitiruv malakaviy ishimizda biz “Farg’onaazot” O. A. J.ning nirat kislota ishlab chiqarish sexi haqida ma’lumot yig’ib o’rgandik.
“Farg’onaazot” O. A. J. ishlab chiqarish birlashmasida hozirgi kunda quvvati 360 ming tonna/yiliga bo’lgan suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish sexi sanoatga sifatli darajada hom-ashyo yetkazib bermoqda.
Ushbu ishlab chiqarish loyihasi A – 1386, P – 6980 bo’limi boshlig’i
o’rinbosari S. Ye. Dorokin tomonidan 22. 03. 1985 yilda №34 qarorga asosan bajarilgan.
Suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish modernizatsiya qilingan
energotexnologik sxema AK –72M bo’yicha loyihalangan. AK – 72 agregatidan farqli AK – 72M yuqori darajada ishlashligi va ko’pgina afzalliklarga ega: tabiiy gazni tejamlash, bug’ ishlab chiqarishni orttirish qimmatbaho materiallar sarfi 0,3%. Uning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari chet el firmalaridan qolishmaydi.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling