Kirish kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Download 25.82 Kb.
|
курс иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI ABDULLAYEV ABDULLA ABDULLA O‘G‘LI KOREYA XIX - XX ASR BOSHIDA ICHKI SIYOSATI VA
MUNDARIJA: KIRISH I-BOB. KOREYA XIX - XX ASRDA 1.1.Yaponiya Koreyani bosib olganidan oldin 1.2.Choson sulolasi davri (1392-1910 yillar) II-BOB. YAPONIYA VA KOREYA O’RTASIDA URUSH 2.1.Yapon kolonial davri III-BOB KOREYANING O’ZBEKISTON BILAN XALQARO MUNOSABATLARI 3.1.Bugungi Koreya 3.2.O’zbekiston va Koreya Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. 800 yili van Chinjoning vafotidan keyin taxtga uning 11 yoshli o 'g 'li Sunjo (1800-1834) o'tiradi. Yana ikkita van (hukmdor) ham o'smirlik yoshida taxtga chiqqan bo'lib, van Xonjon (1834-1849) 8 yoshida, van Chxoljon (1849-1863) esa 17 yoshda bo'lgan. Mazkur hukmdorlarning barchasi andonlik Kimlar sulolasi ayollariga uylanganliklari bois, 60 yildan ortiqroq vaqt davomida amalda hokimiyat ulaming xotinlarining qarindoshlariga tegishli bo'lgan. Bu davr mamlakatda poraxo'rlikning kuchayishi, iqtisodiyotning pasayishi, dehqonlar qo‘zg'olonlari, xristianlik va umuman, hurfikrlikning ta'qib ostiga olinishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda Koreyada siyosiyhayot cheklangan bo'lib, mamlakat agrar, asosan, natural xo'jalik va kustar (hunarmandchilik) ishlab chiqarishga asoslangan edi. Manufaktura va mashina-fabrikalar sanoati bo'lmagan. Katla yer egalari soliqlardan ozod etilgan. XIX asr o'rtalarida ular mamlakat yer fondining 47 foizidan ko'prog'iga egalik qilganlar. Hatto, bu davrda yerlarning bir qismi davlat ro'yxatiga ham kiritilmagan. Soliqlarni to'lash, asosan, o'ta qashshoqlikda yashovchi dehqonlaming zimmasiga tushgan. Dehqonlarning bor -yo'g'i 10 foizigina o'zlarining yerlariga ega bo'lganlar. Qolganlari yerlarni ijaraga olib ishlaganlar yoki pomeshchiklarning yeridan qullik sharoitida foydalanganlar. Asosiy soliqlarni to'lash va majburiyatlarni bajarish qashshoq dehqonlarning chekiga tushgan. XIX asrning birinchi yarmida 40 dan ortiq soliqlar bo'lgan. XIX asrning birinchi yarmida Koreya doimiy qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. Suv toshqini (1814 va 1817yillar), hosilsizlik va ocharchilik (1809, 1814, 1815, 1832 yillar), epidemiya (1815, 1821-1822, 1833 yillarda) shular jumlasidandir. Natijada aholi soni kamaygan. Ocharchilik va qashshoqlik tufayli dehqonlar ijara yerlarini tashlab tog'larga qochib ketishadi. Ular tog'dagi changalzorlarni yoqib, u yerda kichik-kichik yer maydonlari ochishadi. XIX asr o'rtalarida Koreya yer fondining deyarli 1/3 qismi tashlandiq holga kelib qoladi. Ko'pchilik dehqonlar daydi hayot kechirib, natijada chegaradosh mamlakatlarga ko'chish ommaviy tus ola boshlaydi. Aynan bunday vaziyatda Xon Gyonne "adolat" o'rnatish uchunPxyonan provinsiyasida yirik dehqonlar qo'zg'o loni (1811 – 1812 yy.) ( Xamgyon, Chejulo oroli (1813 y.) va Seulda (1813, 1815 yillarda) g'alayonlar bo’lib o'tgan. Ayniqsa, van Chxoljonning hukmronlik yillarida g'alayonlar butun mamlakatni qamrab oldi. 1862 yili mamlakatda 20 dan ortiq uyezdlarni qamrab olgan yirik qo'zg'olonlar bo’lgan. Qo'zg'olonchilar amaldorlarning o'zboshimchaligi va zo'ravonligini tugatishni, shuningdek, soliqlarning kamaytirilishini talab qilib chiqqanlar. 1862 va 1863 yillarda qo'zg'olonchilar tomonidan Chxve Che U (1824 -1865)ning "tonxak " g'oyasi ilgari surildi. "Odam Osmonga teng", - deydi Chxve Che U. U mamlakat hokimiyatidan aholining har biri bilan yaxshi munosabatda bo’lishini, dehqonlarni qashshoqlikdan xalos qilishni, shuningdek, amaldorlarning mansablarifatini suiste'mol qilmasliklarini talab qilgan. Oxiratda hayot yo'q, shuning uchun ham odamlar o'z omadlarini dunyoviy hayotdan kutishga haqlilar. Tenglik haqidagi tonxak g'oyasi konfutsiylikning yuqori va quyi tabaqa haqidagi taTimotini rad etgan. Tonxak ("sharqiy") nomli yangi ta’limot soxak ("g'arbiy ta’limot" yoxud katolik ta’limoti) ta’limotiga qarama-qarshi holda talqin etilgan. Chxve Che U o'z g'oyalarini musiqa orqali ifodalagan bo’lib, uning qo‘shiqlari o'z vaqtida dehqonlar o'rtasida o'ziga xos chaqiriqqa aylangan. Download 25.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling