Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
II BOB. Avstriya imperiyasi milliy hududlaridagi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar va uning oqibatlari, «milliy masala»
Download 140.51 Kb.
|
Ilhomova Xolida.Kurs ishi
II BOB. Avstriya imperiyasi milliy hududlaridagi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar va uning oqibatlari, «milliy masala» 2.1. Avstriya tarkibidagi slavyan xalqlarining milliy kurashiAvstriya qo`shinlarining talonchilik bilan shu g‘ullanishi natijasida Vengriya tekisligidagi boy shaharlar tushkunlikka yuz tutdi. Masalan, general Karaff qo`mondonligidagi Avstriya qo`shinlari Avstriya- Turkiya urushi vaqtida Debretsin aholisidan 1800 ming forint soliq olgandan so`ng bu shahar uzoq vaqtgacha vayron bo`lib yotgan. Gabsburglar tomonidan bosib olingan vengr yerlari Avstriya saroy ahllariga va generallariga sotildi, venger feodallari o`z yer-mulklarini katta pul to`lash yo`li bilan qo`llarida saqlab qoldi. Venger yer magnatlari Gabsburglarga yoqish maqsadida 1687-yilda Gabsburglar sulolasini Vengriyadagi qirol hokimiyatining vorisi deb e`lon qildi. Venger feodallari "Oltin yorliq" dan qirolning g‘ayri qonuniy harakatlariga qarshilik ko`rsatish to` g‘risidagi moddani chiqarib tashladilar. Avstriya bilan Turkiyaning 1683-1699-yillardagi urushi turklarning haydab chiqarilishiga va Vengriya bilan Transilvaniyaning Gabsburglar monarxiyasiga qo`shib olinishiga olib keldi. Turk istilochilari o`rniga Gabsburglar homiyligidagi mustamlakachilar keldi6. Ko`p millatli Vengriya qirolligining parchalab tashlangan yerlari turklar haydab chiqarilganidan so`ng Gabsburglar qo`l ostida birlashdi, biroq Vengriyaning ba`zi o`lkalarigina bevosita Vena saroyiga bo`ysundirildi, qolgan o`lkalarida butun hokimiyat Avstriya amaldorlari qo`lida qoldi.6 Gabsburglar Vengriyani o`z monarxiyasining boshqa viloyatlardan hech qanday farqi bo`lmagan oddiy viloyatiga aylantirish maqsadida, aholisi vengerlar, slovaklar, ruminlardan va boshqa xil xalqlardan iborat bo`lgan viloyatlarda Gabsburglar muntazam ravishda nemislashtirish va katolik dinini yoyish ishlarini olib bordilar. Bu viloyatlarda ko`chirib keltirilgan ko`pdan- ko`p nemislar paydo bo`ldi. Nemis tili davlat tiliga aylana boshladi. Avstriya ma`murlari milliy ongning har qanday ko`rinishini darhol yo`qotdilar. Protestantlarni ta`qib etish kuchliroq suratda yangidan boshlanib ketdi. Iezutlar ahvoliga katolik dinini zo`rlab qabul qildirdilar.7 Faqat ozgina vengr dvoryanlari, Gabsburglarga qarshi kurash uyushtirishga urindilar. Bu urushlarning hammasi muvaffaqiyatsiz tugadi. Masalan; 1670-1671- yillarda Ferents I Rakotsi rahbarligida uyushtirilgan kurash gruppasi fosh qilinib, unda qatnashganlarning ko`pi qatl etildi. Bunday kurashlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrash sabablari kurash qatnashchilarning xalq ommasidan batamom ajralib qolganligi, bu xil kurash tashkilotchilarning faqat tashqaridan yordam olmoqchi bo`lib, ish ko`rganligi bo`ldi. Venger dvoryanlari bu tajribani 70-yillarning oxirlarida boshlab ma`lum darajada e`tiborga olib ish ko`radigan bo`ldilar. Avstriyaning kolonizatsiya siyosati, katolik cherkov zulmining kuchayishi, Avstriya ma`muriyati va yollanma qo`shinlari tomonidan qilinayotgan jabr-sitamlar keng dehqonlar harakati ko`tarilishiga sabab bo`ldi (1678-1685), venger dvoryanlari bu harakatdan o`z sinfiy manfaatlari uchun foydalanishga urindi. Jabr-zulmlar venger va slovak dehqonlarini issiq o`rinlarini sovutib, qochib ketishiga majbur etardi, 1514-yilda bo`lib o`tgan dehqonlar urushida qatnashganlarni xotirlash maqsadida "kurutslar" deb atalgan qochoq dehqonlar Transilvaniya bilan chegaradosh bo`lgan sharq rayonlariga borardilar. Ular bu rayonlardan yordam olishni umid qilar edilar. Gabsburglarga qarshi kurashda qatnashgan dvoryanlar, protestantlar ham shu rayonlarga kelib bekingan edilar. Dehqonlarga 1671-yilda qatl etilgan dvoryanlarning do`sti Imre Tyokyoi boshchilik qilardi. Unga bu vaqtda imperatorga qarshi urush olib borayotgan Fransiya qiroli Lyudovik XIV yordam berishni va`da qilgan edi. 1678-yilda kurutslar Tyokyoi rahbarligi ostida Shimoliy Vengriya uyushqoqlik bilan hujum boshladi. Venger va slovak dehqonlari kurutslarni shod - xurramlik bilan kutib olib, Gabsburglarning qo`shinlariga qarshi kurashda ularga yordam berdilar. Sal vaqt ichida Vengriyaning ancha hududi, Transilvaniya chegarasidan tortib to Garamgacha ozod qilindi va Tyokyoi o`zini ozod qilingan territoriyaning knyazi deb e`lon qildi. Biroq, Tyokyoining xalqqa tayanishdan ko`ra, avval Fransiyaga so`ngra esa vengr va slovak aholini ezib, xonavayron qilib kelgan Turkiyaga ko`proq tayanishga intilishi butun harakatini barbod etdi. Imperator Leopol’d I avval yon berdi-yu, lekin turklar Venani qamaldan bo`shatgandan so`ng, hujumga o`tdi. Avstriya qo`shinlari 1684-1685-yillar mobaynida Tyokyoidan Tarnavani deyarli butun Slovakiyani tortib oldi, natijada 1685-yilda Tyokyoi knyazligi tugadi. 1685-yildan boshlab, ya`ni Avstriya qo`shinlari turklarni surib chiqarib, bu hududlar ish g‘ol qilganidan keyin venger isyonchilarini jazolashga kirishildi. Ammo vayronlik keltiruvchi urushlar to`xtovsiz bo`lib turgan hamda sotsial va milliy zulm kuchayib borayotgan bir sharoitda XVII asrning oxiri va XVIII asr boshlarida dehqonlarning bir necha yangidan-yangi katta qo’zg‘olonlari bo`lib o`tdi. Gabsburglar olib borayotgan mustamlakachilik siyosatidan eng ko`p jafo chekayotgan krepostnoy dehqonlar avstriys bosqinchilariga va ular bilan hamkorlik qilayotgan venger feodallariga qarshi kurash olib bordilar. O`rmonlarda va botqoqliklarda bekinib yurgan qochoq krepostnoy dehqonlar otryad-otryad bo`lib to`planib, nemis va venger yer magnatlarini yer mulklariga juda ko`p hujumlar qilib turdilar. Dehqonlar otryadlari muntazam avstriys qo`shinlariga ham katta talofat yetkazdilar. Slovakiya, Shimoliy Vengriya, Zakarpat Ukrainasi asosiy jang maydoniga aylanmagan bo`lsa ham, lekin har holda Gabsburglarning nemis landeknextlari (Yollanma soldatlari) ko`p jabr ko‘rgan o`lkalarda, 1696-yilda Tamash ese boshchiligida dehqonlar qo’zg‘oloni ko`tarildi. 1697-yilda Shimoliy-g‘arbiy Transilvaniyada rumin va venger krepostnoy dehqonlarning katta qurolli qo’zg‘oloni ko`tarildi. Bu qo’zg‘olonga Ferents Tokai, Dvyord’, Salontai va Marton Kabai singari dehqonlarning ko`p otryadlari qo`shildi. qo’zg‘olonchilar Avstriya qo`shinlaridan g‘olib kelib, Sharoshtanak va Tokai qal`alarini ish g‘ol qildilar, qo’zg‘olonchilar 3 oydan ortiq vaqt davomida Avstriya qo`shinlarining hammalarini muvaffaqiyatli suratda daf qilib turdilar, Shundan so`ng Gabsburglar bilan venger feodallari qo’zg‘olonchi otryadlarni katta kuch yordami bilangina tor-mor keltirdilar. Bu qo’zg‘olon butun Transilvaniya tomonidan quvvatlab, venger va rumin krepostnoy dehqonlarning feodallar ekspluatatsiyasiga qarshi kurashni kuchayotganligini ko`rsatdi. Gabsburglar qo`shinlarining shavqatsizligi vengr xalqining o`z zolimlariga bo`lgan nafratini kuchaytirdi. Ispaniya merosi uchun olib borilgan urush vaqtida, Avstriya armiyasining g‘arbdagi janglar bilan band bo`lishi 1703-1711-yillarda Vengriyada Gabsburglarga qarshi milliy ozodlik urushi boshlanishi uchun zamin tu g‘dirdi. Dehqonlarning XVII asrdagi qo’zg‘olonlari stixiyali bo`lgan bo`lsa-da, bu urush endi stixiyali emas edi. Bu urushda butun vengr xalqi qo`z g‘aldi. Bu qo’zg‘olon bayro g‘iga "Vatan uchun, ozodlik uchun" degan shior yozilgan edi. Qo’zg‘olon ko`targan dehqonlar krepostnoy huquqdan qutulish umidida edilar. Dvoryanlarning o`t qo`yilgan hovli joylarining yonishi tunlarda qo’zg‘olonchilar yo`lini yoritib turardi. Qo’zg‘olon 1703-yilda Munkach rayonida boshlandi. Avval u faqat dehqonlar qo’zg‘oloni bo`lib, pomeshchiklarga, soliq yig‘uvchilarga, olib sotarlarga va hannotlarga qarshi qaratilgan edi. Qo’zg‘olon ko`targan dehqonlar feodallar foydasiga to`lanadigan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortdilar. Gabsburglarning mahalliy ma`murlari binolarini kunpayakun qildilar, musodara qilingan oziq-ovqat mahsulotlari omborlariga hujumlar qildilar, ayrim hollarda manfur zolimlarni jazoladilar. Bu harakat tusiga kirib, aholining boshqa tabaqalari, ya`ni Gabsburglar zulmidan norozi bo`lgan tabaqalar shahar kambag‘allari, oz va o`rtacha miqdorda yer mulki bo`lib, Gabsburglar tomonidan xonavayron qilingan dvoryanlar, quyi darajadagi ruhoniylar ham qo`shildi. Krepostnoy dehqonlar qo’zg‘oloni o`sib, keng milliy ozodlik harakatiga aylana boshladi. Qo’zg‘olonga Ferents II Rakotsi rahbarlik qildi, u dvoryanlar tomonidan imperatorga qarshi uyushtirilgan kurashda qatl etilgan Ferents I ning o`g‘li edi. Ferents II Rakotsi venger xalqiga qaratilgan xitobnomalarida uni Vengriyaning mustaqilligini tiklashga va ajnabiy Gabsburglar hukmronligini yo`qotishga chaqirdi. Bu chaqiriqdan ilhomlangan dehqonlar krepostnoy tutqunlikdan qutulishdan iborat bo`lgan o`z maqsadlarini kurash jarayonida amalga oshirmoqchi edilar. Dehqonlarning yo`lboshchilardan biri Tamash Ese Rakotsiga bunday xat yozgan edi: "qo`liga qurol olib, siz janoblarga sadoqat bilan xizmat qilayotgan krepostnoy dehqonlar bundan so`ng krepostnoy bo`lmaydilar". "Kurash kamba g‘allarni ezuvchi zolimlarga qarshi boshlandiku axir", qo’zg‘olon bir necha hafta ichida butun mamlakatni qamrab oldi. Kurutslar paydarpay g‘alaba qozondilar. Kurutslarning ko`p otryadlariga Tamash Ese, Tamash Borbeli, Al’bert Kish va boshqalar rahbarlik qildilar. Dehqonlarning jangovar g‘alabalariga erishuvida katta ahamiyatga ega bo`lgan narsa, qo’zg‘olonda kurutslarning XVII asr oxirlarida bo`lib o`tgan dehqonlar qo’zg‘olonida qatnashgan kurutslarning eski qo`shinlarining yaxshi qurollangan otryadlari ham qatnashdi. Download 140.51 Kb. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling