Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Kurs ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi


Download 140.51 Kb.
bet2/6
Sana22.02.2023
Hajmi140.51 Kb.
#1220629
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ilhomova Xolida.Kurs ishi

Kurs ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi. “Avstriya imperiyasida milliy masala” mavzusi bo‘yicha bugungi kunga qadar qator ilmiy izlanishlar va maqolalar, tezislar hamda mualliflik asarlarida to‘xtalib o‘tilgan. Ularda turlicha qarashlar ilgari surilgan. Ularni quyida ko‘rib o‘tamiz.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishida “Avstriya imperiyasida milliy masala” mavzusini chuqur o`rganishni va mavzuga oid muammoli vaziyatlarni ochib berishni o‘z oldimga maqsad qilib q o‘ydim.

I BOB. Avstriya imperiyasida siyosiy jarayonlar

1.1. Avstriya imperiyasi tarkibidagi milliy hududlarida siyosiy hayotdagi o`zgarishlar

Bu davlatning asosiy o`zagi nemis viloyatlari yuqori-quyi Avstriya, Tirol va janubiy- g‘arbiy Germaniyadagi Shvabiya yerlari deb atalgan o`lkalar edi. Janubda Shtiriya, Karintiya va Krayna bilan tutashgan edi, Karintiya bilan Shtirya esa asosan slavyan viloyatlari edi. Slavyan o`lkalari bo`lgan Chexiya, Moraviya, Sileziya va o`zining entik sostavi jihatidan murakkab davlat bo`lgan sobiq Vengriya qirollligining bir qismi bosib olinishi natijasida Gabsburglar qo`l ostidagi o`lkalarning milliy sostavi yanada murakkablashib ketdi. Feodal munosabatlar u qadar avj olmagan Tirolni e`tiborga olmaganda, Gabsburglar qo`l ostidagi boshqa hamma o`lkalarda dehqonlar o`z xo`jayinlariga feodal tutqun bo`lib, og‘ir ahvolda kun kechirar edilar. Germaniyaning qolgan qismidagi kabi, bu yerda ham yer-suvga berkitilgan dehqonlarning barshchinaga asoslangan yirik pomeshchiklar xo`jaligi avj olgan viloyatlar hamda xo`jayinlariga natura yoki pul shaklida feodal renta to`laydigan mayda dehqonlar xo`jaligi hukm surgan viloyatlar bor edi.


Shafqatsiz sotsial zulm ustiga milliy qullik ham hukm surgan yerlardagi dehqonlarning ahvoli ayniqsa og‘ir edi. Bu hol chex xalqining boshiga tushgan musibatlarda juda yaqqol namoyon bo`ldi, chex xalqining milliy mustaqillikdan mahrum bo`lishning barcha oqibatlarigina emas, balki o`ttiz yillik urushning mahv etuvchi natijalarini ham boshidan kechirdi. Bu urush natijasida mayda va o`rtahol chex dvoryanlarining ko`p qismi mamlakatdan haydab chiqarildi, yoki yer-suvdan mahrum etildi. Bu dvoryanlarning yer mulklari musodara qilindi, so`ngra imperator qo`shinlarining va katoliklar ligasi otryadlarining ofitsyerlariga ulashildi yoki kimoshdi yo`li bilan sotildi.1
Dvoryanlarning yer mulklariga ega bo`lib olgan yangi xo`jayinlarning ko`pchiligi nemislar edi. Bu yangi dvoryanlar dehqonlarning tutqunligini kuchaytirib yubordi. Dehqonlarning yer-suvlarini talash hisobiga pomeshchiklarning yer-suvlarini ko`paytirdi va barshchina to`lashni uzluksiz oshirib borib, dehqonlarning ahvolini yanada og‘irlashtirib yubordi. Chexiyada zulmning kuchayishiga dehqonlar XVII va XVIII asrlar davomida ommaviy qo`zg‘olonlar ko`tarish bilan dehqonlarning doimiy tus olib ketgan g‘alayonlari va Avstriya podsholigidagi ishchilar talab qiluvchi kapitalistik sanoatning rivojlana boshlashi dvoryanlarga dehqonlarni batamom qullikka olish uchun imkon bermadi.
Rasman dehqonlar tutqun emas, balki fuqaro deb hisoblanardi. Eng badavlat dehqonlarning bir qismi haq to`lagan badavlat dehqonlar deb ataluvchilar ya`ni shaxsiy tutqunlikdan haq to`lab ozod bo`lgan dehqonlar o`z uchastkalariga rasmiy egalik qiluvchi shaxsan erkin dehqonlar edilar. Uzoq yillar davom etgan urushlar natijasida vayron bo`lgan Vengriyada dehqonlarning ahvoli yana ham og‘ir edi.
Dvoryanlar mamlakatdagi yer-suvlarining hammasiga egalik qilar hamda turli xil yengillik va imtiyozlardan foydalanar edi, ular har qanday soliq va o`lponlardan ozod qilingan edi. Venger dehqonlari, Vengriya qirolligi territoriyasidagi slavyan, transil’van dehqonlari pomeshchiklarga krepostnoy tutqun bo`lib, erkin suratda. bir joydan ikkinchi joyga ko`chish huquqidan mahrum etilgan edi. Foydalanish uchun pomeshchik tomonidan berilgan yer uchastkasi evaziga dehqon hosilning bir qismini pomeshchikka berish, natura va pul shaklida har xil obroklar to`lashi kerak edi. Pomeshchikning mulkida barshchina ishlarini o`tash majburiyati venger dehqoni yelkasidagi eng og‘ir yuk edi. Barshchinaning miqdorini faqat pomeshchikning o`zi belgilar edi. Gabsburglar g‘arbiy o`lkalaridagi dehqonlarning ahvoli Chexiya va Vengriyadagi dehqonlarning ahvolidan o`zgacha edi.
Dvoryanlar o`z hovli-joylarida istiqomat qilmay, armiyada xizmat qilishni afzal ko`rar va Avstriya byurokratiyasi safidan o`rin olar edi. Dehqonlar o`z yer uchastklaridan rasmiy foydalanuvchi yer egalaridan iborat edi, biroq jamoa yer suvlarining feodal tomonidan bosib olinishi va feodal rentaning ko`payishi XVI asrdayoq Germaniyadagi dehqonlar urushi vaqtida ham, bu urushdan keyin ko`pdan-ko`p qo‘zg‘olonlarga olib kelgan edi. Misol: 1596-1597-yillarda Shtiriyada va yuqori Avstriyada dehqonlarning katta qo`zg‘oloni bo`lib o`tgan edi. Aholisi slovyanlardan iborat bo`lgan viloyatlardan dvoryan pomeshchiklarning ko`p qismi nemislar edi, bu esa dehqonlarning ahvolini yanada og‘irlashtirib yuborgan edi.
Sanoat qishloq xo`jaligida feodal munosabatlarning hukm surishi va ichki bozorning tangligi Avstriya sanoatining rivojlanishiga to`g‘anoq bo`ldi. Biroq XVII asrda mamlakatning sanoat sohasidagi taraqqiyotida bir qancha muhim o`zgarishlar yuz berganini ko`rsatib o`tish mumkin. XVII asrda va XVIII asrning boshlarida asosiy o`rinda turgan hunarmandchilik korxonalari bilan bir qatorda mamlakatda ma`lum darajada qishloqdagi kosibchilik ishlab chiqarishi zaminida manufakturalar paydo bo`la boshladi. XVII asrning boshlarida sexlar monopoliyasi va belgilangan tartiblarni zaiflashtirishga qaratilgan bir qancha farmonlar chiqdi. Iosif I (1705-1711) usta degan unvon berilganini bildiradigan patentlarni ko`plab in`om qildi. Uning vorisi Karl VI zamonida (1711-1740) Shunday bir farmon chiqarildiki (1725), unda shogirdlarga, usta degan unvon olmasdan o`z kasblari bilan shug‘ullanish ruxsat etilmadi.2
Avstriya imperiyasi siyosiy taraqqiyot sohasida Yevropadagi boshqa davlatlardan juda ham orqaga qolgan edi. Mamlakat ichida ko`pdan-ko`p boj, chegaralari va bojxonalar bo`lishi siyosiy tarqoqlikni kuchaytirib yuborgan edi, bu boj chegaralari va bojxonalar ichki bozorning tashkil topishini juda ham qiyinlashtirib qo`ygan edi. O`rta asr sexchilik tuzumi, ayrim viloyat, shahar va toifalarning imtiyozlari ham davlatning iqtisodiy taraqqiyotiga va birlashuviga to`g‘anoq bo`lib kelmoqda edi. Davlatni idora qilish ishining bir qadar bo`sh markazlashtirilishi katta yer magnatlaridan iborat hukmron to`daning manfaatlariga mos tushar edi, bu magnatlar o`rta asrlardagi feodallarning siyosiy traditsiyalarini davom ettirar, davlatni mudofaa qilish manfaatlari yoki dehqonlar qo`zg‘olonlarini bostirish zarurati talab qilgan vaqtdan boshqa mahalda qirol hokimiyatining haddan tashqari kuchaytirilishiga qarshi edi.


Download 140.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling