Kirish kurs ishi mavzusining dolzarbligi
Download 54.5 Kb.
|
Kirish PISA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi mavzusining o‘rganganlik darajasi.
- Kurs ishining maqsadi
- Kurs ishi mavzusining predmeti
- Kurs ishining tuzilishi
KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. So‘nggi yillarda xitoy o‘qitish metodikasi umumiy qiziqarli mavzuga aylandi. PISA test natijalariga ko‘ra xitoylik o‘quvchilar o‘qish va hisoblash qobiliyatlari bo‘yicha boshqa mamlakatlardagi tengdoshlaridan sezilarli darajada ustunlik qilishdi. Britaniyaning Sautgempton universiteti olimlari ularning qanday qilib muvaffaqiyat qozonishlarini o‘rganish uchun tadqiqot o‘tkazdilar. Ushbu tadqiqotlarning xulosalari o‘rganishda quyidagi fikrlarni darslarda, o‘qitishda foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi: O‘quvchilarning qo‘llarini bo‘sh qo‘ying. Mavzuning qanchalik yaxshi o‘rganilganligi to‘g‘risida ularning fikrlarini tinglang. Qayerdan boshlashni yoki materialdan qanday tartibda o‘tishini tanlashlariga ruxsat bering. Qaysi vazifalarni yoki loyihalarni bajarish kerakligi to‘g‘risida o‘zlari qaror qabul qilishlariga ruxsat bering. Shaxslararo muloqotni oshiring. Har bir guruh a'zosi o‘z qarashlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashishi mumkin, munozara va bahslar har doim mavzuga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Siz berilgan mavzular bo‘yicha munozaralarni tashkil qilishingiz, bir mavzuda birgalikda ishlashingiz va uni guruhga taqdim qilishingiz, turli xil qarashlar uchun dalillar tayyorlashingiz, tadqiqotlar o‘tkazishingiz va natijalari to‘g‘risida hisobot berishingiz mumkin. O‘qitishning asl maqsadini aniqlash uchun o‘zingizga “Nega?”, “Agar ular buni bilmasa, nimasi yomon bo‘ladi?” deb savol berishni to‘xtatmang. Tinglovchi buni haqiqiy hayotda qo‘llay oladimii? va uning muvaffaqiyat qozonganligini qanday aniqlash mumkin? - degan savollarga javob maqsadlaringiz mazmuni va amalga oshishiga ishonch hosil qilishingizga yordam bering. Interfaol mashg‘ulotlarning afzalliklari haqida g‘oyalarda biz birinchilardan emasmiz, ammo ko‘plab maktablarda individual topshiriqlar asosiy ish shakli bo‘lib qolmoqda. Angliyada matematika darslarining yarmida maktab o‘quvchilari faqat mashq bajarishadi. Buyuk Britaniyada ta'lim qanday tashkil etilgan? Biz o‘qituvchilarning anchagina mag‘lubiyatli strategiyasini tanlashiga olib keladigan sabablar haqida faqat taxmin qilishimiz mumkin. Ehtimol, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘qitish tajribasi va o‘ziga bo‘lgan ishonch etishmasligi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, ular o‘quv yukini o‘zlari olib borishdan ko‘ra o‘quvchilar qo‘liga yuklashlari ajablanarli emas. Yoki haqiqat shuki, Evropa an'analarida individual yondashuvni maqtash odat tusiga kirgan, shuning uchun o‘qituvchilar butun sinfga emas, balki har bir o‘quvchiga alohida e'tibor berishga odatlangan. Insonning matematikaning oʻzi yashayotgan olamdagi oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini taʻminlash bu boʻlimning asosiy maqsadidir. Bu boʻlimdagi savodxonlik terminidan bu boʻlim maqsadi odatda maktab dasturida beriladigan bilimlarni qay darajada oʻzlashtirganini aniqlash emasligni koʻrsatish uchun foydalanilgan. Asosiy eʻtibor matematik bilimlardan turli xil hayotiy vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab qilinadigan turli uslublaridan qoʻllagan holda foydalana olish nazarda tutiladi. Lekin bu turdagi savollarga javob berishda maktab dasturida beriladigan bilim va koʻnikmalar zarur boʻlishi mumkin. Bu yoʻnalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport va hk.) duch kelinishi mumkin boʻlgan matematikaga oid vaziyatlar taklif qilinadi. PISA testlari maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu dastur 1997-yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkaziladi, birinchi marta 2000-yilda oʻtkazilgan. Har uch yilda bitta fan yoʻnalishiga afzallik berilib, ja’mi testlar majmuasining deyarli 50% shu fanga mansub boʻladi. 2000-yilda ilk bor oʻqish savodxonligiga urgʻu berilgan. Kurs ishi mavzusining o‘rganganlik darajasi. PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u turli mamlakatlardagi taʼlim tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish, taʼlim sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. 2000-2015- yillar oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari boʻyicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda – Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada - Finlyandiya, Estoniya, Shveytsariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning oʻrta ta’lim tizimi yaxshi rivojlangan. Kurs ishining maqsadi: 4-sinf matematika darslarida òquvchilarni baholashda PISA testlaridan foydalanish orqali oʻquvchilarni aqliy intelektnini riojlantirish. Kurs ishi mavzusining vazifasi: 4-sinf matematika darslarida òqvchilarni baholashda PISA testlaridan foydalanish orqali oʻquvchilarni aqliy intelektnini riojlantirish; Kurs ishi mavzusining predmeti: 4-sinf matematika darslarida òquvchilarni baholashda PISA testlaridan foydalanish ahamiyati Kurs ishi mavzusining obyekti: 4-sinf matematika darslarigi Kurs ishi mavzusining ilmiy-amaliy ahamiyati: boshlang‘ich sinf o‘quv chilari ta’lim berish jarayonida PISA testlaridan foyalanib, o‘quchilar bilimini nazorat qilish. Kurs ishining tuzilishi:mazkur kurs ishi 2 bob, 4 fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar majmuasidan iborat. Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling