Kirish. Kurs ishining dolzarbligi


Download 22.58 Kb.
bet1/2
Sana07.05.2023
Hajmi22.58 Kb.
#1441257
  1   2
Bog'liq
Kirish


Kirish.
Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi kunda davlatlar o'rtasidagi xalqaro savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish integratsiyalashuvining kengayishi va takomillashuvi tashqi iqtisodiy faoliyatning yanada erkinlashuviga sabab bo’lmoqda. Bugungi bozor islohotlari munosabatlarining yangi strategiyasi asosiy yo'nalishlaridan biri - tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi hisoblanadi. Bu munosabatlar bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi, mamlakat ichki va tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qiIishga qaratilgan jihatlami, shu jumladan, tashqi iqtisodiy muvozanatni ta'minlash, eksport va import munosabatlarda ilg'or siljishlarni rag'batlantirish, xorijiy kapital oqimini kuchaytirishga yo'naltirilgan vakolatIi davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qonunchilik, ijroiya va nazorat qilish yo'nalishidagi chora-tadbirlar tizimini yaratishni o'z ichiga oladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni oqilona tartibga sol- ish va erkinlashtirish davlat iqtisodiy rivojlanish strategiyasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Bu esa o'z navbatida, mamlakatning o'ziga xos ichki va tashqi sharoitlarini inobatga olgan holda, jahon bozorining salbiy o'zgarishlaridan himoya qiluvchi, unda ega bo’lgan mavqeni saqlab qolish va kengaytirishni ta'minlovchi maqbul darajadagi protektsionizm va erkin savdo siyosati qo'llanilishini taqozo etadi. O'tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish uchun o'zini erkin bozor girdobiga tashlab qo'ya olmaydi. Bunday sharoitda davlatning rivojlantirish kafolati sifatida faol qatnashuviga zaruriyat tug'iladi. Bozor munosabatIariga o'tishning ilk bosqichlarida tashqi iqtisodiy aloqalaming davlat tomonidan tartibga solinishiva erkinlashtirilishi muhimdir. Bu esa, birinchi navbatda, tashqi savdo va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa shakllarini tartibga solish mexanizmlarini o'zgaruvchan ichki va tashqi sharoitlarga muntazam moslashtirib borishni, ya'ni oqilona tashqi iqtisodiy siyosat yurgizishni talab etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, bozor munosabatlarining asosiy tamoyillari amalda bo'lishi davlat tomonidan, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash va
umummilliy manfaatlami himoya qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat(TIF)ni tartibga solish maqsadida amalga oshiriladi. TIFni tartibga solish bo'yicha davlat organlarining faoliyati deyarli barcha mamlakatlarda amalga oshiriladi. Lekin bu faoliyatning ko'lami, shakllari va usullari, aniq maqsad va vazifalari har bir mamlakatning hududiy jihatdan katta-kichikligidan, jahon xo'jaligida tutgan o'mi, tashqi va ichki siyosatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Erkin bozor munosabatlariga asoslangan demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini qurayotgan O'zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiy islohotlar strategiyasining asosiy yo'nalishlaridan biri jahon xo'jaligiga 5 a'zo davlatlar bilan o'zaro manfaatli aloqalarini yanada kengaytirish va takomillashtirishdan iborat. Mamlakatning iqtisodiy mustahkamligi, barqaror rivojlanishi, uning jahon xo'jaligi tizimiga muvaffaqiyatli integrallashuvi ko'p jihatdan tashqi savdo faoliyati, uning transport va bojxona xizmatlari, xalqaro savdoning globallashuvi talablariga mos ravishda takomillashuviga bog'liq. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq tashqi iqtisodiy sohani boshqarishning o'ziga xos tizimlarini tezkor shakllantirish, tashqi aloqalarni yo'lga qo'yish, tamoyillarni ishlab chiqish, respublikaning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi yo'llarini mustaqil belgilab olish vazifasi yo'lga qo'yilgan edi. Hozirgi sharoitda jahon xo’jalik aloqalari tizimida globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlarining jadallashuvi, mamlakatlar milliy iqtisodiyotlari o’zaro aloqalarining va o’zaro bog’liqliklarining kuchayishi zamonamizning eng muhim xususiyatlaridan biriga aylanmoqda. Globallashuv, ma’lumki, ishlab chiqarish, axborotlar almashinuvi, savdo, transport va boshqa xizmat ko’rsatish sohalaridagi mamlakatlararo aloqalarda namoyon bo’ladi. Bu jarayonlarda mustaqil O’zbekiston ham faol ishtirok etmoqda. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etish, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb etish va xorijiy sarmoyalarga qulay investitsion muhit yaratish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari bilan chet el firmalari o’rtasidagi uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tashqi iqtisodiy siyosatning mohiyatini tashkil etadi. Bu sohada yagona davlat siyosati yuritilishi O’zbekistonning xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliyaviy institutlar, boshqa xalqaro huquq sub’ektlari bilan o’zaro manfaatli asosda iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini yanada rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bois, mamlakatimizda o’tkazayotgan iqtisodiy islohotlar O’zbekistonni qisqa muddatlarda jahon xo’jaligi tizimida o’z o’rniga ega bo’lishini va dunyoning barcha mamlakatlari bilan teng huquqli hamkorligini ta’minlashga qaratilgan. Bugungi kunda O’zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sub’ekti sifatida jahon xo’jaligi aloqalariga tobora keng jalb qilinmoqda, dunyoning o’nlab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlari bilan mustahkam xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishgan, uning tashqi savdo aylanmasi hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Iqtisodiyotimizning real sektoriga kirib kelayotgan to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalar salmog’i oshmoqda, o’nlab xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi kuchaymoqda. Ayniqsa, tashqi iqtisodiy faoliyatning turli sohalari bo’yicha malakali kadrlar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda.

Download 22.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling